Baliqlar sinfi. 1. Zog`ora baliq qayerda hayot kechiradi?
1) Tog` daryolarida; 2) O`rta Osiyoning tog` daryolaridan tashqari barcha suv havzalarida; 3) Sholipoyalarning iliq suvida; 4) Ko`l va hovuzlarda; 5) Tinch oqar daryo o`zanida
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 5, 4
C) 1, 2, 4, 5 D) 2, 3, 4, 5
2. Zog’ora baliqning toq suzgich qanotlarini ko’rsating?
A) orqa, dum, anal B) dum, anal, ko’krak
C) ko’krak, qorin D) qorin, ko’krak, orqa
3. Suzgichlar nimadan iborat?
A) suzgich, qanot va yoylardan B) teri parda va suzgich yoyi
C) jabra qopqog`i, yoylardan D) juft va toq suzgichlardan
4. Baliqda rul vazifasini nima o’taydi?
A) ko’krak suzgich qanoti B) qorin suzgich qanoti
C) dum suzgich qanoti D) A, B
5. Baliq suvda oson harakatlanishiga nima yordam beradi?
A) tangachalari B) tanasi suyri shakldaligi
C) B, D D) teri bezlari ishlab chiqargan suyuqlik
6. Baliqning umurtqa suyagi nechta?
A) 33- 34 B) 34- 36 C) 39- 42 D) 42- 44
7. Baliqlarda umurtqa yoyi qanday hosil bo’ladi?
A) ostki umurtqa yoylarining qo’shilishidan
B) ostki va ustki umurtqa yoylarining qo’shilishidan
C) ustki umurtqa yoylarining qo’shilishidan
D) ostki umurtqa yoylari va qovurg’alarning qo’shilishidan
8. Zog’ora baliqning suzgich pufagi qayerda joylashgan?
A) ichagi ustida B) ichagi ostida
C) oshqozoni ostida D) oshqaozoni ustida
9. Tuxumdan chiqqan baliq lichinkasi necha kun o’tgach suv yuzasiga chiqadi?
A) 1- 2 B) 2- 3 C) 3- 4 D) 4- 6
10. Dum umurtqalarida nima joylashgan?
A) qovurg`alar B) qiltanoq
C) suzgich yoylar D) suzgich parda
11. Baliqlarning yurak bo’lmasidan keyin nima boshlanadi?
A) orqa aorta B) qorin aorta
C) venalar D) yurak qorinchasi
12. Jabralardan orqaroqda baliqning qaysi a’zosi joylashgan?
A) jabra yoriqlari B) nafas teshiklari
C) yuragi D) oshqozoni
13. Arterial qon qayerdan boshlanadi?
A) yurak qorinchasidan B) yurak bo’lmachasidan
C) jabralardan D) to’qimalardan
14. Baliq yuragida qanday qon bo’ladi?
A) arterial B) venoz
C) hammasi D) aralash
15. Baliqlarning ayirish sistemasi qanday tuzilgan?
A) Malpigi naylari B) yagona tasmasimon buyrak
C) 1 juft tasmasimon buyrak D) yashil bexcha
16. Suzgichlar skeleti nimadan iborat bo`ladi?
A) suzgich yoyi va suzgich parda
B) suzgich yoyi va kamar suyaklari
C) qiltanoq va suzgich pardasi
D) jabra qopqog`i va yoyidan
17. Baliqlarning burun teshigi qayerga ochiladi?
A) halqumiga
B) hid sezuvchi hujayralarga ega bo’lgan haltachalarga
C) jabrasiga
D) bir juft o’pkaga
18. Baliqlarning ko’zi qanday hususiyatlarga ega?
1- ranglarni farqlaydi; 2- narsalar shaklini farqlay olmaydi; 3- narsalar shaklini farqlay oladi; 4- ranglarni ko’rmaydi; 5- uzoq masofadan ko’radi; 6- yaqindan ko’radi;
A) 1,2,4 B) 2,4,5 C) 1,3,6 D) 1,2,6
19. Nafas va qon aylanish markazi qaysi miyada joylashgan?
A) oldingi miya B) oraliq miya
C) o’rta miya D) uzunchoq miya
20.Eshitish a’zosi miya qutisining ikki yonida joylashgan, suyaklar bilan qoplangan …dan iborat
A) ichki quloq B) tashqi quloq
C) o’rta quloq D) tashqi quloq va nog’ora parda
21. Baliqlarning harakat markazi qayerda joylashgan?
A) oldingi miya B) oraliq miya
C) o’rta miya D) miyacha
22. Qaysi baliqlarning boshida joylashgan mo’ylovlari tuyg’u vazifasini bajaradi?
A) treska B) seld C) zog’ora baliq D) A, C
23. Baliqlarning qaysi qismida ta’m bilish hujayralari joylashgan?
A) o’giz bo’shlig’I B) halqumi
C) butun tana yuzasida D) Hammasi
24. Hazm a’zolar tizimi ishini qaysi miya boshqaradi?
A) oldingi miya B) oraliq miya
C) o’rta miya D) uzunchoq miya
25. Baliqlarda tuyg’u vazifasini nima bajaradi?
A) mo’ylovlari B) ko’krak suzgich qanotlari
C) lablari D) burun teshiklari atrofidagi bo’rtiqlar
26. Baliqlarning eshitish a’zosini ko’rsating?
A) tashqi quloq B) o’rta quloq
C) ichki quloq D) A, B
27. Yon chiziqlar baliqlarda qanday vazifani bajaradi?
A) ko’rish B) eshitish
C) ta’m bilish D) suv oqimini sezish
28. Baliqlarda jabrasining qaysi qismida gaz almashinuv jarayoni sodir bo’ladi?
A) jabra ravoqlarida B) jabra yoylarida
C) jabra varaqlarida D) jabra qilchalarida
29. Urug’langan tuxumlardan necha kun o’tgach chavoqlar, baliq lichinkalari rivojlanib chiqadi?
A) 2- 3 kun B) 4- 6 kun C) 10- 15 kun D) 16- 24 kun
30. Baliqlarda kamar suyagining o`ziga xosligi nimada?
A) umurtqa pog`onasiga tutashib turadi
B) umurtqa pog`onasiga tutashmaydi
C) orqa miyani himoya qiladi
D) kamar suyaklar bo`lmasligi
31. Zog’ora baliqda qaysi a’zo bo’lmaydi?
A) qizilo’ngach B) oshqozon
C) suzgich pufagi D) jigar
32. Baliqlardagi suzgich pufakning asosiy vazifasini ko’rsating.
A)gazlar almashinish
B)suv tubiga botish va yuzasiga chiqish
C)ovqat hazm qilish D) ajratish
33. Bosh skeleti qanday suyaklardan iborat?
A) miya qutisi va jag`lardan
B) miya qutisi va jabra ravoqlari
C) miya qutisi, yuz skeleti, jabra qopqog`i
D) miya qutisi, jag`lar, jabra ravoqlari, jabra qopqo`gi
34. Baliqlarning bosh miyasi necha bo’limdan iborat?
A)uchta B)to’rtta C)beshta D)oltita
35. Baliq gavdasidagi eng kuchli muskullar?
A) ko`krak va dum
B) orqa va dum
C) bosh va gavda
D) suzgichlari va gavda
36. Baliqlarning juft suzgich qanotlari qanday ahamiyatga ega?
A)muvozanatni saqlash, burilish
B)orqaga suzish, to’xtash
C)oldinga suzish va burilish
D)burilish, to’xtash, harakat va muvozanatni saqlash
37. Baliqning oziqasi dastlab qaerda parchalanadi?
A)og’iz bo’shlig’ida B)qizilo’ngachda
C)oshqozonda D)ichakda
38. Suzgich pufagining kengayishi nimaga bog`liq bo`ladi?
A) suzgich pufagidagi gazni ichakka o`tishiga
B) qondan ajralib chiqqan gazlarning pufakni to`ldirishiga
C) nafas olishiga va chiqarishiga
D) atmosfera havosidan nafas olishiga
39. Suzgich pufak qanday puchchayadi?
1) pufakdan qonga so’riladi; 2) gaz pufakdan ingichka nay bilan ichakka o`tadi; 3) ichakdan jabra orqali suvga chiqariladi; 4) anal teshigi
A) 1 B) 2, 3, 4 C) 2, 4 D) 2, 3
40. Baliqning yurak qorinchasidan chiqadigan qon qanday izchillikda oqib, yurak bo’lmasiga kelib quyiladi?
1)orqa aorta; 2)qorin-aorta; 3)jabra arteriyasi; 4)kapillyar; 5)vena; 6)arteriya
A)1,2,3,4,5,6 B)2,3,4,1,6,4,5 C)1,3,4,5,6,2,4 D)2,5,4,6,2,1,3
41. Zog`ora baliq nima bilan oziqlanadi?
A) plankton va mayda qisqichbaqasimonlar bilan
B) dafniya, siklop, baliq chavoqlari
C) umurtqasiz hayvonlar, tuban suv o`tlari, yashil o`simliklar, barg va novdalari
D) o`limtiklar, tayyor organik birikmalar, chirindilar bilan
42. Zog’ora baliqning hazm qilish tizimi a’zolarini belgilang.
1)og’iz; 2)ichak; 3)kloaka; 4)halqum; 5)qizilo’ngach; 6)oshqozon
A)5,1,4,2 B)6,2,5,1,4 C)1,3,6,5,2 D)1,5,2,6
43. Baliqlarning qaysi organi rezonator vazifasini bajaradi?
A)suzgich pufagi B)muskullari C)jabrasi D)teri tangachalari
44. Baliq tishi qayerda joylashgan?
A) og`iz bo`shlig`ida B) halqumida
C) jabralarida D) oshqozonida
45. Moddalar almashinuvi qanday kechadi?
A) issiqqonli, jadal B) sovuqqonli, sust
C) tana harorati doimiy D) barcha javob to`g`ri
46. Baliqning hazm qilish organlarini ularga mos keladigan belgilar bilan birga juftlab yozing.
a) halqum; b) oshqozon; d) oshqozon osti bezi; e) o`t pufagi; f) ichak; g) orqa ichak
1) ovqat hazm bo`ladi, qonga so`riladi;
2) rivojlanmaydi; 3) uch qator tishlar joylashgan;
4) oziq qoldig`ini chiqarib turadi; 5) o`t suyuqligi to`playdi;
6) hazm shirasi ishlab chiqaradi.
A) a-1, b-2, d-3, e-4, f-5, g-6
B) a-1, b-3, d-5, e-2, f-4, g-6
C) a-3, b-2, d-6, e-5, f-1, g-4
D) a-2, b-6, d-4, e-5, f-3, g-1
47. Baliqning suzgich pufagi puchayganda, gazlarning suvga chiqish jarayoni ketam-ketligini ko’rsating.
A)pufak-ichak-ingichka nay-jabra-suv
B)pufak-ichak-ingichka nay-og’iz-suv
C)pufak-ingichka nay-ichak-og’iz-jabra suv
D)pufak-ingihcak nay-ichak-jabra-suv
48. Baliqning suzgich pufagi qanday qon tomirlar bilan qinlangan?
A)arteriya B)vena C)kapilllyar D)arteriya, vena
49. Ko’r bo’lib qolgan baliqning biror narsaga urilmasligida qaysi a’zosi asosiy rol o’ynaydi?
A)yon chiziqlar B)orqa miya C)jabra D)refleks
50. Baliqlarda jabradan chiqqan arteriya qon tomiri qaysi qon tomiriga boradi?
A)qorin aortasiga B)orqa aortaga
C)jabra atrofi kapillyariga D)jabra arteriyasiga
51. Quyidgi hayvonlarga mos nerv sistemasi to’g’ri berilgan javobni toping.
1)yomg’ir chuvalchangi; 2)gidra; 3)lantsetnik; 4)baliq;
a)to’rsimon nerv hujayralari; b)qorin nerv zanjiri, halqum atrofi nerv halqasi; c)nerv naychasi; d)bosh miya, orqa miya
A)1-b, 2-a, 3-c, 4-d B)1-c, 2-a, 3-b, 4-d
C)1-a, 2-b, 3-d, 4-c D)1-d, 2-c, 3-a, 4-b
52. Baliqlar qon aylansih sistemasining qaysi qismida arteriya qoni bo’aldi?
A)orqa aorasida B)yurak bo’lmasida
C)yurak qorinchasida D)jabra arteriyasida
53. Baliqlarning suzgich pufagi qanday vazifalarni bajarishini aniqlang?
1)sezuvchanlik; 2)tovushni kuchaytirish; 3)suv yusazgia ko’tarilish; 4)nafas chiqarish; 5)nafas olish; 6)suv tubiga tushish
A)2,3,6 B)1,5,4,6 C)1,3,4 D)2,3,4,5,6
54. Ichakdagi ovqat nima hisobiga hazm bo’ladi?
A) oshqozonosti bezi suyqligi B) o’t suyuqligi
C) ichak suyuqligi D) A, B
55. Tajribada baliqlar nimani yaxshi eshitadi?
1) qirg`oqdagi odam qadamini; 2) suzib kelayotgan qayiq ovozini; 3) qo`ng`iroq va o`q ovozini; 4) yaqinlashayotgan o`ljasini
A) 1, 3, 4 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3
56.Ko`p nasl qoldiruvchi baliqlarning nasliga g`amho`rlik qilishi nimadan iborat?
A) Tuhumlarni himoya qilishi.
B) Qulay joyga tuhumlarni qo`yishi.
C) Uzoq o`lkalarga suzib ketishi.
D) Nasliga g’amxo’rlik qilmaydi
57. Qaysi turkumga mansub bo`lgan baliqlar uvildiriq tashlash uchun Amur daryosining irmoqlariga o`tadi?
A) Olabug`asimonlar. B) Karpsimonlar
C) Cho`rtanlar D) Lasossimonlar
58. Quyidagi baliqlarning qanchadan nasl qoldirishini aniqlang?
1- Okun; 2- Skat; 3- Treska;
a) 1-3dan 20-30 gacha; b) bir necha million; c) 300 000
A) 1-b; 2-c; 3-a B) 1-c; 2-b; 3-a
C) 1-c; 2-a; 3-b D) 1-b; 2-a; 3-c
59. Quyidagi baliqlarning nasliga g`amho`rlik qilish turi to`g`ri berilgan qatorini toping?
1- tilyapiya; 2- Dengiz otchasi; 3-Zog`ora baliq; 4- Tikan baliq;
a) tuhum qo`yish uchun qulay joy qidiradi
b) erkagi qornidagi maxsus haltachada olib yuradi.
c) erkagi tuhumlarini og`zida olib yuradi.
d) erkagi suvo`tlarni so`lak bezlari bilan yopishtirib maxsus uya quradi.
A) 1-b 2-c 3-d 4-a B) 1-c 2-a 3- b 4-d
C) 1-a 2-b 3-c 4-d D) 1-c 2-b 3-a 4-d
60. Quyidagi baliqlarning nechtadan turi borligini toping?
1- Skat; 2- Akula;3- Tog`ayli baliqlar;
a) 24000; b) 350; c) 630; d) 250; e) 600;
A) 1-b; 2-d; 3-c; B) 1-d; 2-b; 3-c;
C) 1-b; 2-d; 3-e; D) 1-c; 2-d; 3-a;
61. Akulalarning eng kichik vakili va uning uzunligi qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?
A) Tikanli akula 40-45 sm B) Dengiz farishtasi 40-50 sm
C) Dengiz tulkisi 20-30 sm D) Tikanli akula 35-40 sm
62. Qaysi baliq Orol dengizi va unga quyiladigan daryolarda uchraydi?
A) Mo`ylov baliq B) Qora baliq
C) Oq amur D) Laqqa baliq
63. Birinchi paydo bo’lgan juft suzgich qanotli umurtqalilar qanday sabab tufayli nerv sistemasi va sezgi a’zolari rivojlana borgan?
A) o’lja ahtarib faol hayot kechirish
B) juft suzgichlarining rivojlanishi
C) tasmasimon buyrakning paydo bo’lishi
D) muguz tangachalari paydo bo’lishi va tanasining suyri shaklga kirishi
64. Mayda baliqlar va hasharotlarning qurtlari bilan oziqlanadigan baliqni ko’rsating.
A) cho’rtan B) gulmoy
C) xumbosh D) sohta kurakburun
65. Tanasi yassi va ko`zlari tanasining yuqori qismida joylashgan baliqni toping?
A) Oq amur B) Humbosh
C) Kambala D)Laqqa
66. Baliqlarda ko`payish instinkti qachon paydo bo`ladi?
A) tuxum qo`yishni boshlaganda
B) jinsiy hujayralar yetila boshlashi bilan
C) baliqlarning bir joydan ikkinchi joyga ko`chishi bilan
D) bahorda suvlar isiy boshlashi bilan
67. Elektr skatlar qaysi dengizlarda uchraydi?
A) Qora dengizda B) Hind okeani sohillarida
C) Tropik dengizlarda D) O’rta Yer dengizi sohillarida
68. Akulalar uchun noto’g’ri ma’lumotni ko’rsating.
A) ba’zi vakillari tuxum qo’yib ko’payadi
B) eng yirik vakili kit akulasi mayda qisqichbaqasimonlar va baliqlar bilan oziqlanadi
C) tanasidagi tangachalar emal bilan qoplangan
D) ko’krak suzgich qanotlari tanasi bilan tutashib ketgan
69. Qaysi baliqlar Uzoq Sharq daryolaridan Sirdaryo va Amudaryo havzalariga keltirilib iqlimlashtirilgan?
A) Humbosh,Oq amur, Ilonbosh
B) Oq sla, Ilonbosh, Moybaliq
C) Oq amur, Oqcha, Oq sla
D) Zog`ora baliq, Ilonbosh, Humbosh
70. Baliqlarda nechta suzgich qanot bo’ladi?
A) 5 B) 4 C) 7 D) 8
71. Dastlabki xordalilardan kelib chiqqan hayvonlarda suzgich qanotlari nechta bo’lgan va ular qanday oziqlanishgan?
A) bir juft panjaqanotlar; parazit
B) bir juft suzgich qanotlar; saprofit
C) ikki juft suzgich qanotlar; hammaxo’r
D) bir juft suzgich qanotlar; yirtqich
72. Tog` daryolari va soylarda qaysi baliq tarqalgan?
A) Mo`ylov baliq B) Qora baliq
C) Moybaliq D) Ava B
73. Ochiq dengizda yashovchi baliqlar …
A) tez harakatlanadi, tanasi suyri shaklda
B) sekin harakatlanadi, tanasi yapaloq
C) tanasi rangli
D) tez harakatlanadi, tanasi yapaloq
74. Orqa suzgich qanoti ortida yana bitta suzgichi bo`ladi. Bu ta`rif qaysi baliqlar turkumiga xos va unga qaysi baliqni misol qilish mumkin?
A) Cho`rtanlar; Cho`rtan. B) Karpsimonlar; Karp
C) Losossimonlar; Forel D) Olabug`asimonlar; Ilonbosh
75. Asosan g’oshti va ikrasi uchun juda qadrlanadigan baliqlarni ko’rsating.
A) oq amur, xumbosh B) gulmoy, bukri baliq
C) osyotr, losos D) seld, oq sla
76. Moy baliq va oqcha baliqlar O’zbekistonning qaysi suv havzalarida uchraydi?
1- Zarafshon daryosining quyi qismida; 2- Orol dengizi sohillari;
3- Zarfshon daryosining yuqori oqimlari; 4- Sirdaryoning quyi oqimlari; 5- Sirdaryoning yuqori oqimlarida; 6- Amudaryoning yuqori oqimlarida; 7- Amudaryoning quyi oqimlarida;
A)1,2,4,7 B)2,3,4,7 C)2,3,5,6 D)1,3,5,6
77. Teri tangachalari emal bilan qoplangan baliqlari uchun quyidagi javoblarning qaysi biri noto’g’ri ekanini ko’rsating.
A) suzgich pufagi bo’lmaydi
B) jabra qopqoqlari bo’lmaydi
C) teri va o’pka orqali nafas oladi
D) tirik tug’adi
78. Qaysi baliq noyob tur sifatida muhofaza qilinadi?
A) Bukri baliq B) soxta kurakburun
C) Oq amur D) Laqqa
79. Qaysi baliqlar turkumida boshining oldi cho’zilib tumshuqni hosil qiladi?
A)Suyak-tog’ayli baliqlar B)Losossimonlar
C)Karpsimonlar D)Cho’rtanlar
80. Qaysi baliqlar ko’payish davrida Yevropa daryolaridan minglab km. uzoqlikda joylashgan Atlantika okeanining Sargass dengiziga borib tuhum qo’yadi?
A) keta va gorbusha B) treska
C) zog’ora baliq D) ugor balig’i
81. Qaysi baliqlar suv havzalarining tinch oqadigan sayoz joylariga, suv omborlari va ko’llarga tuhum qo’yadi?
A) zog’ora baliq B) bakra baliq
C) losossimonlar D) okun
82. Qaysi baliqning dum suzgichi xivchinga aylangan, ko’krak suzgichlari tanasi bilan tutashib ketgan?
A) laqqa baliq B) latimeriya C) sterlyad D) skat
83. Eng yirik hisoblangan kit akulasing uzunligi qancha?
A) 10- 12 m B) 15m C) 18 m D) 21 m
84. Qanday baliqlar o’zidan yog’du taratadigan a’zolari bo’ladi?
A) dengiz va okeanlarning juda chuqur joylarida yashaydigan
B) suvning yuza qismida yashaydigan
C) rang barang marjon riflari orasida yashaydigan
D) ochiq dengizlarda yashaydigan
85. Qayerda yashaydigan baliqlarning tanasi yassi shaklda bo’ladi v ular sekin harakatlanadi?
A) dengiz tubida yashaydigan
B) suvning yuza qismida yashaydigan
C) rang barang marjon riflari orasida yashaydigan
D) ochiq dengizlarda yashaydigan
86. Qaysi baliqlarning muskullari ayniqsa dum suzgichlari kuchli rivojlangan bo’ladi?
A) B va D
B) suvning yuza qismida yashaydigan
C) rang barang marjon riflari orasida yashaydigan
D) ochiq dengizlarda yashaydigan
87. Qaysi baliqlarning tanasi rangli bo’ladi?
A) dengiz qa’rida yashaydigan
B) dengizlar tubida yashaydigan
C) korall riflari orasida hayot kechiradigan
D) tanasi yassi, ochiq dengiz va suv yuzasida yashaydigan
88. Chorva mollari ozig’iga qo’shib beriladigan baliqchlik sanoati chiqindisini ko’rsating.
A) baliq uni B) baliq moyi
C) o’g’it D) A, B
89. Qaysi baliq turkumining ko’pchilik turlari ko’payish paytida dengizdan chuchuk suvlarga o’tadi?
A) Olabug’a baliqlar B) Losossimonlar
C) Karpsimonlar D) Suyak to’gayli baliqlar
90. Bu turkumga mansub baliqlarning xipcha va cho’ziq tanasi bo’ylab orqa, yon va qorin tomonida 5 qator romb shaklidagi suyak plastinkalar joylashgan. Bu qaysi turkum?
A) Bakra baliqlar B) Losossimonlar
C) Panja qanotli baliqlar D) Cho’rtanlar
91. Qaysi baliqning uzunligi 2 m. o’girligi 30 kg. keladi?
A) Bakra baliq B) Katta sohta kurakburun
C) Mo’ylov baliq D) Gulmoy
92. Qaysi baliqning uzunligi 75 sm. Og’irligi 2 kg. bo’ladi?
A) Bakra baliq B) Losos
C) cho’rtan D) Qilquyruq
93. Qilquyruq qaysi baliq turkumiga mansub?
A) Tog’ayli baliqlar B) Cho’rtanlar
C) Suyak tog’ayli baliqlar D) Karpsimonlar
94. Orol dengizi, Zarafshon, Amudaryo, Sirdaryo havzalarining daryo va ko’llarida uchraydigan baliqni ko’rsating.
A) qora baliq B) mo’ylov baliq
C) laqqa baliq D) moy baliq va oqcha
95. Oq amur va xumbosh qaysi baliqlar turkumiga mansub?
A) Osyotrsimonlar B) Karpsimonlar
C) Losossimonlar D) Panja qanotli baliqlar
96. … skeleti va suzgichlarining tuzilishi quruqlikda yashaydigan umurtqalilarga o’xshab ketadi.
A) Cho’rtanlar B) Losossimonlar
C) Karpsimonlar D) Panja qanotli baliqlar
97. Qaysi baliq Hind okeaning Afrika sohili yaqinidan topilgan?
A) Ugor balig’I B) Treska
C) Latimeriya D) Akula
98. Zog’ora baliq qaysi turkumga mansub?
A) Karpsimonlar B) Seldsimonlar
C) Losossimonlar D) Olabug’asimonlar
99. Qaysi baliqni o’rganish quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning kelib chiqishini tushuntirishda katta ahamiyatga ega?
A) latimeriya B) skat
C) zog’ora baliq D) akula
100. O’zbekistonda baliqlar ichki suv havzalaridan ovlanadi. Shu baliqlardan qaysi vakillari O’zbekisotonda ovlanmaydi?
A) zog’ora, oq amur
B) osyotr, beluga, sterlyad
C) oq sla, ilonbosh
D) oqcha, xumbosh
101. Losossimonlar turkumidan qaysi baliq Sirdaryo va Amudaryoda uchraydi?
A) losos B) keta C) bukri baliq D) forel
102. O’q skeleti xordadan iborat bo’lib butun hayoti davomida saqlanib qoladigan baliqni ko’rsating.
A) bukri baliq B) oqcha
C) sohta kurakburun D) oq sla
103. Quyidagi baliqlarning qaysi biri dengizlarda yashamaydi?
A) losos B) keta C) gorbusha D) gulmoy
104. Baliqchilik sanoati chiqindilaridan baliq moyi qaysi sohada ishlatiladi?
A) chorvachilikda
B) dehqonchilikda o’g’it ishlab chiqarishda
C) farmasevtikada
D) parfyumeriyada
105. Baliqlar turini ular tarqalgan joylar nomi bilan birga juftlab yozing?
a) mo`ylov baliq; b) moy baliq; d) qora baliq; e) gulmoy;
f) soxta kurakburun; g) latimeriya
1) Sirdaryo, Amudaryoning quyi oqimida
2) Hind okeanining Afrika sohili yaqinida
3) tog` daryolarida
4) daryolar havzasi va ko`llarda
5) Sirdaryo va Amudaryoda
6) Sirdaryo va Amudaryoning quyi va o`rta oqimida
A) a-6, b-4, d-2, e-3, g-1
B) a-3, b-5, d-1, f-3, e-2, g-4
C) a-1, b-3, d-5, e-6, f-2
D) a-5, b-1, d-3, e-5, f-6, g-2
106. Baliqning suzgich pufagi kengayganida, nima bilan to’ladi?
A)jabradan kelgan havo B)qondan ajralgan gaz
C)og’izdan o’tgan havo D)teri orqali o’tgan havo
107 .Baliqda qon qayerda CO2 ga to`yinadi?
A) jabralarda B) to`qimalarda C) orqa aortada D) yurakda