106
DT «Xalq banki»da joriy likvidlik koeffi tsiyenti 2007-yilda 2.4 punktga,
2008-yilda 2,3 punktga, 2009-yilda 3,2 punktga, 2010-yilda esa 2,5 punktga
va 2011-yilda 2,9 punktga oshgan.
OATB «O‘zsanoatqurilishbanki»ning joriy likvidlik koeffi tsiyenti tah-
lilining natijaridan xulosa qilish mumkinki, mazkur bank yuqori likvidli
hisoblanadi. Bu holatda omonatchilar va kreditorlarning manfaatlari har to-
monlama himoyalangan. Ammo, joriy likvidlik koeffi tsiyentining haddan
tashqari yuqori bo‘lishi bankda ortiqcha resusrlar muammosi mavjudligidan
dalolat beradi. Mazkur muammo daromadlilik darajasini pasaytiradi va bu
o‘z urinda mazkur bank aksionerlarining talabiga javob bermaydi. OATB
«O‘zsanoatqurilishbanki»da joriy likvidlik koeffi tsiyentining bunday tarzda
ko‘payib ketishiga asosiy sabab, kassa va boshqa kassa hujjatlari, O‘zR
MBdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisob raqamlarida haddan tashqari
pul mablag‘larini saqlashdandir. Jumladan, 2007-yilning 31-dekabr holatiga
kassa hisobraqamlarda – 5 889,0 mln so‘m, O‘zMBdan olinishi lozim bo‘lgan
hisobraqamlarda – 5 495,0 mln. so‘m; 2008-yil 31-dekabr holatiga kassada
– 20 569,2 mln. so‘m, O‘zMBdan olinishi lozim bo‘lgan hisobraqamlarda
– 9 927,7 mln. so‘m; 2009-yil 31-dekabr holatiga kassada – 16 150,2 mln.
so‘m, O‘zMBdan olinishi lozim bo‘lgan hisobraqamlarda-29 878,8 mln.
so‘m va hokazo.
Tahlilimizning to‘laqonliligini ta’minlash maqsadida biz bankning ak-
tivlari va majburiyatlari tarkibiga e’tibor qaratmog‘imiz lozim. Aktivlar va
majburiyatlar tarkibi hamda dinamikasini o‘rganish asosida ularni belgilan-
gan maqsadlarga erishish uchun tarkibiy o‘zgartirish to‘g‘risida asoslangan
qaror qabul qilishga zamin yaratadi.
8.3-jadval
Dostları ilə paylaş: