6. Bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti bo‘yicha hisobotni rasmiylashtirish tartibi
Bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti tugashi bilan talaba 3 kun ichida amaliyot davrida o‘rgangan mavzular bo‘yicha umumiy xususiyatga ega bo‘lgan va o‘zida barcha bajarilgan ishlarni qamrab oladigan hisobotni «Bank ishi» kafedrasiga taqdim etadi. Hisobot A4 formadagi oq varaqning bir tomoniga qo‘lyozma shaklida (kamida 1 betda 25 satr bo‘lgan holda 30-40 bet) husnixat bilan yoki kompyuterda (Times New Roman, 14 shriftida, 1,5 interval bilan 15-20 bet) bosma holda yozilishi talab etiladi. Hisobotga jadvallar hamda tegishli diagramma va rasmlar kiritiladi. Tegishli hujjatlarining nusxalari hisobot oxirida ilova qilinadi. Hisobot kafedraga hisobot himoyasini o‘tkazish muddatidan 5 kun oldin o‘qituvchi ilmiy rahbariga ro‘yxatdan o‘tkazilishi orqali tekshirish va taqriz yozish uchun topshiriladi.
Hisobotlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha mas’ul shaxs kafedra kabinet mudirasi hisoblanadi.
Hisobotga nisbatan berilgan taqrizda hisobotning yutuq va kamchiliklari ko‘rsatilishi, uni tuzatish muddatlari (agarda shunday muammoga duch kelinsa) ko‘rsatiladi. Taqriz oxirida tegishli baho berilib himoyaga qo‘yish (yoki qo‘yilmasligi) ko‘rsatib o‘tiladi.
Talaba tomonidan tayyorlangan hisoboti himoyaga qo‘yilmasin deb baholansa, unda talaba hisobotini ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilish bilan qayta to‘ldiradi va ikkinchi bor taqrizga beradi.
Talaba hisobotiga nisbatan ijobiy taqriz berilgan taqdirda talaba tasdiqlangan jadval asosida malakaviy amaliyot hisobot himoyasiga tayyorgarlik ko‘radi va himoya qiladi.
Ilova – 1
Dostları ilə paylaş: |