Bank hisobi va audit


chunki birlamchi buxgalteriya operatsiyalari Yordamchi kitobda aks etiriladi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/185
tarix21.09.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#146442
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   185
Bank hisobi va audit

chunki birlamchi buxgalteriya operatsiyalari Yordamchi kitobda aks etiriladi. 
Yordamchi kitobdagi hisobvaraqlar guruhi har bir alohida operatsiya bo‘yicha 
o‘tkazilgan summalar haqida kerakli axborot beradi. Yordamchi kitob 
hisobvaraqlariga nisbatan olganda Bosh kitob hisobvaraqlari nazorat hisobvaraqlari 
vazifasini bajaradi. Yordamchi kitoblardagi yakuniy summalar har kun oxirida, 
shuningdek, oy oxirida yangi oyning birinchi kundagi holatiga ko‘ra ularning Bosh 
kitobdagi nazorat yakunlari balansi bilan bir xil chiqish lozim. Bosh kitob nazorat 
hisobvaraqlarning ma’lumotlari Yordamchi kitobdagi tegishli hisobvaraqlar 
yakuniy summalari bilan taqqoslanadi. Agar dastlabki yozuvlarda xatolarga yo‘l 
qo‘yilmagan bo‘lsa, Bosh kitob va Yordamchi kitob summalari teng chiqadi.


40 
Hozirgi kunda ko‘pgina tijorat banklari mijozlarga “so‘mda yuritiladigan 
hisobvaraqlar bilan bir qatorda xorijiy valutadagi operatsiyalar hisobini yuritish
maqsadida xorijiy valutadagi hisobvaraqlarni ochishlari mumkin. Xorijiy 
valutadagi operatsiyalar bo‘yicha Bosh va Yordamchi kitoblar har bir valuta turi 
bo‘yicha alohida yuritiladi.
Bosh kitob bo‘yicha kodlash tizimi besh xonali bo‘lishi belgilangan. Dastlab 
aktiv hisobvaraq kodlari toq, passiv hisobvaraqlarning kodlari esa juft sonlardan 
iborat qilib belgilangan edi. Bu tartib osonroq qabul qilish va eslab qolish uchun 
ko‘zda tutilgan edi. Lekin yangi hisobvaraqlar kiritilishi munosabati bilan bu tartib 
bir oz o‘zgardi. Balans hisobvaraqlarida hisob takrorlanadigan yozuv usulida 
yuritiladi. Operatsiyalar ular bo‘yicha mablag‘lar harakatlangan kundan qat’iy 
nazar bajarilgan kuni buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Yordamchi kitoblarda buxgalteriya operatsiyalari batafsil va to‘liq aks 
ettiriladi. Yordamchi kitoblarning shakli va turlari har bir bank tomonidan mustaqil 
belgilanadi. 
Bosh kitob va Yordamchi kitob hisobvaraqlarida hisob operatsiyalari albatta 
ikkiyoqlama yozuv qoidasiga amal qilgan holda qayd etish yoki ushbu 
hisobvaraqlar bilan korrespondensiya bo‘lgan hisobvaraqlar raqamlari ko‘rsatilishi 
shart.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin