Bazel akkordlari
BCBS Bazel akkordlari deb nomlanuvchi juda ta'sirli siyosat bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqdi. Bular majburiy emas va ijro etilishi uchun milliy siyosatchilar tomonidan qabul qilinishi kerak, ammo ular asosan qo'mita va boshqa mamlakatlarda banklarning kapitaliga bo'lgan talabning asosini tashkil etdi.
Birinchi Bazel akkreditivlari yoki Bazel I 1988 yilda yakunlandi va G10 mamlakatlarida, ma'lum darajada, 1992 yilga qadar amalga oshirildi. U banklarning kredit xavfini xatarlarni hisobga olingan aktivlar asosida baholash metodologiyasini ishlab chiqdi va kapitalning minimal talablarini e'lon qildi. moliyaviy inqiroz davrida banklarni to'lov qobiliyatiga ega bo'lish.
2004 yilda Bazel I ni Bazel II ta'qib qildi, bu 2008 yildagi moliyaviy inqiroz paytida amalga oshirilayotgan edi.
ad
Bazel III inqirozga olib kelgan deb hisoblangan xavflarni hisoblashlarni tuzatishga harakat qilib, banklardan o'z aktivlarining yuqori foiz stavkalarini ko'proq likvid shakllarda ushlab turishni va o'zlarini qarz olishdan ko'ra ko'proq aktsiyalardan foydalangan holda moliyalashtirishni talab qildi.Dastlab 2011 yilda kelishilgan va 2015 yilga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi, ammo 2017 yil dekabridan boshlab bir nechta munozarali masalalar bo'yicha muzokaralar davom etmoqda. Bularning biri, banklarning o'z aktivlari xavfini o'zlarining baholashlari regulyatorlardan farq qilishi darajasi; Frantsiya va Germaniya banklar va regulyatorlarning tavakkalchilikni baholash o'rtasidagi katta tafovutlarga toqat qiladigan pastki "chiqish qavatini" afzal ko'rishadi. AQSh polning baland bo'lishini xohlaydi.
1.3. Bank ichki nazoratini tashkil etish tamoyillari va xorij tajribasi
Keyingi yillarda jahon iqtisodiyotida ro’y bergan muhim o’zgarishlar,
avvalo
dunyodagi
xo’jalik aloqalari mustahkamlanganligi va yanada
rivojlanganligi, bank biznesi globallashganligi, tijorat banklari faoliyati doirasi
kengayganligida namoyon bo’ladi. Bu esa o’z-o’zidan tijorat banklarida
nazoratni, xususan, ichki nazoratni amalga oshirish zarurligini, uning sifati va
ko’lamini kengaytirish kerakligini keltirib chiqaradi.
Dunyodagi ko’pgina rivojlangan davlatlarda banklar, shuningdek boshqa moliya
tashkilotlarining faoliyatlari turli darajada nazorat qilib boriladi. Rivojlangan
bozor iqtisodiyoti sharoitidagi mamlakatlarda ham bank-moliya sektori jiddiy
ravishda nazorat qilinadi va tartibga solinadi. Bu erda, banklarni tartibga solish
yuzasidan jahonda umumiy qabul qilingan tamoyillar va qoidalar har bir
mamlakatda aniq vaziyat tahlilini hisobga olgan holda qo’llaniladi.
XX
asrning
oxirlariga
kelib
xalqaro
moliya
bozorlarida
globalizatsiyaning kuchayishi mamlakatlarning iqtisodiy rivojiga ijobiy ta’sir
ko’rsatdi. Bunda bank ishining baynalmilallashuvi natijasida tijorat banklari
faoliyatini tartibga solish tizimi xalqaro tavsif ola boshladi. Bank nazoratining
zarurligi 1975 yilga kelib Evropa ittifoqi, AQSh, Kanada, Yaponiya kabi
davlatlarda o’z aksini topdi. Natijada bank nazorati bo’yicha xalqaro tashkilot
"Bazel qo’mita" vujudga keldi. Shu yilga kelib banklar faoliyatini tartibga
solishning muhimligi hayotda o’z isbotini topgan.
Nazorat deganda tijorat bank o’z faoliyatini yo’riqnoma va qonunchilikka
asosan yuritishini vakolatli davlat organi tomonidan uzluksiz nazorat qilinishi
tushuniladi.
Ichki nazoratni samarali tizimini nazorat organlarining talablariga
muvofiq ishlab chiqish jarayonida banklar uni tashkil qilishda aniq maqsad va
tamoyillar asosida kelib chiqishi lozim. Ichki nazorat tizimini tashkil etishning
asosiy maqsadi bank rahbariyatini ishonchli axborotlar bilan ta’minlash, aktiv va
hujjatlarni saqlash, bankning turli faoliyat jabhalarini samaradorligi, bankda
amaldagi hisob tizimining hisob tamoyillariga muvofiqligidan iboratdir.
26
Bank ichki nazorati quyidagilarni tashkil etish maqsadida tuzilgan tashkilot
rejasi va barcha muvofiqlashtirilgan uslub va choralardan iborat bo’lishi kerak:
1) o’z aktivlari butligini ta’minlash;
2) hisobot ma’lumotlarining aniqligi va ishonchliligini tekshirish;
3) operatsiyalar samaradorligiga ko’maklashish;
4) hisob yuritish siyosatiga rioya etilishiga yordamlashish.
Ichki nazorat tizimi bankning kundalik faoliyati ustidan nazoratni amalga
oshirishga oid boshqarish mexanizmi bo’lib, u quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- boshqarish siyosati va tartibi;
- majburiyatlarning taqsimlanishi;
- vakolatlar;
- tekshirishlar tartibi;
- kundalik operatsiyalar ustidan nazoratni olib borish va ular hisobini
yuritish;
- harajatlarni nazorat qilish.
Ichki nazorat tizimi ustidan muntazam nazoratni olib borish va uni
takomillashtirish rahbarlar majburiyatidir. Nazorat tartiblari uchun javobgar
xodimlar bevosita rahbariyatga hisobot berishlari lozim.
Har bir tarkibiy tuzilma o’zi amalga oshirayotgan operatsiyalar ustidan
ichki nazoratni olib borishi shart bo’lib, bunday nazorat mas’ul ijrochilardan
tortib tuzilma boshlig’igacha barcha xodimlarning lavozim majburiyatlariga
kirishi lozim. Aktsiyadorlar ham bank Kengashi va taftish komissiyasi orqali o’z
ichki nazoratlarini amalga oshiradilar.
Ma’muriy nazorat - bu bankning puxta o’ylangan tashkiliy tuzilmasining
tasniflangan va aniq taqsimlangan vakolat va majburiyatlari, qaror qabul qilish
va ular bo’yicha hujjatlarni rasmiylashtirish tartibining (bunga muayyan
operatsiyalar bo’yicha vakolatlar berishga doir qaror qabul qilish ham kiradi)
birligidir.
Buxgalteriya nazorati aktivlarning saqlanishini va moliyaviy hisobotlarning
ishonchliligini ta’minlashga yo’naltirilgan, muayyan tarzda shakllantirilgan
27
hujjat va hisobotlarni yuritish tarkibi va tizimi bo’lib, shu bilan birga ular
quyidagilar bo’yicha asoslangan ishonch hosil qilishga yo’naltirilgan:
- Barcha operatsiyalar rahbariyat tomonidan berilgan vakolatlar doirasida
amalga oshirilmokda.
-
Bank
operatsiyalarining
hujjatlarda
belgilangan
buxgalteriya
tamoyillariga mos tarzda aks ettirilishi aktivlar hisobini aniq yuritish imkonini
ta’minlamokda.
- Xodimlarning aktivlar bilan ishlashiga ruxsat rahbariyat tomonidan
berilgan vakolatlar doirasida amalga oshirilmokda.
Aktivlarning moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan qiymati muntazam
ravishda (samarali nazoratni amalga oshirish mumkin bo’lgan tarzda) haqiqatda
mavjud bo’lgan aktivlar qiymati bilan solishtiriladi va aniqlangan har bir
tafovutlar bo’yicha o’z vaqtida choralar ko’riladi.
Biron bir shaxs tomonidan yo’l qo’yilgan jiddiy kamchilik qisqa vaqt
ichida aniqlangan takdirda ichki nazorat samarali hisoblanadi.
Ichki nazoratning zaruriy darajasiga erishish uchun bankda quyidagi asosiy
tamoyil va uslublar mavjud bo’lishi kerak:
- Samarali tashkiliy tuzilma.
- Tegishli yo’nalishdagi buxgalteriya siyosati va uslublari.
- Aktivlarning saqlanishiga oid zaruriy uslublar.
- Ichki auditning samarali dasturi.
Bank Kengashi bank strategiyasi va siyosatini ishlab chiqish, shuningdek
bank rahbariyati tomonidan zarur choralarini qabul qilish jarayonlarini nazorat
qilishga doir tadbirlar bo’yicha ham mas’uldir. Bankning tashkiliy tuzilmasi
bank rahbariyatining huquqlari, bo’ysunish tartibi va hisobdorlikni aniq
ifodalashi kerak. Bank Kengashining tegishli ko’rsatmalarida xodimlar vakolati
doirasi aniq ko’rsatilishi va ular lavozim tavsifnomalariga kiritilishi kerak.
Masalan, kreditlash limiti, investitsiyalar va qimmatbaho kog’ozlar savdosiga
doir huquqlar shular jumlasidandir. Xodimlarning majburiyatlari (vazifalari)
shunday taqsimlanishi kerakki, bir shaxs bir operatsiyani boshidan oxirigacha
28
bir o’zi bajarmasin. (Masalan, kredit bo’limining xodimi kredit bo’yicha
beriladigan mablag’larni ajratishda yoki hisobvaraqqa qabul qilishda ishtirok
etmasligi kerak; to’lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo’lgan shaxs
bankning vakillik hisobvarag’i bo’yicha operatsiyalarini bajarmasligi shart;
yakunlovchi balansni tuzuvchi shaxs boshlang’ich hujjatlar bilan ishlamagan
bo’lishi kerak).
- Bank xodimlari bilan olib borilayotgan siyosat quyidagilarni ta’minlashi
kerak:
a) ogohlantirilmasdan turib xodimlarning majburiyatlarini almashtirish;
b) xodimlarning ish samarasini va malakasini oshirish maqsadida xodimlar
majburiyatlarini o’zgartirish muddatini uzaytirish;
v) barcha xodimlar, shu jumladan, rahbar xodimlar ham ikki haftadan kam
bo’lmagan muddatga (masalan, ta’til paytida) o’zlari bajarib turgan
vazifalaridan ozod etilsalar, boshqa xodimlar ularning ishlarini bajarishlari
to’g’risidagi talabga rioya qilishlari lozim.
Bank ichki nazorati tizimi nomuvofiqliklarni tezda aniqlash imkoniyatini
beruvchi uslublarni o’z ichiga qamrab olishi kerak. Barcha operatsiyalar
o’rindoshlik bo’yicha majburiyati bo’lmagan yuqori malakali shaxslar
tomonidan amalga oshirilishi kerak. O’z majburiyatlarini bajarayotgan xodimlar
etarli vaqtga, malakaga va bilimga ega bo’lishlari kerak. Barcha banklarda
buxgalteriya hisobini yuritish qabul qilingan buxgalteriya va bank tamoyillariga
to’g’ri kelishi kerak. Bankning hujjatlari va hisoboti uning real holatini aks
ettirishi va operatsiya natijalarini to’g’ri ko’rsatishi kerak.
Bankning buxgalteriya tizimi kamida quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:
- Kundalik, oddiy operatsiyalarni amalga oshirish bo’yicha buxgalteriya
yo’riqnomalari va qo’llanmalarining mavjudligi.
- Har qanday sanada bankning moliyaviy holatini aniqlash imkonini
ta’minlash maqsadida har bir bank operatsiyasini batafsil qayd qilish kerak.
29
- Ilova hisobvaraqlar, masalan depozitlar, kreditlar, qimmatli kog’ozlar va
chet el valyutasi bilan bog’liq operatsiya bo’yicha ilova hisobraqamlar balans
hisobotidagi nazorat raqamlari bilan solishtirilishi kerak.
- Hisob yuritish va yozuvlar tizimi bankning har bir operatsiyasini bank
daftarlari(registrlari)dan o’tkazish imkonini berishi kerak.
- Hisoblarni taqqoslash ishlari doimiy ravishda bevosita shu hisoblar
bo’yicha operatsiyalarni bajarmaydigan va ular bo’yicha yozuv kiritmaydigan
xodimlar tomonidan olib borilishi kerak.
Aktivlar butligini saqlashning asosiy usuli bu - ular bilan bog’liq
operatsiyalarni bajarish bo’yicha vakolat doirasini belgilash va aktivlardan
foydalanuvchi ma’lum bir guruh xodimlar huquqlari sonini cheklashdir.
Masalan: Nakd pul bilan bog’liq operatsiyalarni bajaradigan xodimlar
o’zlarining vakolatlari doirasida faoliyat yuritishlari kerak. Bunda ularning
vakolatlari bankning ichki siyosatida o’z aksini topgan bo’lishi kerak.
Xalqaro hisob-kitoblar banki qoshida tashkil etilgan bank nazorati
bo’yicha Bazel qo’mitasi dastlab katta o’nlik davlatlari (G10)
*
Markaziy
banklari Prezidentlari tomonidan 1974 yilda Bazel shahrida tashkil etilgan. 2009
yildan esa barcha katta yigirmalik davlatlari (G20) uning ishtirokchilari
hisoblanadi. Bazel qo’mitasi a’zolari bir yilda 4 marta yig’ilishadi. Qo’mitaning
asosiy vazifasi bank sohasini doimiy boshqarish va nazorat qilish bo’yicha
yagona standartlar ishlab chiqishdan iborat. Shu maqsadda Qo’mitaga a’zo
davlatlarning boshqaruv organlari uchun ko’rsatma va tavsiyalar ishlab
chiqariladi.
Bazel qo’mitasining asosiy hujjatlari quyidagilar hisoblanadi:
samarali bank nazoratining asosiy tamoyillari (1997 yil, 2006 yilda
qayta ko’rib chiqilgan);
Bazel I kelishuvi (1988 yil);
kapitalning etarliligi bo’yicha yangi kelishuv (Bazel II, 2004 yil);
*
Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Gollandiya, AQSh, Frantsiya, Shveytsariya, Shvetsiya,
Yaponiya
30
Bazel III kelishuvi (2010 yil sentyabr)
Har bir kelishuv oldingisini o’zida namoyon etadi va unga qo’shimcha va
yangiliklarni o’z ichiga oladi.
Bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi 1998-yili “Kredit tashkilotlarida
ichki nazorat tizimini shakllantirishning umumiy asoslari” nomli dokladida ichki
nazoratni tashkil qilishning umumiy tamoyillarini ko’rsatib berdi. Ushbu
tamoyillarga qisqacha to’xtalib o’tamiz. Ichki nazorat 5 o’zaro bog’liq
elementdan tashkil topadi:
1. Administrativ nazorat va amallar
2. Risklarni aniqlash va baholash
3. Majburiyatlarni chegaralash va nazorat qilish
4. Ma’lumot va aloqa
5. Monitoring va kamchiliklarni bartaraf qilish
I. Administrativ nazorat va amallar
1-tamoyil: Bank Kengashi bank operatsion faoliyatining umumiy
strategiyalarini tasdiqlash va davriy kuzatib borish uchun mas’uldir, ayniqsa,
bankning umumiy yo’naltirilgan siyosatini; shuningdek, yuqori lavozimdagi
shaxslar tomonidan ichki nazorat tizimining samaradorligini monitoring
qilinishini ta’minlash. Umuman kengash samarali ichki nazorat mexanizmi
yaratilishi uchun javobgardir.
2-tamoyil: Yuqori lavozimli xodimlar Kengash tomonidan belgilangan
strategiya va siyosatni amalga oshirilishi bo’yicha javobgardir. Ushbu xodimlar
kengash tomonidan berilgan samarali ichki nazorat tizimini yaratish bo’yicha
mas’uliyatni o’z zimmasiga oladi.
3-tamoyil: Kengash va yuqori lavozimli xodimlar tashkilot doirasida
o’rnatilgan amallarni va har bir xodimning o’z vazifa majburiyatlarini vijdonan
bajarishi bilan bog’liq ahloqiy standartlarni shakllantirishiga yordam berishi
kerak.
II. Risklarni aniqlash va baholash
31
4-tamoyil: Samarali ichki nazorat tizimi bank tomonidan qo’yilgan
maqsadlarga erishishda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan risklarni doimiy asosda
aniqlashi va baholashi shart. Bunday baholash bank duch kelishi mumkin
bo’lgan barcha risklarni qamrab olishi kerak.
III. Majburiyatlarni chegaralash va nazorat qilish
5-tamoyil: Nazorat bank kundalik faoliyatining ajralmas tarkibiy qismi
bo’lishi kerak.
6-tamoyil: Samarali ichki nazorat tizimi uchun majburiyatlarni chegaralash
va
manfaatlar
to’qnashuvi
bilan
bog’liq
javobgarlikni
xodimlarga
yuklanmasligini ta’minlash talab qilinadi.
IV. Ma’lumot va aloqa
7-tamoyil: Samarali ichki nazorat tizimi uchun ichki moliyaviy hisobotlar,
operatsion faoliyat va o’rnatilgan tartiblarga amal qilinishi, shuningdek qaror
qabul qilish uchun zarur bo’lgan tashqi ma’lumotlar haqida etarli hajmda ko’p
tomonlama ma’lumotlar bo’lishi talab etiladi. Ma’lumot ishonchli, o’rinli va
etarli darajada bo’lishi kerak.
8-tamoyil: Ichki nazorat tizimining samaradorligini oshirish uchun bank
faoliyatining barcha muhim ko’rinishlarni qamrab oluvchi zaruriy ma’lumotlar
tizimlari tarqatilishini taminlash kerak. Ushbu tizimlar elektron shaklda
saqlanadi va foydalaniladi.
9-tamoyil: Samarali ichki nazorat tizimi uchun barcha xodimlar to’liq
tushunishiga erishish mumkin bo’lgan samarali aloqa kanali mavjud bo’lishi
talab etiladi.
V. Monitoring va kamchiliklarni bartaraf qilish
10-tamoyil: Bank tomonidan ichki nazorat bo’yicha ishlab chiqilgan barcha
chora-tadbirlar samaradorligini oshirish uchun muttasil kuzatuvni amalga
oshirish zarur. Risklarni monitoring qilish bank kundalik faoliyatining ajralmas
qismi bo’lishi kerak.
11-tamoyil: Ichki nazorat tizimini ko’rib chiqishda samarali ichki auditni
shakllantirish zarur. Ichki audit xizmati ichki nazorat tizimlarini monitoring
32
qilishning bir bo’g’ini sifatida Bank Kengashi va o’zining auditorlik komiteti
yoki yuqori lavozimli xodimlarga hisobot berib turadi.
12-tamoyil: Ichki audit yoki boshqa nazorat organlari tomonidan ichki
nazorat kamchiliklari haqida boshqaruv organlarining yuqori lavozimli
shaxslariga o’z vaqtida xabar berilishi va aniqlangan kamchiliklar bo’yicha
tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi kerak.
Bundan tashqari, Bazel qo’mitasi tomonidan 2006 yilda qabul qilingan
bank faoliyatini nazorat qilish bo’yicha 25 tamoyil ishlab chiqildi (qayta ko’rib
chiqildi). Ushbu tamoyillar 7 guruhga bo’lingan.
Ob’ektivlik, mustaqillik, vakolatlilik, shaffoflik va hamkorlik ( tamoyil
1);
litseziyalash va tuzulma (tamoyil 2-5);
prudental nazorat va tartibga solish (tamoyil 6-18);
bank nazoratining usullari (tamoyil 19-21);
hisobotlar va ularni oshkor etish (tamoyil 22);
nazoratchilarning axloqi va ularning vakolatlari (tamoyil 23);
konsolidatsiyalashgan banklar va xorijda faoliyat yurituvchi banklar
nazorati (tamoyil 24-25).
Ushbu tamoyillarda bank nazoratini tashkil etish asoslari va kapital
etarliligi, yirik kreditlar, likvidlilik riski, bozor riski, operatsion risk, kredit riski,
mamlakat riski, foiz riski, risklarni boshqarish riski, ichki nazorat va ichki audit
kabi bo’limlari bor.
Ichki nazorat tizimini aniq faoliyat ko’rsatishini kuchaytirish maqsadida
hamda bankning moliyaviy barqarorliligi va obro’siga havf soluvchi
muammolarni aniqlash Bazel qo’mitasining 14-tamoyili talablariga muvofiq
bank ichki rahbariyati, shuningdek, rahbariyatdan mustaqil bo’lgan maxsus
bo’linma orqali axborotlar tizimiga ega bo’lishi lozim.
Bazel tamoyillari bo’limi faoliyatidagi riskni kamaytirish maqsadida
uning amalga oshiradigan amaliyotlar tavsifi va masshtabidan kelib chiqqan
holda ichki nazorat tizimini tashkil etish zarurati ham ko’rib chiqilgan.
33
Dostları ilə paylaş: |