Bajardi: xamroyev s tekshirdi: boltayev b



Yüklə 214,11 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix03.02.2023
ölçüsü214,11 Kb.
#82701
MAVZU 22



MAVZU:SAMARQAND VILOYATIDA 
ERISHILGAN INNOVATSION ISHLAR
BAJARDI:XAMROYEV S
TEKSHIRDI:BOLTAYEV B


REJA:
i.
SAMARQANDNI TURIZM MARKAZI QILINISHI
ii.
SAMARQANDDAGI O’TKAZILGAN SAMMIT
iii.
SAMARQANDDAGI BOQIY SHAHAR



Samarqandda yangi ochilgan “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazi yiliga 2 mln
turistga xizmat ko‘rsatishi mumkin. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar
berdi.

Majmua qurilishi 2019-yili Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali
bo‘yida, 212 gektar maydonda boshlandi.

Markaz ichida “Congress Hall”, “Boqiy shahar” majmuasi, amfiteatr
va ko‘plab boshqa inshootlar bor.

Shu jumladan, dunyoning yetakchi mehmonxonalari ro‘yxatiga kiritilgan 22 
qavatli “Samarqand Regency Amir Temur” va yana yettita mehmonxona
kiradi.

Markazda shu yilning kuzida O‘zbekistonda ilk bor “Silk road literary festival” 
bo‘lib o‘tadi.

Yangi turizm markazi kelgusi yillarda Samarqandga keladigan xorijiy
sayyohlar sonini 1,5 mlndan oshirishda muhim o‘rin tutadi. Kelgusi besh yilda
keladigan sayyohlar sonini hozirgi 2 mlndan 9 mlnga yetkazish maqsad
qilingan.

Eng muhimi, turizm sohasida mehnat qilayotganlar soni 500 mingdan oshadi.



Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand tumanida barpo etilayotgan turizm markazi qurilishini
ko‘zdan kechirdi, deya
xabar
qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Ushbu majmua Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali bo‘yida, 212 gektar maydonda
qurilmoqda. Loyihaga ko‘ra, bu yerda 10 ta inshoot, jumladan, kongress xoll, mehmonxonalar, 
dam olish maskanlari bo‘ladi.

Ayni paytda kongress xoll, «Abadiy shahar» karvon saroyi va 8 ta mehmonxona bunyod
etilmoqda. Mehmonxonalarning ikkitasi 22 qavatli, besh yulduzli, qolganlari to‘rt yulduzli bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, Samarqandda mehmonxonalar ko‘p bo‘lishiga qaramay, sayyohlar ko‘p
kelganda o‘rinlar yetishmay qoladi. Masalan, 2019 yilda shahardagi barcha otellar band 
bo‘lgan. urilayotgan markaz turistik xabga aylanadi. Bu yerda xalqaro anjumanlar o‘tkazish
uchun ham keng sharoit bo‘ladi. Uni 2022 yilda foydalanishga topshirish mo‘ljallangan.

Prezidentga mazkur yangi sayyohlik markazi imkoniyatlari, turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar
haqida ma’lumot berildi. Davlat rahbari markaz boshqaruvini samarali tashkil etish, turizm
sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shu yerda Samarqandning turizm infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari taqdimot qilindi.

Samarqand shahrida ilk bor gastronomik ko‘cha, Samarqand tumani «Konigil» mahalla fuqarolar
yig‘inida O‘zbekistonda birinchi turizm qishlog‘i tashkil etildi. Davlat rahbari mazkur turistik
markazni shahar bilan bog‘laydigan yo‘l o‘tkazgichni borib ko‘rdi, Usta Umar Jo‘raqulov
va Afrosiyob ko‘chalarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.



Invetitsiyalar davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Laziz Qudratov
Xalqaro press-klub yigʻilishida ShHTning 2022-yilgi sammiti Samarqand 
shahrida oʻtkazilishi haqida aytib, shunday degan edi:

Samarqandni qayta qurish boʻyicha katta dastur qabul qilingan. Shahar 
2022-yilda ShHT sammitini qabul qiladi. Ushbu tadbirda 20 ga yaqin prezident
va rahbarlar ishtirok etadi. Buning barchasi yangi infrastruktura obyektlari va
mehmonxonalar qurishni taqozo etadi.

Samarkand City“ turistik zonasi va sammit oʻtkaziladigan obyektlarni
joylashtirish boʻyicha Samarqand shahar bosh rejasi kontseptsiyasini ishlab
chiqish bilan „China Construction Engineering Design Group Corporation 
Ltd.“ arxitektura-loyiha kompaniyasi shugʻullangan
[5]
. Sammitga tayyorgarlik
doirasida Samarqandda yangi aeroport, 8 ta yangi mehmonxona va
Xalqaro turizm markazi qurildi
[6]
.

Sammit Samarqand tumani va
Toyloq
tumani o‘rtasida joylashgan sayyohlik
markazida boʻlib oʻtdi
[4]
.



14-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev Samarqandda ShHTning navbatdagi sammitida ishtirok
etish uchun kelgan Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bilan uchrashuv o‘tkazdi. 
Uchrashuv yakunida ikki mamlakat oʻrtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish
bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni qabul qilishga kelishib olindi
[18]
. Shuningdek, shu kuni Shavkat
Mirziyoyev ShHTning sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan BMT bosh 
kotibining siyosiy masalalar va tinchlikni barpo etish bo‘yicha o‘rinbosari Rozmari DiKarlo
bilan uchrashdi.

Samarqanddagi Kongress markazida prezidenti Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekistonga
rasmiy tashrif bilan kelgan Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiyning uchrashuvi
bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda prezidentlar ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, 
savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalarda amaliy
hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Afg‘oniston masalasi boʻyicha
ham fikr almashildi. Ibrohim Raisiy O‘zbekiston prezidentini o‘zi uchun qulay vaqtda javob
tashrifi bilan Eronga borishga taklif etdi. Uchrashuv yakunida 18 ta hujjat imzolandi. 
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron prezidenti Ibrohim Raisiy Qo‘shma
bayonot imzoladi
[20]
.

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama imzolangan bitim va memorandumlardi:

Ishbilarmonlik va ilmiy doiralar vakillari hamda sayyohlik guruhlari uchun viza tartibotlarini
soddalashtirish to‘g‘risida bitim;

Diplomatik pasportlar egalarini viza talablaridan ikki tomonlama ozod etish to‘g‘risida
bitim;

2022-2025 yillarda turizm sohasidagi hamkorlik dasturi;

Fan, texnika va innovatsiya sohalarida o‘zaro anglashuv to‘g‘risida memorandum;



Samarqand turizm markazi hududida
eski Samarqand qiyofasini
takrorlaydigan «Boqiy shahar» tarixiy
majmuasi o‘zining betakrorligi, u 
yerda qad rostlagan binolarda
ishlatilgan rang va bezaklari bilan
ajralib turadi. Majmua dizayni «Ming 
bir kecha» ertaklariga monand
shaklda bunyod etilgan. Bu maskanga
kelgan har bir sayyoh o‘zini ko‘hna
moziyga qaytgandek his qiladi va
o‘sha muhit ichra yashaydi.

«Boqiy shahar» majmuasi bezaklarida
qadimiy Afrosiyob devorlarida
saqlanib qolgan So‘g‘d davlati
hukmdorining Koreya, Xitoy, Hindiston
va boshqa mamlakatlar elchilarini
qabul qilish marosimi tasvirlaridan
foydalanilgan.

Bu yerda qadimiy bozor, 
mamlakatning barcha hududlariga
xos 40 ta hunarmandlik ustaxonasi
tashkil etilgan. Unda ustalar yog‘och
o‘ymakorligi, kulolchilik, zargarlik, gilam
to‘qish kabi jarayonlarini sayyohlarga
namoyish etadi.

Yüklə 214,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin