Bandlik
Bandlik yoki aholini ish bilan taʼminlash — mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali
mehnat bilan mashgʻul boʻlishi; fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan
bogʻliq boʻlgan va qonunlarga zid kelmaydigan, mehnat daromadi beradigan faoliyati.
[1]
Bandlik
xodimni ijtimoiy mehnat taqsimotiga asoslangan aniq mehnat kooperatsiyasiga jalb etish
boʻyicha kishilararo munosabatlarni ifoda etadi. Bandlik turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar,
tashkilotlar va muassasalarda yollanib ishlash bilan cheklanmay, ayni paytda tadbirkorlikni, oʻzini
ish bilan mustaqil taʼminlash (oʻzicha bandlik)ni, shaxsiy tomorqa xoʻjaligidagi ishni, uy xoʻjaligida
band boʻlish va bolalarni tarbiyalash bilan shugʻullanish, davlat va jamoat vazifalarini bajarishni,
oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlarida kunduzgi oʻqishni ham oʻz ichiga oladi.
Bandlik toʻliq va toʻliqsiz boʻlishi mumkin. Toʻliq bandlik amalda mehnatga qobiliyatli aholining
90 — 92 % band boʻlishini nazarda tutadi. Bozor sharoitlarida toʻliq bandlik jamiyat darajasida
tabiiy
ishsizlikning
boʻlishini ham bildiradi. Toʻliq boʻlmagan bandlik aksariyat hollarda yashirin
koʻrinishga ega boʻlib, xodimlarni rasman band deb hisoblashni nazarda tutadi, amalda
xodimlardan qisqartirilgan ish vaqti davrida foydalanishni anglatadi.
Ikkilamchi bandlik amalda oʻrindoshlik boʻlib, xodimning qoʻshimcha ish haqi topish uchun ish
kuchini oʻzi asosiy band boʻlgan korxonaga (asosiy ishdan boʻsh vaqtlarda) taklif etishini
bildiradi. Oʻzicha bandlik (oʻziga ish topish) daromad manbai boʻladigan faoliyatni mustaqil
izlashni, davlatning turli darajadagi idoralari qoʻllab-quvvatlashi yordamida doimiy yoki
vaqtinchalik daromad olish uchun ish oʻrinlari barpo etishni nazarda tutadi. Oʻzicha bandlik
Toʻliq va toʻliqsiz bandlik
Ikkilamchi bandlik
aksariyat hollarda kichik biznes koʻrinishiga ega boʻladi va xodimlarning oʻz tashabbuslari bilan
turli isteʼmol tovarlari tayyorlash va xizmatlar koʻrsatish boʻyicha yakka mehnat faoliyati bilan
bogʻliq.
Oʻzbekistonda bandlik siyosati
bozor iqtisodiyotiga
oʻtishning birinchi bosqichida, yaʼni 1990-
yillarda shakllangan. Mamlakatda aholini ish bilan taʼminlash, insonni ishli boʻlish huquqlarini
roʻyobga chiqarish kafolatlari „Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida“gi qonunida (1992-yil 13-
yanvar; 1998-yil 1-mayda yangi tahrirda qabul qilingan) belgilab berilgan. Oʻzbekistonda bandlik
muammolari katta eʼtiborni talab etadi, chunki respublikada murakkab demografik vaziyat
mavjud, aholining tabiiy oʻsish surʼatlari yuqori, aholi tarkibida yoshlar koʻpchilikni tashkil etadi,
aholining koʻp qismi qishloqlarda yashaydi. 1998-yil Oʻzbekistonda mehnatga layoqatli aholining
33,9 % davlat sektori korxona va tashkilotlarida, 66,1 % esa nodavlat sektori obyektlarida,
jumladan xususiy xoʻjaliklarda (2,7 %) ish bilan band edi.
[1]
Bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida
mulkchilikning turli shakllari paydo boʻlishi tufayli nodavlat sektorida ishlovchilar soni ortib
bordi. Ularning bandligi 1994 — 96 yillarda 12 % ga ortdi. Mehnatga layoqatli aholining ish bilan
band boʻlmagan qismi ishsizlarni tashkil etadi.
Iqtisodiy izlanish markaziga
koʻra, hozirgi kunga kelib Oʻzbekistonning ish siyosati modeli oʻz
samarasini yoʻqotib bormoqda va mamlakatning mehnat bozorida murakkab vaziyat paydo
boʻlgan.
[2]
Birinchidan, yaratilgan ish oʻrinlari soni yetarli emas, yaratilgan ish oʻrinlarining aksari
boʻlsa barqaror emas. 1991-2011-yillarda aholining mehnatga layoqatli qismi ulushi 50% dan
61,1% ga oʻsdi. Shu vaqtning oʻzida mehnatga layoqatlilarning ish bilan band qismi ulushi 81,6%
dan 66,9% ga kamaydi. Bundan tashqari, ish oʻrinlarning beqarorligi oʻsib bormoqda: yaratilgan
yangi ish oʻrinlarining 30 % yoʻqotilmoqda.
Urbanizatsiya
jarayonining tezlashayotgani sabab
shahar mehnat bozorlarida keskinlik oʻsib bormoqda.
Ikkinchiddan, nokorporativ sohaning (individual mehnat faoliyati, uydagi mehnat va yuridik shaxs
statusiga ega boʻlgan korxonalardan tashqaridagi turli faoliyatlar) keng koʻlamda tarqalganligi
noustuvor oʻsish xavfini oshirmoqda.
[2]
Bunga sabab nokorporativ soha davlat byudjetiga
tushadigan soliqlarni kamaytirmoqda, pul va valyuta almashinishidagi disbalanslar
chuqurlashmoqda hamda mehnat aloqalari rasmiylashtirilmagani uchun mehnat kuchi sifati
pasaymoqda.
Uchinchidan, mamlakat mehnat siyosati mehnat samaradorligini sust ragʻbatlantirmoqda hamda
mehnat resurslarini yangi oʻsish nuqtalari boʻla oladigan tarmoqlarga samarasiz
Samarali bandlik
Oʻzbekistonda bandlik
yoʻnaltirmoqda.
[2]
Ilm va yuqori texnologiyali tarmoqlarda (maʼlumot xizmati, mashinasozlik,
mikrobiologiya) ishlayotganlar ish bilan band aholining atigi 1,5% ini tashlik qiladi. Hozirgi bandlik
sturkturasi va investitsiya siyosati sharoitida Oʻzbekistonda mehnat samaradorligini ikki marta
oshirish uchun taxminan 15 yil kerak boʻladi. Bu esa ishlab chiqarish rivojlangan mamlakatlar
bilan Oʻzbekiston orasidagi farqni kamaytirishni yanada mushkullashtiradi.
Aholi bandligini oshirish boʻyicha asosiy tadbirlar ish bilan band boʻlgan aholining tarkibiy jihatdan
qayta taqsimlash hamda mehnatga layoqatli yoshlarni yangi ilgʻor tarmoqdar va sohalarga jalb
qilish boʻlib, bu esa oʻz navbatida mehnat salohiyatidan samarali foydalanishning muhim zaxirasi
hisoblanadi. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligida barcha ijtimoiy ishlab chiqarish xodimlarining uchdan
bir qismidan koʻprogʻi band.
[1]
Ularning maʼlum qismini boʻshatib olish va iqtisodiyotning boshqa
sohalariga, eng avvalo, sanoatga va xizmat koʻrsatish sohasiga yoʻnaltirish, noqishloq xoʻjaligi
ish joylarini yaratish, mehnatni tashkil etishning ilgʻor uslublarini qoʻllash, oʻsmirlarni, koʻp bolalik
ayollarni, pensionerlarni va nogironlarni iqtisodiy ragʻbatlantiruvchi ish bilan taʼminlash, ishsizlikni
kamaytirish, mehnat birjalari faoliyatini yaxshilash kabi tadbirlar aholining ish bilan bandligini
oshirishga olib keladi.
1. Rahimova, Dilfuza (2000-2005). "Bandlik". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent.
2.
„Oʻzbekistonda bandlik: mushkulliklar va perspektivalar“ (http://www.cer.uz/upload/iblock/f15/onep
ager_sqxsfmkvaxdaxgoibh%20si%20elzemnklsvkfchzbifocrl_dythfrxrswtv%20cq%20osjoapztjjxujiptdi
bhmt_rus.pdf)
(ruscha). Iqtisodiy izlanish markazi (21 may). 3-sentabr 2013-yilda asl nusxadan
arxivlandi (https://web.archive.org/web/20130903075407/http://www.cer.uz/upload/iblock/f15/one
pager_sqxsfmkvaxdaxgoibh%20si%20elzemnklsvkfchzbifocrl_dythfrxrswtv%20cq%20osjoapztjjxujipt
dibhmt_rus.pdf)
. Qaraldi: 4-dekabr, 2014.
Arxivlandi (https://web.archive.org/web/201309030754
07/http://www.cer.uz/upload/iblock/f15/onepager_sqxsfmkvaxdaxgoibh%20si%20elzemnklsvkfchzbi
focrl_dythfrxrswtv%20cq%20osjoapztjjxujiptdibhmt_rus.pdf)
2013-09-03
Wayback Machine
saytida.
Mehnat statistikasi va mehnat statistikasi tushunchalari haqida qisqacha maʼlumot (http://w
ww.ilo.org/global/statistics-and-databases/statistics-overview-and-topics/lang--en/inde
x.htm)
,
Xalqaro mehnat tashkiloti
,
(ingl.)
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar
Havolalar
Soʻnggi tahrir 2 oy avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Bandlik&oldid=2917770
"
dan olindi
Dostları ilə paylaş: |