BAKTERIYALARNING ANTIBIOTIKLARGA CHIDAMLI SHAKLLARINI PAYDO BO`LISH MEXANIZMLARI Yer sharida odamlar, hayvonlar va oʻsimliklardan tashqari, bizning koʻzimizga koʻrinmaydigan boshqa tirik organizmlar ham mavjud. Biz ularni mikroblar, viruslar, zamburugʻlar, parazitlar deb ataymiz. Ular turli yuqumli kasalliklarni keltirib chiqarishga qodir. Ushbu kasalliklarga qarshi kurashish uchun antimikrob dori vositalari kerak.
Antimikrob rezistentlik (chidamlilik) deganda, ilgari ma’lum bir dori yordamida davolangan infeksiya, endilikda unga zaifroq javob qaytarishi yoki butunlay sezgirlikni yoʻqotishi tushuniladi.
Lekin nima uchun antibiotiklar ta’sir qilmay qoʻyadi? Mikroblarning boshqa tirik mavjudotlar kabi maqsadi bir — uzoqroq va qulayroq yashash. Inson tanasida yashash ular uchun juda qulay. Biroq, tirik qolish uchun ular evolyutsiya jarayonida turli xil himoya mexanizmlarini ishlab chiqishlari kerak boʻladi. Jumladan, asosiy dushmanlari boʻlgan antibiotiklardan himoyalanish tirik qolishning sosiy omillaridan biridir. Buning uchun ular tashqi koʻrinishini oʻzgartiradilar, ya’ni ularda gen mutatsiyasi sodir boʻladi. Oldingi oddiy bakteriya, endi "superbakteriya" ga aylanadi. Shu tariqa ular oʻz dushmanlaridan himoyalanib, dori ta’siriga qarshi tura oladilar.
Mikroorganizmlarning himoya mexanizmlari quyidagilar tufayli kuchayib ketadi:
Yana shuni ham bilish kerakki, bakteriyalar antimikrob dorilarga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan irsiy materiallarini bir-biri bilan almashinishga qodir. Antibiotiklarga qarshilik koʻrsata olgan eng kuchli, eng chidamli bakteriyalar tirik qoladi. Endi ular koʻpayishadi, halok boʻlishmaydi va tirik qolishga yordam bergan ma’lumotni bir-birlari bilan boʻlishishadi. Turli xil antibiotiklarga chidamli boʻlgan bu patogen bakteriyalarni odamlar bir-birlariga yuqtiradilar. Insonning oʻzi kasal boʻlmasligi ham mumkin – ular shunchaki chidamli bakteriya tashuvchisi boʻlib, boshqalarga uni yuqtirishda davom etadilar. Antibiotiklar qancha koʻp notoʻgʻri qabul qilinsa, chidamli bakteriyalar shuncha koʻp rivojlanib boradi.
Antibiotiklarni nazoratsiz qabul qilish oqibatlari haqida keyingi maqolada oʻqishingiz mumkin.
Mikroblarning antibiotiklarga nisbatan chidamliligini o‘rganishga oid klassik eksperimentni 1952-yilda AQSHlik genetik olimlar Joshua va Ester Lederberglar o‘tkazishgan. Bunda, avvaliga Petri chashkalaridagi oddiy ozuqaviy muhitda muayyan bakteriyalar koloniyasi o‘stirilgan. Keyin esa, koloniyani qismlarga ajratib, ozuqa muhitiga penitsillin qo‘shilgan sharoitdagi boshqa chashkalarga ko‘chirilgan. Shunda, koloniyalarning aksariyat qismi yangi muhitda penitsillin mavjudligi sababli, qirilib ketgan. Lekin, muayyan juda oz sonli koloniyalar baribir yashab qolgan. Keyin esa, bu shunchaki tasodif emasligini isbotlash uchun, olimlar penitsillinsiz ozuqa muhitida o‘stirilgan eng birinchi - boshlang‘ich koloniyadan namuna olib, o‘sha yashab qolgan koloniya yoniga ko‘chirib o‘tqazishgan. Natijada, yashab qolgan va antibiotik ta'siriga uchramagan koloniya oldida, garchi avval bunday ta'sirga uchramagan bo‘lsa-da, yangi qo‘shilgan a'zolar ham barqaror yashab ketgan. Keyingi kuzatishlar esa shuni ko‘rsatdiki, endi bu koloniya shunchaki yashab qolishdan tashqari, uning keyingi avlodi penitsillinli muhitda bemalol o‘sib, rivojlana boshlagan. Ushbu tajriba, mikroorganizmlarning antibiotiklarga chidamliligi mexanizmi aslida tabiiy tanlash qonuniyatiga asoslanganini ko‘rsatib berdi.
Qizig‘i shundaki, muayyan populyatsiyaning o‘ziga qarshi bo‘lgan zararkunandasi yoki kushandasiga qarshi chidamliligi effekti faqat mikroorganizmlarda emas, balki, yuksak organizmlarda ham kuzatiladi. Masalan, hashoratlar vaqt o‘tishi bilan pestitsidlarga nisbatan, o‘simliklar esa gerbitsidlarga nisbatan bardoshli bo‘lib qoladi. Bu o‘rinda ham, ta'sirga beta'sirlashish mexanizmi mikroorganizmlardagi singari kechadi. Ya'ni, populyatsiyaning muayyan alohida bir a'zolari tanasida pestitsid yoki, gerbitsid ta'siriga beta'sir kimyoviy o‘zgarishlar mavjud bo‘ladi va populyatsiyaning aynan o‘sha qismi yashab qoladi. Masalan, bu kimyoviy o‘zgarish hashorat yoki o‘simlik tanasidagi qandaydir noyob bir molekula bo‘lib, u pestitsid yoki gerbitsid molekulasini neytrallab qo‘yishi mumkin. Yoki, o‘sha hashorat yoki, o‘simlik tanasida maxsus bir kimyoviy modda shakllanib, pestitsid yoki gerbitsid molekulasini tanaga tushishi bilan, hali uning ta'siri boshlanmasidan avvali, uni hujayralardan darhol yana qayta chiqarib tashlashi mumkin. Natijada, tabiiy tanlash asosida, populyatsiyaning shunday xususiyatlarga ega bo‘lgan a'zolari yashab qoladi va keyingi avlod ulardan tarqaladi. Ulardan tarqagan keyingi avlod esa, endi ushbu foydali xossaga to‘liq ega bo‘ladi va endilikda mazkur tur o‘ziga qarshi zararkunandalarga chidamli bo‘lib qoladi.
Тabiiy tanlash va evolyutsiya haqidagi ilmiy ta'limot, antibiotiklar kashf etilishi va ulardan mikroblarga qarshi kurashda foydalanish boshlanishidan ancha avval paydo bo‘lgan edi. Ya'ni, olimlar har qanday populyatsiyada, shu jumladan, mikroorganizmlarda ham tabiiy tanlash qonunlari amal qilishini avvaldan bilishgan. Lekin, antibiotik qo‘llaganda mikroorganizmlarda shunday chidamlilik effekti yuzaga kelishini olimlar avvaldan inobatga olishlari, yoki, hech bo‘lmaganda, ushbu faktni taxmin qilishlari kerak edi. Lekin, nima uchundir bunday bo‘lmadi. Mikroblarning antibiotiklarga bardoshliligi effekti bir necha bemorlarda amalda ko‘zga tashlanmaguncha, bu jarayon hech kimning xayoliga kelmagan. Aslida ushbu holat, antibiotiklar va boshqa kimyoviy preparatlarning foydali effekti yetarlicha emasligini emas, aksincha, inson tabiatining mukammal xilqat emasligini ko‘rsatadi. Lekin, shu bilan birga, mikroblarning dori antibiotiklarga nisbatan chidamli bo‘lib qolishi, endilikda antibiotiklarning insoniyatga keltirgan ulkan nafiga ha soya solmasligi kerak. o‘z vaqtida, penitsillin va boshqa antibiotiklarni qo‘llash tufayli, bemorlarning tezroq oyoqqa turishi, butun boshli armiyalarning askarlari tezroq safga qaytishi ta'minlangan. Umuman olganda, II-jahon urushidan keyingi davra odamzot populyatsiyasining deyarli ikki barobar ortishi va sayyoramizda o‘rtacha umr davomiyligi 47,7 yoshdan 71 yoshgacha uzayishi, aynan antibiotik dorilar yordamida ko‘plab kasalliklarni yengganimiz sababidandir.
Mikrob va bakteriyalarning endilikda allaqachon shakllanib qolgan chidamliligi esa, ularning kurashda hali beri bizdan bo‘sh kelmasligini bildiradi. Ya'ni, ularni shunchaki bitta urush bilan yengib bo‘lmaydigan armiya deb tasavvur qilish to‘g‘ri bo‘ladi. Buni yana bir qo‘pol o‘xshatish bilan ifodalash mumkin: mikroblar va odamzotning ularga qarshi antibiotik qurollar bilan qarshi kurashi, xuddi siyosiy qutblarning qurollanish va biri-biriga nisbatan tahdid qilish poygasiga o‘xshaydi. Qurollanish poygasida ham taraflarning biri muayyan kuchli qurol ixtiro qilib, vaqtinchalik tashabbus va gegemonlikka ega bo‘ladi. Ikkinchi taraf esa unga qarshi, undanda kuchli qurol tayyorlaydi. Keyin birinchi taraf yanada kuchliroq qurol o‘ylab topadi. Narigi taraf esa undan ham battarini ishlab chiqadi va ho kazo. Statistikaga ko‘ra, so‘nggi 3500 yil tarix mobaynida odamzot faqat 230 yil hech qanday urushlarsiz, tinch totuv yashagan ekan. Ibtidoiy odamlar davrida shunchaki tosh va suyak qurollar bilan boshlangan qurollanish poygasi, keyinchalik o‘q-yoy, miltiq, artilleriya va mana nihoyat qirg‘inbarot yadroviy qurollargacha yetib kelganidan xulosa qilsak, bizning qurollanish borasidagi ahmoqona dunyoqarashimizga ona tabiatning o‘zi bas kelmasa, odamzotning o‘zi qurollanish poygasini hech qachon ongli ravishda to‘xtatmaydigan ko‘rinadi.