87
transaktsiyalari, 23400- hukumat hisobraqamlari daromad va boshqa tushumlari,
23600-bank tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatbaho qog’ozlar, 29800-
boshqa majburiyatlar tarkibi o’rganilmog’i lozim bo’ladi.
Biz
tahlil
qilayotgan
bankda
mijozlarning
boshqa
depozitlari
mablag’alarining o’sishi asosan 22618 - jismoniy shaxslar plastik kartochkalari
bo’yicha majburiyat, 22600 - korporativ plastik kartochkalar bo’yicha
majburiyatlar, 23218 - Moliya Vazirligi Fondidan ajratilgan maqsadli mablag’lar,
23220 - Moliya Vazirligi maxsus Fondidan olingan mablag’alar, 23222 - Moliya
Vazirligining maqsadli mablag’lari hisobiga tashkil topgan . Bu holat hisobot
davrida plastik kartochkalar muammosi yo’lga qo’yilganligi va bank mijozlari
orasida Moliya Vazirligi qoshida tashkil etilgan qishloq xo’jaligini
moliyalashtirishi fondi mablag’laridan foydalanuvchi paxta va g’alla etishtiruvchi
fermer xo’jaliklarining ko’payganligini bildiradi.
Bank majburiyatlari tarkibida olingan qisqa muddatli kreditlarning o’sishi,
asosan bankning joriy likvidligi holatini yaxshilashdan iboratdir.
Xulosa qilib aytganda, bank keyingi yil uchun o’zining depozit siyosatini
ishlab chiqishda mijozlari tarkibini barqarorlashtirishga, jamg’arma va muddatli
depozitlar jozibadorligini oshirishga hamda uzoq muddat foydalanishi mumkin
bo’lgan muomalaga chiqariladigan obligatsiya va depozit sertifikatlarining
jozibadorligini oshirishga e’tibor qaratilmog’i lozim.
Dostları ilə paylaş: