Bank haqida (/uz/about/)
Tender va tanlovlar (/uz/tenders/)
Bank tariflari (/uz/rates/)
Yangiliklar (/uz/news/)
Fuqarolarni qabul qilish (/uz/schedule/)
Andijonda “Intensiv usulda baliq etishtirish bo'yicha Xitoy tajribasi” mavzusida
respublika seminari bo'lib o'tmoqda.
4153
Nashr etilgan: 13 iyun, 2019
Ma'lumot
uchun:
(78) 150-
11-22
(tel:(78)
150-11-
22)
Aloqa
markazi:
1233
(tel:1233)
(https://t.me/ipotekabanko icial) (https://www.facebook.com/ipotekabanko icial)
(https://www.inst
hl=ru)
Maxsus
imkoniyatlar
(/uz/)
Kirish
Sayt orqali qidiruv
BANK
HAQIDA
(/UZ/ABOUT/)
TENDER VA
TANLOVLAR
(/UZ/TENDERS/)
BANK
TARIFLARI
(/UZ/RATES/)
YANGILIKLAR(/UZ/NEWS/)
FUQAROLARNI
QABUL QILISH
(/UZ/SCHEDULE/)
Prezidentimizning 2019 yil 16-17 may kunlari
А
ndijon viloyatiga tashrifi chogʼida viloyatda baliq yetishtirish hajmini koʼpaytirish, baliqchilik
sohasini rivojlantirish, mazkur yoʼnalishda ilgʼor xorijiy texnologiya va usullarni keng joriy etish, ilgʼor tajribalarni ommalashtirish hamda aholiga
tayyor va yarim tayyor baliq mahsulotlari yetkazib berishga ixtisoslashgan korxonalar faoliyatini yoʼlga qoʼyish boʼyicha bergan topshiriqlaridan
kelib chiqib tashkil etilgan seminarda “Oʼzbekbaliqsanoat” uyushmasi, uning hududiy boʼlimlari mutasaddilari, Qoraqolpogʼiston Respublikasi,
shuningdek, respublikamiz viloyatlarida faoliyat yuritayotgan hamda xorijiy mamlakatlardan taklif qilingan mutaxassislar, baliqchilik fermer
xoʼjaliklari rahbarlari,
А
TIB “Ipoteka-bank”, “Ipoteka-lizing”, “Ipoteka-sarmoyasi” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari vakillari, tadbirkorlar ishtirok
etdi.
Seminarda mamlakatimizda, xususan,
А
ndijon viloyatida mazkur yoʼnalishda amalga oshirilayotgan ishlar, yutuq va mavjud muammolar
atroflicha tahlil qilindi, xorijlik mutaxassislarning baliqchilikni rivojlantirishga oid maʼruzalari tinglandi, ishtirokchilar intensiv usulda baliq
yetishtirayotgan qator xoʼjaliklar faoliyati bilan bevosita tanishdi. Intensiv usulda baliq yetishtirishning Xitoy tajribasi haqida maʼlumotlar oldi.
А
ndijon viloyatida oʼtgan yili 12 ming tonna baliq yetishtirilgan boʼlsa, joriy yilda aholiga 15 ming tonna luqmai halol yetkazib berish
belgilangan. Taʼkidlash joizki, viloyatda baliqchilikni rivojlantirish, mazkur yoʼnalishdagi loyihalarni moliyalashtirish boʼyicha “Ipoteka-bank”
aktsiyadorlik tijorat ipoteka banki viloyat filiali tomonidan eʼtiborga molik ishlar olib borilmoqda.
Seminarda Germaniya, Pol
ь
sha, Frantsiya, Sloveniya singari xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan mutaxassislarning “Oʼzbekiston baliqchiligi
uchun Aller aqua kompaniyasi texnologiyasi asosida oqsilga boy omuxta yem ishlab chiqarishni rivojlantirish”, “Polsha ichki baliqchilik institutida
Osyotr baligʼi turini koʼpaytirishda turli tizimlarni qoʼllash usullari”, “Dabe” (Frantsiya) naslchilik xoʼjaligi tajribasi asosida Xon baliq turidan ikra
olishni yoʼlga qoʼyish”, “Karp oilasiga mansub baliq turini yetishtirishda presslangan ozuqa yemidan foydalanish” singari qator mavzulardagi
maʼruzalari tinglandi.
Shu oʼrinda baliqchilik yoʼnalishida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrifi chogʼida oʼtkazilgan majlis bayoniga tushgan
loyihalar boʼyicha 2019 yil davomida 208 ta mijozga 642,9 mlrd.soʼm kredit ajratish belgilangan boʼlib, shundan 204 ta loyihaga 603,5 mlrd.soʼm
milliy valyutada, 4 ta loyiha 4 629 ming
А
QSh dollari xorijiy valyutada beriladi.
Joriy yilning 1 iyun holatiga 322 ta loyihaga 236 mlrd.soʼmga kredit liniyalari ochilib, 164,1 mlrd.soʼm kredit mablagʼlari ajratildi. Bu koʼrsatkich
oʼtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 85,6 mlrd.soʼmga yoki 209 foizga koʼp demakdir.
Seminar bugun oʼz ishini yakunlaydi.
Internet-Bank xizmatiga onlayn
ariza
Savollar
Masofadan turib bank xizmatlaridan
foydalanish
«Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka banki
+998 (78) 150-11-22 (tel:(78) 150-11-22)
info@ipotekabank.uz (mailto:info@ipotekabank.uz)
100000, Toshkent sh. Shahrisabz ko'chasi, 30
Ish vaqti: soat 9:00 dan 18:00 gacha
Dam olish kunlari: shanba va yakshanba
Korrupsiya va manfaatlar toʼqnashuvi holatlari boʻyicha murojaat uchun:
+998(78) 150-36-99 (tel:+998(78) 150-36-99)
@Compliance_control_bot (https://t.me/Compliance_control_bot)
Tizimda qoidabuzarliklar boʻyicha murojaat uchun:
+998(78) 150-89-68 (tel:+998(78) 150-89-68)
whistleblowing@ipotekabank.uz (mailto:whistleblowing@ipotekabank.uz)
(/uz/)
© 2007 - 2023 Barcha huquqlar himoyalangan.
Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda veb-saytga havola qilish majburiy.
(http://www.uz/ru/res/visitor/index?id=47010)
Dostları ilə paylaş: |