104
-
Markaziy bankdagi vakillik va zaxira fondi hisobraqamlar qoldig’i.
Bank aktivlari hajmida daromad keltirmaydigan aktivlar salmog’ini yuqori
bo’lishi bankning resurslar bazasidan samarasiz foydalanilganini ifodalaydi.
Bankka daromad keltiruvchi va daromad keltirmaydigan
aktivlarni tahlil qilish,
ularning funktsiyalari iqtisodiy sharoitga bog’liq holda ular tarkibini o’zgartirib
turish
kerakligi
to’g’risida
xulosa
chiqarishga
imkon
bermoqda.
Iqtisodiy beqarorlik sharoitida faoliyatsiz aktivlarning ko’pgina qismi faoliyat
qilayotgan aktivlarning elementlariga aylanadi, ko’pincha bu valyuta va harakatsiz
aktivlarga tegishlidir. Bank o’zlarining balanslari strukturasini doimiy ravishda
uning daromadliligi nuqtai nazaridan tahlil qilib borishlari kerak.
“A” bankning 01.01.2016 yil holatiga daromad keltiruvchi aktivlarning jami
aktivlardagi ulushi;
daromad keltiruvchi aktivlar
__________________ x 100% = 31229 x100%=70,3%.
Jami aktivlar
44420
31365
01.01.2017 yil holatiga = ___________ x100% =69,5%.
45100
Daromad keltiruvchi aktivlarning bank aktivlaridagi ulushi yil davomida 0,8
foizgi kamaygan. Bankning daromad keltiruvchi
aktivlaridan past daromad
keltiruvchi lekin nisbatan past riskga ega bo’lgan davlat qisqa muddatli
obligatsiyalari yil davomida o’zgarmagan. Yil boshida 55 mln so’m so’m qoldig’i
bo’lib, yil ohiriga kelib bu qiymat o’zgarmagan. Biroq aktivlarning ulushidagi
qiymati 0.05 %ga kamaygan.
Qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar hajmi esa yil boshidagi 342
mln. so’mdan yil ohiriga borib 22 mln. so’mga kamayib 320 mln. so’mni tashkil
qilgan, bu ikki holat bilan izohlasa bo’ladi, birinchidan
bank yil davomida
yo’lantirilgan investitsiyalarni miqdorini qimmati qog’ozlarni sotib olishni
kamaytirish hisobiga kamaytirgan yoki ikkinchidan, qimmatli qog’ozlarga
105
yo’lantirish kerak bo’lgan mablag’larni yuqori daromad keltiruvchi aktivlarga yoki
likvidligni ta’minlash maqsadida vaqtincha saqlab turgan bo’lshi
hisobiga
kamaygan bo’lishi mumkin.
Sotib olingan kreditorlik qarzlari ham yil davomida 18 mln. so’mdan
umuman yo’qotilgan. Demak, yil davomida bank tomonidan o’tgan yil qoldig’i
asosida qolgan mablag’larni undirish bilan shug’ullangan, ehtimol bank undirish
vaqtida kechgan qiyinchiliklarni undan kelgusida kelishi mumkin bo’lgan
daromadga almashtirmagan, demak bank yil davomida kreditorlik qarzlarini
sotib
olmagan.
Bank tomonidan yil boshida berilgan kreditlar qoldig’i 28,9 mlrd so’mni
tashkil etgan bo’lib, o’sha holatga nisbatan 102 mln so’m (berilgan kreditlarning
0,4 %) ni muammoli kreditlar bo’lgan, yil oxiriga kelib berilgan kreditlar miqdori
8 mlrd so’mga kamaygani holda 20,8 mlrd so’mni tashkil qilgan, ammo bankning
muammoli kreditlari miqdori 510 mln so’m (yil oxiridagi berilgan kreditlarning
2,4 %) bo’lgan yoki 5 marta oshgan. Yil boshida daromad keltirayotgan kreditlar
jami daromad keltirayotgan aktivlarning 91.6 % ini tashkil qilgan bo’lsa, yil
oxiriga kelib bu ko’satkich 43.9 %ga kamaygani holda 49,5 ni tashkil qildi, demak,
bankning yil boshida daromad keltirayotgan kreditlari yil davomida o’tkazilgan
kredit monitoringi natijasida kreditlarning sifat ko’rsatkichlari pasaytirilgan, bu yil
boshida daromad keltirayotgan kreditlarning keyinchalik daromad keltirmasligi,
foiz to’lovlari to’lanmayotgandan muammoli kreditlar ko’paygan bo’lishi mumkin.
Bu salbiy holatdir, bank yil davomida muammoli kreditlari ko’payotganligi sababli
kredit berishni kamaytirgan bo’lishi mumkin.
Bankning 2010-yil davomida olingan aktivlardan daromadlari eng salmoqlisi
lizing operatsiyalaridan olingan daromad bo’lgan. Yil boshida lizing operatsiyalari
2 mlrd so’mni tashkil qilgan bo’lsa, yil davomida 10 marta (yoki 18,9 mlrd
so’mga) ko’payib 20,1 mlrd so’mni tashkil qilgan. Ko’rinib
turibdiki lizing
operatsiyalaridan olingan daromad barqaror bo’lganligi sababli bank lizing
operatsiyalarini eng asosiy daromad keltiruvi aktivlar sifatiga qaragan.