Balogʻatga yetish, balogʻat, rasida (rasta) boʻlish



Yüklə 198,31 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix04.04.2023
ölçüsü198,31 Kb.
#93220
Balogʻatga yetish - Vikipediya



Balogʻatga yetish
BALOGʻATGA YETISHbalogʻatrasida (rasta) boʻlishboʻyiga yetish — 
organizmning
bir
qancha 
anatomik
va 
fiziologik
 oʻzgarishlar natijasida biologik jihatdan sekin-asta voyaga yetishi
hamda jinsiy jihatdan yetilib, 
koʻpayishga
, yaʼni naslni davom ettirishga layoqatli boʻlib qolishi.
Qizlar oʻgʻil bolalarga nisbatan ertaroq balogʻatga yetadi. Qizlarda bu davr aksari 12 — 14
yoshdan 16 — 18 yoshgacha, oʻgʻil bolalarda 13 — 15 yoshdan 16 — 20 yoshgacha davom etadi.
Balogʻatga yetish muddati oʻsmirning irsiy xususiyatlariga, sogʻligʻiga, ovqatiga, shuningdek
hayot tarzi (maishiy, ijtimoiy-iqtisodiy) va iqlim sharoitlariga bogʻliq. Turli noxush omillar: ogʻir
kasalliklar, yolchib ovqatlanmaslik va boshqa odatda jismoniy va ruhiy rivojlanishning
kechikishiga sabab boʻladi. Nimjon, kasalmand bolalar sogʻlom bolalarga nisbatan kechroq
balogʻatga yetadi. Kech yoki erta Balogʻatga yetish jinsiy bezlar, buyrak usti bezlari va gipofiz
funksiyasining buzilishiga aloqador boʻlishi mumkin. Balogʻatga yetish davrida jinsiy instinkt
ancha tez shakllanadi. Qizlar hayz koʻradi, bolalarda ixtilom (pollyutsiya) kuzatiladi, shuningdek
organizmda chuqur oʻzgarishlar roʻy beradi: oʻsmirning boʻyi choʻzilib, ikkilamchi jinsiy belgilari
paydo boʻladi; oʻgʻil bolalarda soqol-moʻylov koʻrinib, ovozi doʻrillab qoladi, qizlarning badani
yumaloq tortib, birinchi galda soni va dumbasida yogʻ toʻplanib boradi, sut bezlari kattalashib,
chanoq suyaklari eniga kengayadi. Qonda jinsiy gormonlar koʻpayib, bir jins ikkinchi jinsga koʻproq
eʼtibor bera boshlaydi. Balogʻatga yetish davrida oʻsmirning psixikasi ham oʻzgarib, nerv
tizimining faoliyatida bir qator oʻzgarishlar roʻy beradi. Gormonlar, avvalo jinsiy bezlar (moyak,
tuxumdon) gormonlari Balogʻatga yetishda muhim ahamiyatga ega.


Balogʻatga yetishda jismoniy rivojlanishning eʼtiborli xususiyatlaridan biri tana qismlari nisbati,
yaʼni proporsiyasining vaqtincha buzilishidir. Qoʻl-oyoqlar tanaga nisbatan koʻproq oʻsadi, shu
sababdan harakatlari qoʻpolroq, kelishmagan boʻlib qoladi. Oʻgʻil bolalarda muskul kuchi zoʻr
berib ortib boradi, muskullar massasi kattalashadi.
o'g'il bolalarda balog'atga etishish
qizlarda balog'atga etishish


 
Soʻnggi tahrir 2 oy avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
Rastalik davrida oʻsmirlar organizmining rivojlanib borishida boʻladigan xususiyatlar haqida
otaonalar va pedagoglar oʻsmirlarga toʻgʻri maʼlumot berishlari kerak, bu esa baʼzi yigit-
qizlarning behuda qoʻrqishi va asabiylashishining oldini oladi. Balogʻatga yetish davrida
oʻsmirning jismoniy jihatdan toʻgʻri rivojlanishi ham katta ahamiyatga ega. Buning uchun bekamu
koʻst ovqatlanish, shuningdek sport va jismoniy mashqlar bilan shugʻullanib turishga alohida
eʼtibor berish zarur.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Balogʻatga_yetish&oldid=283
3653
" dan olindi
Adabiyotlar


Yüklə 198,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin