Bandicam bu video



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə1/2
tarix22.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#190420
  1   2
7 - amaliy ish


BANDICAM - BU VIDEO VA AUDIOLAR YARATISH UCHUN DASTUR.

123



Bandicam dasturini to’g’ri sozlash bo’yicha yo’riqnoma beraylik. Bandicam dasturi haqida fikr yuritamiz.
Bandicam ommaviy va mashhur dastur, ishchi stolidan uzun videoroliklarni tashkil qilish uchun mo’ljallangan bo’lib, hususan - video darslarni va kompyuter o’yinini yozish uchun qo’llanilishi mumkin. Ta’limda esa bu dasturni video yoki audio dars tayyorlash uchun, rasm-screenshot ko’rinishidagi o’quv materiallarni yaratishda qo’llaniladi. Dastur foydalanuvchi ekranini to’liq qamrab olish uchun mo’ljallangan. Bandicam dasturining to’g’ri sozlovini tanlab olinadi. Ishning boshida video, ovoz va tasvir sifati ustida ishlashni talab etiladi. Sozlov juda oddiy va ko’p vaqt talab qilmaydi. Tajribadan shu narsa ma’lum bo’ldiki, bu dasturni internetdan kompyuterga yuklash, unda ishlash talabalarga hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi.
1.1.1. BOSHLANG'ICH PARAMETRLAR

Dasturni ishga tushirishda sizning oldingizda oyna paydo bo’ladi, unda keyingi parametrlarni ko’rsatish kerak:


Maqsad–Yani siz yozmoqchi bo’lgan ekran qismi. Agar siz ekranning butun qismiga yozmoqchi bo’lsangiz, unda «Окно DiirectX/OpenGL» qiymatdan foydalaning. Agarda ishchi stolning bir qismiga yozishni planlashtirsangiz, unda «Область экрана» - ekran sohasi bo’limini tanlang va uni qo’lda to’g’irlang.
Специальная папка вывода Mahsus chiqarish uchun papka, yani siz tayyor materialni saqlamoqchi bo’lgan papka. Eng yahshisi D diskda alohida papka yaratishingiz kerak. Bu esa Operatsion tizimni ortiqcha fayllar bilan to’ldirishdan saqlaydi.
FPS parametrlar-bu yerda siz rasm sifatini, kadrlarning yozish chastotasini berishingiz mumkin, o’zida o’rnatilgan qiymat bo’yicha yani “Значение по умолчанию 70”-70 sonni qo’yamiz, bu son qanchalar kichik bo’lsa, yozish sifati va o’lchovi shunchalar past bo’ladi.

124
 Yozuvning avtoyakunlovi. Xohlasangiz, siz aniq vaqt intervalini tugashni



yozishni ko’rsatib, opsiyani yoqishingiz mumkin.(misol uchun 5 minut) yoki u aniq bir o’lchovga yetgani bilan yozuv tugatilishi mumkin. (misol uchun, 256 MB).

1.1.2. Ovoz va mikrofonni sozlash



Video va o’yinlarni sifatli yozish uchun ovoz va mikrofonni sozlash kerak:

Ovoz yozuvini qo’yidagicha sozlaymiz:

1. «Видео»-Video bo`limini ochamiz;

2. «Запись»-Yozuv bo`limini ochamiz.; 125
3. «Настройки» bandini ochamiz va «Звук»-Ovoz bo'limini tanlaymiz;

4. «Записывать звук»-ovoz yozish satri oldida “qushcha” belgisini qo’yamiz;
5. Tovushning asosiy manbasini tanlaymiz .Ko’pincha bunday manba bu kompyuter, shu sababli, qalqib chiquvchi menyudan «Основное звуковое устройство» - Asosiy tovush qurilmasidan «Win7 Sound (WASAPI)» bulimini tanlaymiz. Kompyuteringizda ishlovchi va qo’llanuvchi operatsion tizimni ro’yhatdan tanlab quyish kerak. O’sha tizimni tanlash shart.
6. Suzib chiquvchi menyudan «Дополнительное звуковое устройство» -qushimcha ovozli qurilma, ikkinchi qurilmani ko’rsatib quying, agar siz videoni o’zingizning izohlaringiz bilan tuldirmoqchi bo’lsangiz, ikkinchi qurilma sifatida mikrofonni tanlab qo’yasiz.
7. Menyuning berilgan punkti oldida ovoz sifatini tekshirish uchun «Настройки» tugmasini bosing.
Yangi oynada yozish va yozilganni eshitib, ko’rish uchun qurilmalar ro’yhati ochiladi. Mikrofonustunitaqillatingyokiso’zlar juftiniyozing. Siz tanlaganqurilma ro’parasidagi shkala zangor rangli bo’lib yonishi kerak, mikrafon ovozini ushlab qoluvchi jarayon zangor rang bilan yoritilishi zarur.
Ovozli fayl katta hajmga ega bo’lishini esingizdan chiqarmang. Kichkina hajmli faylni yaratmoqchi bo’lsangiz, «Записывать звук» bo'limini tanlamaganingiz ma'qul. Natijali faylning o’lchovini «Двухканальное смешивание» bo’limida kamaytirish mumkin. Ovoz sozlanishini tugatishdan oldin uningoldida ‘qushcha” belgisinitanlabqo’ying. Agarda kompyuterda ovoz yo’qolib qolgan bo’lsa, buni tuzatish mumkin.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin