Bajardi: Turizim faolyat yo’nalishlari boyicha 105-guruh talabasi


Turizm industriyasi va uning tarkibi taxlili



Yüklə 304,5 Kb.
səhifə8/11
tarix30.06.2022
ölçüsü304,5 Kb.
#62553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bajardi Turizim faolyat yo’nalishlari boyicha 105-guruh talabas

Turizm industriyasi va uning tarkibi taxlili

Turistik xizmat ko‘rsatishda foydalaniladigan avtomobil xizmati uchta asosiy yo‘nalishni o‘zida mujassamlashtirgan:


a) avtobusda sayohatni tashkil etish;
b) turistlarning shaxsiy transportida sayohatni tashkil etish;
c) avtomobillarni ijara berish.
Shaharlararo va shahar yo‘nalishlarining ulkan tarmog‘ iga birlashgan avtobuslar ko‘proq odamlarni tashishda va poyezdlar samolyotlarni birgalikda
olganiga nisbatan ko‘proq aholiga xizmat ko‘rsatadi. Ko‘pchilik mamlakatlarda shaharlararo va xalqaro avtobus tashishlarda ham davlat muassasalariga, ham mustaqil kompaniyalarga tegishli avtobuslarda xizmat ko‘rsatiladi.Xalqaro avtobus turizmi, turizmning nisbatan yosh turi hisoblanadi. Uning ilk rivojlanishi XX asrning 70-yillariga to‘g‘ri keladi. Bu davrgacha turli mamlakatlarda avtobuslar asosiy transferlar, ekskursiyalar va mahalliy safarlar uchun foydalanilgan.
1986-yilda birinchi bor Yevropa mamlakatlarida temiryo‘ llar va avtobus kompaniyalari o‘rtasida raqobatning kuchayishi munosabati bilan birlashgan
avtobuslarda tashish – «Yevroyo‘nalish» («Eurolines») tashkil etildi. Unga 33
yevropalik hamkorlar kirdi. Avtobus kompaniyalari bitta savdo markazi ostida
birlashib, oraliq biletlari, servisi, tartiblar, chegirma tizimlari bo‘yicha birgalikda umumiy avtobus aloqalari standart tizimini ishlab chiqdilar. Natijada «Eurolines»turizm bozorida yetakchi kompaniyalardan biriga aylandi. U butun Yevropa bo‘ylab 250 dan ortiq yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatadi, uning tarkibiga Yevropaning 35 avtobus kompaniyalari kiradi. 1992-yildan boshlab «Eurolines » Sharqiy Yevropa mamlakatlarini qamrab oldi.
Yevropa ittifoqi mamlakatlari o‘rtasida Shengen bitimining imzolanishi avtobusda turistlarni tashishning rivojlanishiga yangi turtki berdi va ko‘pgina
rasmiyatchiliklarni osonlashtirishga imkon yaratdi. XX asrning 90-yillarida
turistlarni avtobusda tashishning yillik o‘sishi o‘rtacha 1,5 % ni tashkil etdi.
Sayohatning iqtisodiy turi hisoblangan va aholi keng qatlamlari uchun qurbi
yetadigan avtobus turizmi doimiy rivojlanmoqda, hozirgacha uning hajmlar i
kengayishi tendensiyasi kuzatib kelinmoqda.
1973-yil 1-martdagi Jeneva konvensiyasi doirasida xalqaro tashishga shartnomalarni soddalashtirish uchun xalqaro avtomobilda yo‘ lovchi va yuklarni tashish haqida shartnoma to‘g‘risida konvensiya qabul qilindi. Turizm bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasi va Yevropa ittifoqi a’zolari uchun Shengen bitimida qayd etilgan xalqaro tashishlarni soddalashtirish kelgusida davom etadi.MDH mamlakatlari doirasida turistik tashishni tashkil etish MDH davlatlari ishtirokchilari Parlamentlararo assambleyasining 1994-yil 29-oktabrdagi «Turizm sohasida MDH davlatlari ishtirokchilari hamkorligining asosiy tamoyillar to‘g‘risidagi» qarori va boshqa aktlar bilan tartibga solindi.
Yevropada turistik tashishlarda foydalaniladigan avtobuslar holatiga jiddiy
e’tibor qaratiladi. Uzoq masofalarga qatnovchi zamonaviy avtobuslar ilgarigi
modellariga qaraganda ancha shinam va qulay. Standart jihozlarini tashkil etadigan yaxshi konditsionerlari va qulay dam olish xonasi yo‘lovchilarga manzur bo‘lmoqda. Ko‘pgina avtobuslar baland kursilar, shovqin o‘tkazmaydigan jihozlar bilan ta’minlangan. Yoritish yaxshilangan, minibar, hojatxona, televizor mavjud bo‘lib, katta tiniq oynalar tevarak-atrofni tomosha qilib ketishga juda qulaylik tug‘diradi.Hozirgi kunda juda ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda foydalanish.Muddati 8 yildan oshgan avtobuslarni turistik yo‘nalishlarda ishlashi qat’iy taqiqlangan. Yevropa qonunchiligiga muvofiq avtobuslar har olti oyda hamma tomondan sinchiklab texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi shart.1995-yil 24-apreldan boshlab, Yevropa konvensiyasi qaroriga muvofiq transport vositalari ekipajlariga o‘rinlar soni 9 dan ko‘p bo‘lgan xalqaro tashishda ishtirok etadigan barcha avtobuslarni taxograf bilan jihozlash majburiyati yuklandi.Agar u bo‘ lmasa avtobusdan foydalanish man qilinadi.
Taxograf – haydovchi va avtomobil yoki avtobusning ishini obyektiv nazorat qiladigan va ishni hisobga oladigan bort asbobidir. U avtomatik ravishda harakat tezligini ko‘rsatadi va yozib boradi, o‘tgan vaqtni, bosib o‘tilgan yo‘lni,haydovchi mehnati va dam olish davrini aniq ko‘rsatib beradi. Yozuv haydovchi nomi ko‘rsatilgan diagrammali disk (taxogrammalar)da yozib beriladi va haydovchining butun kun davomidagi ishini to‘ liq aks ettiradi.
Turistik avtobuslarni sotib olishga nisbatan kam xarajat sarflanishi (boshqa transport vositalariga taqqoslanganda), shuningdek, ulardan foydalanish samaradorligining yuqoriligi ko‘p sonli turistik korxonalarni ushbu tashish turiga qiziqishlarini orttiradi. O‘zining xususiy avtobuslaridan foydalanish turistik sayohatlarning ortiqcha to‘planib qolishini kamaytiradi, natijada ularning tannarxini pasaytiradi. Turistlarni tashishda xususiy avtobuslardan foydalanish safarlarni tashkil qilishda, ommaviy iste’molchilarni ko‘proq jalb etishda keng istiqbollar ochmoqda. Ayniqsa bu turistik oqimlarni «zanjirli» ko‘rinishda tashkil qilishda juda qo‘ l keladi, ya’ni avtobus yoki bir nechta turistik avtobuslar guruhlar yig‘ iladigan joydan ularni belgilangan manzilga to‘ liq yuklanish bilan olib borish,olib kelish reyslari samaradorligini oshiradi. Odatda, bunday zanjirlar ommaviy va arzon turizm yo‘nalishlarida tashkil etiladi (masalan, Bolgariya, Qrimda 7,14,21kunlik dam olishlarda). Ammo shuni hisobga olish kerakki, xususiy turistik avtobuslardan foydalanish turistik korxonalarni qo‘shimcha katta xarajatlar qilishga ham majbur etadi: avtobus turadigan joy, texnik ko‘rik va ta’mirlash,qismlarni almashtirish, yonilg‘ i-moylash materiallari, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va malakali haydovchilar, transport vositasini sug‘urtalash, avtotransport egalarini fuqarolik javobgarligi xarajatlari shular jumlasidandir. Shuning uchun xususiy avtobus sotib olishda turistik korxonalar sarflanayotgan xarajat o‘zini qoplashi va foyda keltirishi uchun o‘zining xususiy transport strukturasini tashkil etishda bularning barchasini hisobga olishlari zarur.Ijaraga olingan transportdan foydalanish xususiy turistik avtobuslarni sotib olish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘ liq muammolardan xoli. Ijara boshlovchi,zarur aylanma mablag‘ iga ega bo‘ lmagan turistik korxona va kompaniya uchun samaraliroqdir. Turistik avtobuslarni ijaraga olish turistik va transport korxonasi o‘rtasida tuziladigan o‘zaro ijara shartnomasiga asosan amalga oshiriladi. Turistik avtobuslarni ijaraga olib foydalanish turistik korxonaga turistlarni tashish talablariga javob beradigan maqbul hamkorni tanlashga imkon beradi. Bunda turistik firma transport vositasiga xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, texnik holatini saqlash xarajatlari tashvishidan xoli bo‘ ladi. Bir qator ustunliklariga qaramay avtobuslar ulardan foydalanishda cheklovlarga ham ega. Ulardan biri tashiladigan turistlar soni hisoblanadi (45 kishigacha). Avtobuslardan foydalanish ko‘proq turistlarni yaqin masofaga turli xil dasturlarni ta’minlashga olib borib kelishda samaraliroq. O‘rta va katta masofaga turistik sayohatlarni tashkil qilish yo‘nalishni qo‘shimcha ravishda sinchiklab qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi: to‘xtab turadigan joy, tunash joyi, ovqatlanish
hisobga olinishi zarur. Transport vositasida uzoq vaqt bo‘lish (ayniqsa, qaytish yo‘ lida) orzu qilingan dam olish kayfiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Turistning shaxsiy avtomobil transportidan foydalanishi o‘zida turistik sayohatning alohida ko‘rinishini namoyon etadi va avtosafarlar deb ataladi. Ularni tashkil etish puxta tayyorgarlik va rejalashtirishni talab qiladi.
Avtoturizm butun jahon bo‘ylab keng rivojlangan. Bu uning nisbatan arzon
tushishi va yo‘nalishni, otel dasturlarini va hokazolarni erkin tanlash imkoniyati bilan bog‘liq.
Turistlar odatda, tez-tez o‘zlari uchun individual sayohat yo‘nalishini ishlab
berishni iltimos qilib, turistik tashkilotlarga murojaat etib turishadi. Ular qaysi shaharga tashrif buyurishni xohlashini, nimani ko‘rmoqchiligini ekskursovod, mehmonxonada xona bronlashtirish uchun buyurtma berish imkoniyatini so‘raydilar. Turizmning bunday ko‘rinishi ham avtoturizmga kiradi.Chunki mijoz o‘z avtomobilida ma’ lum yo‘nalish bo‘yicha boradi.
Ko‘p hollarda turistlar aniq yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishni istashmaydi.
Ular nisbatan jozibaliroq aylanma yo‘llarni, moteldan motelga yoki kempingdan kempinga borishni, turli shaharlarga kirib, diqqatga sazovor joylarni ko‘rishni ma’qul ko‘rishadi va h.k.
Turistlarni shaxsiy avtomobildan foydalanib, sayohatga chiqishining eng ko‘p tarqalgan turi – dam olish kunlaridagi safarlardir. Turizm turlari bo‘yicha
ko‘proq mashhur avtoturlar sog‘lomlashtirish (dam olish joylariga yoki tabiat
qo‘yniga borish) va bilish safarlari (tarixiy yoki madaniy yodgorliklarga borish) hisoblanadi.
Q aysidir ma’noda mehmonxona industriyasi rivojlanishi, xususan,motellar, to‘g‘ridan to‘g‘ri avtoturizm bilan bog‘ langan turli mamlakatlarda an’anaviy turistik trassalar bo‘ylab, butun bir kichik otellar va kempinglar zanjir i
barpo etilgan. Ular eng avvalo shaxsiy avtomobilida sayohat qiluvchi turistlarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ ljallangan.
Avtomobilda sayohatni tayyorlash jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) yo‘nalishni ishlab chiqish;
b) harakatlanish jadvalini ishlab chiqish;
c) yo‘nalish hujjatlarini rasmiylashtirish.
Yo‘lda turistga quyidagi hujjatlar talab qilinadi: pasport (xorijga sayohat
chog‘ ida tegishli mamlakat vizasi bilan chet el pasporti), avtomobilni boshqarish huquqi berilgan guvohnoma, avtomobilni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma yoki uni ijaraga olingani haqida shartnoma (agar sayohat o‘z avtomobilida amalga oshirilmasa).
O‘z shaxsiy transportida chet elga ketganlar xalqaro namunadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishlari lozim. Transport vositasi sug‘urtalangan, uning egasi fuqarolik javobgarligi sug‘urtasining sug‘urta polisiga ega bo‘ lishi kerak. Shuningdek, avtomobil hujjatlari bexato rasmiylashtirilgan bo‘lishi zarur. Turistik korxona bunday safarlarning tashkilotchisi sifatida ko‘rsatilgan hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirishda amaliy yordam berishi kerak.
Bundan tashqari turistga belgilangan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanish, yonilg‘i
quyish joyi, kempinglar, motellar, texnik xizmat ko‘rsatish punkti, shuningdek,ushbu punktlarda xizmat ko‘rsatishga buyurtma beruvchi hujjatlar kartasi taqdim etilishi lozim. Yoki ko‘rsatilgan punktlarda qayta to‘lov bo‘yicha xizmat ko‘rsatilish imkonini beradigan xalqaro servis daftarchasi taqdim qilinadi. Xalqaro servis daftarchasi har xil xalqaro avtomobil klublari tomonidan beriladi, ulardan nemis klubi ADAS ko‘proq taniqli hisoblanadi. Bunday daftarcha egasi bu klub ishtirokchilari hisoblangan motellar, kempinglar, yo‘l bo‘yi restoranlari, texnik xizmat stansiyalari va yonilg‘ i quyish stansiyalari xizmatidan foydalanish huquqiga ega.



Yüklə 304,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin