22
Bank tomonidan yil boshida berilgan kreditlar qoldig‘i 28,9 mlrd so‘mni
tashkil etgan bo‘lib, o‘sha holatga nisbatan 102 mln so‘m (berilgan kredit-
larning 0,4 %) ni muammoli kreditlar bo‘lgan, yil oxiriga kelib berilgan kre-
ditlar miqdori 8 mlrd so‘mga kamaygani holda 20,8 mlrd so‘mni tashkil qil-
gan, ammo bankning muammoli kreditlari miqdori 510 mln so‘m (yil oxiri-
dagi berilgan kreditlarning 2,4 %) bo‘lgan yoki 5 marta oshgan. Yil boshida
daromad keltirayotgan kreditlar jami daromad keltirayotgan aktivlarning
91.6 % ini tashkil qilgan bo‘lsa, yil oxiriga kelib bu ko‘satkich 43.9 %ga
kamaygani holda 49,5 ni tashkil qildi, demak, bankning yil boshida daromad
keltirayotgan kreditlari yil davomida o‘tkazilgan kredit monitoringi natijasi-
da kreditlarning sifat ko‘rsatkichlari pasaytirilgan, bu yil boshida daromad
keltirayotgan kreditlarning keyinchalik daromad keltirmasligi, foiz to‘lovlari
to‘lanmayotgandan muammoli kreditlar ko‘paygan bo‘lishi mumkin. Bu sal-
biy holatdir, bank yil davomida muammoli kreditlari ko‘payotganligi sababli
kredit berishni kamaytirgan bo‘lishi mumkin.
Bankning o‘tgan yil davomida olingan aktivlardan daromadlari eng sal-
moqlisi lizing operatsiyalaridan olingan daromad bo‘lgan. Yil boshida lizing
operatsiyalari 2 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, yil davomida 10 marta
(yoki 18,9 mlrd so‘mga) ko‘payib 20,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan. Ko‘rinib
turibdiki lizing operatsiyalaridan olingan daromad barqaror bo‘lganligi sa-
babli bank lizing operatsiyalarini eng asosiy daromad keltiruvi aktivlar si-
fatiga qaragan.
Bank yil boshida daromad keltiruvchi aktivlarining 91.6 % ini kredit
operatsiyalari tashkil qilgan. Ammo yil davomida bank daromad keltiruvchi
aktivlarini diversifi katsiya qilgani holda kredit operatsiyalarining ulushini
91,6 % dan 47,7 % ga kamaygan bo‘lsa, buning hisobiga lizing operatsiyalari
yil boshida 6,43 % dan 48,99 % ga oshgan.
2.3-jadval
Dostları ilə paylaş: