67
kredit olgan mijozning mol-mulkini garovga quyish yo‘li bilan, uchinchi
shaxs kafolati (ka
fi
lligi) yoki sug‘urta kompaniyalari kreditni sug‘urtalash
yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Kredit ma’lum maqsad uchun beriladi. Kreditning nima uchun berilganli-
gi kredit shartnomasida ko‘rsatiladi. Berilgan kreditni mijoz ana shu maqsad
uchun ishlatishi lozim. Kreditning maqsad bo‘yicha ishlatishini bank nazorat
qilib boradi. Agarda mijozning berilgan kreditni boshqa maqsadlar uchun
ishlatilganligi aniqlansa, kredit berish to‘xtatiladi va berilgan kreditni mud-
datidan oldin qaytarib olish choralari ko‘riladi.
Mijoz olingan kreditdan samarali foydalanishi lozim. Kreditdan samarali
foydalanib, mijoz nafaqat olgan kreditini foizi bilan (ma’lum haq bilan) qay-
tarishi, balki mijozning o‘zi ham faoliyatini rivojlantirishi natijasida daro-
mad (foyda) olishi kerak bo‘ladi. Shuning uchun ham kredit berishdan oldin,
bankning kredit bo‘limi mutaxassislari, mijoz taqdim qilgan ma’lumotlar
asosida, mijozning kreditni qaytarish (to‘lov) qobiliyatini hisoblaydi hamda
biznes-rejasini o‘rganadi.
Tijorat bank kreditlarini turli belgilari bo‘yicha tasni
fl
ash (guruhlarga
ajratish) mumkin.
Kredit nima maqsadda berilganiga qarab:
– kapital qo‘yilmalarga: binolarni va boshqa obyektlarni qurish, asbob-
uskunalarni sotib olish, asosiy vositalarni qayta qurish yoki qayta jihozlash,
kapital ta’mirlashga sar
fl
ash uchun;
– aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun. Bunda xomashyo, materiallar,
yoqilg‘i va boshqa joriy aktivlar sotib olish uchun sar
fl
anadi;
– muomala fondlarini to‘ldirish uchun. Bunday kreditlar tovarlarni sotib
olish, saqlash va sotish jarayonlarini amalga oshirish uchun sar
fl
anadi.
Kreditning berlishi va qaytarilish muddatlariga qarab:
Qisqa va uzoq muddatli kreditlarga bo‘linadi. Qisqa muddatli kreditlar bir
yil muddatgacha beriladi. Qisqa muddatli kreditlar tovar-moddiy boyliklarni
sotib olish va hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun beriladi. Bunday kre-
ditlarni aylanma mablag‘lari yetishmayotgan subyektlar oladi.
Uzoq muddatli kreditlar asosan kapital qo‘yilmalar uchun olinib, asosiy
vositalarni qurish, sotib olish, modernizatsiyalash uchun sar
fl
anadi. Bunday
kreditlar uch yildan ko‘proq muddatga beriladi.
Dostları ilə paylaş: