66
Debet
20210 - “Davlat korxona, tashkilot va muassasalarining talab
qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘i”
Kredit
10103 - “ Bankning Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i”
Balans ichidagi hisobvaraqlar bo‘yicha bajarilgan ushbu buxgalteriya
yozuvlaridan avval balansdan tashqari ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlar
bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari bajariladi, 1-kartotekadagi to‘lov talabnomasining
o‘zi kartotekadan olinadi va hisobdan chiqariladi:
Debet 96319 “To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha
kontr. hisobvaraq”
Kredit 90962 “To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari”
Bu buxgalteriya yozuviga qarama-qarshi bo‘lgan yozuv to‘lov talabnomasini
1-kartotekaga qabul qilingan paytda bajariladi, ya’ni to‘lov talabnomasining 1-
kartotekaga kirim qilinganligi bildiradi. Yuqoridagi buxgalteriya yozuvi esa
talabnomaning kartotekadan olinganligini bildiradi.
To‘langan talabnoma elektron to‘lovlar tizimi yordamida Markaziy bank
qoshidagi Hisob Markazi orqali mahsulot sotuvchi bankiga o‘tkaziladi.
Talabnomaning ushbu nusxasi bankning kundalik hujjatlar yig‘majildiga tikiladi va
belgilangan tartibda saqlanadi.
To‘lov o‘tkazish bo‘yicha quyidagi buxgalteriya yozuvi bajariladi:
Debet
Mahsulot sotib oluvchining depozit hisobvarag‘i
Kredit
Tijorat bankining vakillik hisobvarag‘i
Dostları ilə paylaş: