«bank ishi va auditi» fakulteti «Bank ishi va auditi» kafedrasi



Yüklə 344,6 Kb.
səhifə9/15
tarix13.04.2023
ölçüsü344,6 Kb.
#97230
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Xisobot

To‘lov topshiriqnomalari bilan tovarlar (ishlar, xizmatlar), soliqlar va yig‘imlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirilishi mumkin.
Soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomalari soliq to‘lovchilarning O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytidagi shaxsiy kabineti orqali taqdim etilishi mumkin.
Mijozning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar, mijozning soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha taqdim etgan to‘lov topshiriqnomalari bank tomonidan ijro uchun qabul qilinadi.

-------------------------------------------------------------------------------------------------------------------




Mijozning hisobvarag‘ida yetarli mablag‘ bo‘lmagan taqdirda, bank tomonidan mijozning soliqlar va yig‘imlar bilan bog‘liq to‘lov topshiriqnomalari 2-son kartotekada hisobga olinadi va mablag‘larning yetarli bo‘lgan qismi doirasida qisman to‘lov amalga oshiriladi, bunda to‘lov topshiriqnomasining orqa tomonida qisman to‘lov amalga oshirilgan sana, to‘langan summa va qoldiq ko‘rsatiladi hamda imzo qo‘yiladi. To‘lov topshiriqnomasidagi summaning qolgan qismi mablag‘larning kelib tushishiga qarab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi.Mijozning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmagan taqdirda, soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomalari 2-son kartotekaga kirim qilinadi hamda mablag‘larning kelib tushishiga qarab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi.
Mijoz tomonidan soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomalari tegishli soliq organining yozma yoki elektron shakldagi murojaati hamda sud qarori asosida 2-son kartotekadan chaqirib olinishi mumkin.
To‘lov topshiriqnomasining “Hujjat sanasi” grafasidagi sana u bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo‘lishi kerak, ular mos kelmagan taqdirda, to‘lov topshiriqnomasi bank tomonidan ijro uchun qabul qilinmaydi
Agar valyutalash sanasi dam olish kuniga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, benefitsiarning banki valyutalash sanasi deb belgilangan kundan keyingi birinchi ish kunida pul mablag‘larini benefitsiarning bank hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
Mijoz pensiyalar, alimentlar va boshqa to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha mablag‘larni o‘tkazishga asos bo‘lgan to‘lov topshiriqnomalarini barcha zarur hujjatlar
(ma’lumotnomalar, o‘tkazmalar ro‘yxati va boshqalar) bilan birga, ushbu to‘lovlarni amalga oshiruvchi tashkilot yoki bankka taqdim etadi.
Ushbu hujjatlar bankka mijoz bilan tuzilgan shartnomada belgilangan shakllarda taqdim qilinishi mumkin.
To‘lov talabnomasi mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘idan unda ko‘rsatilgan summani to‘lash to‘g‘risidagi mablag‘larni oluvchining talabi nazarda tutilgan to‘lov hujjati hisoblanadi.
To‘lov talabnomasi faqat asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga taqdim etilishi mumkin, bundan chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlariga taqdim etiladigan to‘lov talabnomalari mustasno.
To‘lov talabnomasi tovarlar (ishlar, xizmatlar), shuningdek mablag‘larni oluvchi hamda to‘lovchi o‘rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha taqdim etilishi mumkin.
To‘lov talabnomalari quyidagi turlarga bo‘linadi: akseptli to‘lov talabnomasi, unga muvofiq to‘lov talabnomasida nazarda
tutilgan to‘lovlar mablag‘larni to‘lovchi tomonidan akseptlanganidan keyin amalga oshiriladi;

Qog‘oz shakldagi to‘lov topshiriqnomalari bankka ikki nusxada taqdim qilinadi.


Bunda to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, to‘lov topshiriqnomasining:
birinchi nusxasi bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi; ikkinchi nusxasi mablag‘larni to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmaga
ilova qilingan holda mablag‘larni to‘lovchiga taqdim qilinadi.
Tizimdan foydalanuvchilardan umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari orqali olingan elektron shakldagi to‘lov topshiriqnomasi dasturiy nazoratdan o‘tkaziladi va qayta ishlash uchun uzatiladi. Elektron shakldagi to‘lov topshiriqnomasi to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng, ro‘yxat ko‘rinishida chop etiladi va bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.Mablag‘larni to‘lovchining banki tomonidan ijro etilgan to‘lov topshiriqnomasining nusxasini mablag‘larni to‘lovchiga uning shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmaga ilova qilgan holda taqdim etish tartibi mijoz va bank o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.Mablag‘larni oluvchining bankiga to‘lov tizimi orqali kelib tushgan elektron shakldagi to‘lov topshiriqnomalari ro‘yxat ko‘rinishda chop etiladi va bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.Mablag‘larni oluvchining bankiga to‘lov topshiriqnomasi kelib tushganligi haqida mablag‘larni oluvchiga xabar berish hamda to‘lov topshiriqnomasining nusxasini mablag‘larni oluvchiga uning shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmaga ilova qilgan holda taqdim etish tartibi mijoz va bank o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.

Yüklə 344,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin