Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanidan O‘quv-uslubiy majmua


“Pul va banklar”, “Bank ishi” fanlarining umumiy mazmun va mohiyati



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə11/95
tarix21.07.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#62860
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   95
Fakulteti

3. “Pul va banklar”, “Bank ishi” fanlarining umumiy mazmun va mohiyati.

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida pul muomalasi, kredit tizimi, xususan O’zbekiston Respublikasi kredit tizimini o’ziga xos xususiyatlari, bank tizimi, O’zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish, banklarda bozor talablariga mos keluvchi xizmat turlarini tadbiq qilish, mijozlarning talab va takliflarini hisobga olish, yangi kredit vositalarini qo’llash, turli kredit institutlarini tashkil etishi bilan bog’liq jarayonlarini yuzaga keltirdi.


Bu fanning maqsadi va vazifasi talabalarni bank tizimida mustaqil ishlashga tayyorlashdan iborat.
«Pul va banklar» fani bank tizimi uchun iqtisodchi bankirlarni tayyorlashda etakchi nazariy fanlardan biri hisoblanadi. Unda pul muomalasini tashkil topishi, pul tizimini takomillashtirish, milliy valyutani barqarorligini ta’minlash, banklarning kelib chiqishi, uni rivojlanish bosqichlari, O’zbekiston Respublikasi bank tizimini shakllanishi, bank tizimini barqarorligini ta’minlash, bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditni rivojlantirish qonuniyatlari, kreditning shakllari, zarurligi, tijorat banklarining likvidligi kabi masalalar ko’rib chiqiladi.
Shundan kelib chiqib:
- talabalar fanni o’rganish davrida har bir o’tiladigan mavzu bo’yicha o’qituvchi tomonidan so’raladigan «tayanch» ibora, test savollariga javob berib, tegishli masalani echa olishi;
- o’qish davrida yozma nazorat ishlarini bajarishi va referatlar tayyorlashi;
- fanni o’zlashtirish natijasida va kelajakda talaba bank faoliyatida bo’ladigan o’zgarishlarni tahlil qilishni bilishi lozim.
«Pul va banklar» fani institutda o’rganiladigan boshqa iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog’liqdir.
«Pul va banklar» fani o’quv rejasidagi gumanitar fanlar bilan, jumladan, «Iqtisodiyot nazariyasi», «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi»kabi fanlar bilan uzviy bog’liq va maxsus fanlar, ya’ni , «Moliya» «Bank ishi», «Bank auditi», «Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika», «Moliyaviy va boshqaruv tahlili» va boshqalar bilan o’zaro bog’liq.
Bozor iqtisodiyoti asosida tovar-pul munosabatlari yotadi. Tovar-pul munosabatlari – tovar ishlab chiqarish, tovarlarni ayirboshlash va pul muomalasiga xos munosabatlarni ifoda qiladi. Bozor iqtisodiyoti erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan iqtisodiy monopoliyani inkor qiluvchi, ijtimoiy taraqqiyotga, aholini ijtimoiy muhofaza qilish yo’nalishiga ega bo’lgan va boshqarilib boriladigan iqtisodiyotdir.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlarini qaror toptirish dolzarb omillardan bo’lgan pul, kredit va banklar tizimida ham chuqur o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Bozor munosabatlariga o’tish iqtisodiy kategoriya sifatida pulning, kreditning, foiz, soliq va boshqa kategoriyalarning mohiyati va ahamiyatiga boshqacha yondashish zarurligini taqozo qiladi.
Har bir jamiyatda bank tizimi iqtisodiyotning muhim va ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Tarixan tovar ishlab chiqarish va muomala jarayonining rivojlanishi banklarning rivojlanishi bilan o’zaro bog’liq holda taraqqiy qilib borgan. Banklar xo’jaliklarga kredit berish, korxona, tashkilotlar o’rtasida hisob-kitoblarni o’tkazish jarayoni, kapital harakatida vositachi sifatida maydonga chiqadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank tizimida katta tarkibiy o’zgarishlar yuzaga keldi va banklarning tarkibi va ular bajaradigan funktsiyalar hamda ularga yuklangan vazifalarning mohiyati va sifati o’zgarib bormoqda. Banklar ma’muriy-buyruqbozlik tizimida ishlashdan yangi bozor munosabatlari sharoitida ishlashga o’tdi. Bozor munosabatlari sharoitida ishlash banklardan yangi xizmat turlarini tatbiq qilishni, mijozlarning qiziqishlarini hisobga olishni, ularga xizmat ko’rsatishning yangi usullarini joriy qilishni, yangi kredit vositalarini bank faoliyatida qo’llashni, turli xil kredit institutlarining barpo qilishni taqozo qildi.
Bozor iqtisodiyoti banklarning o’rni hamda faoliyatining muhimligi, pul, kredit va bank tizimining takomillashib borishini, shu sohada malakali kadrlar tayyorlashni va mavjud muammolar echimini topishni taqozo qiladi.
Har bir iqtisodiy kategoriyada amal qiluvchi hamda mamlakat rivojlanishining asosiy dastaklaridan biri pul bo’lib, bozor iqti-sodiyotiga o’tish va unda ish yuritishda pulning mavqei va ahamiyati yanada oshib boradi. Darhaqiqat, pul - «bozor tili» deb bekorga ay-tishmagan. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to’lovlar, daromadlar va xarajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar makro va mikro darajalarda faqat pul-da ifoda qilinadi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida pulning ahamiyatining oshishi shundaki, jamiyatimizda mavjud yuridik va jismoniy shaxs-lar faoliyati hamda ularning natijasi daromadi pul bilan bog’liq. Shuning uchun ham, pul barcha iqtisodiy rivojlanish pog’onalarida odamlarni o’ziga jalb qilib kelgan.
Bank ishi fanining maqsadi – “Bank ishi” mutaxassislari uchun talabalarga bank faoliyatini, bank tizimi operatsiyalarini tahlil qilishning zamonaviy usullari orqali moliya kredit institutlarining turli tuzilmalari o’rtasidagi raqobat jarayonlarini, bank xizmatlarini yoritib berish, shu bilan bir qatorda yangi bank xizmatlarini joriy qilish, bank xizmatlari bozorida raqobatdoshligini ta’minlash, banklarning moliya bozordagi strategiyalarini to’g’ri tanlash bo’yicha yo’nalish profiliga mos bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - mazkur fanning boshqa iqtisodiy fanlar bilan o’zaro bog’liqligi. Fanning tarixiy shakllanish bosqichlarini o’rgatishdan iborat.
Bank ishi fanini o’zlashtirishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: banklar faoliyati va operatsiyalarining amaliy tomondan o’rganishlari va ularning tashkiliy tomonlarini bilishlari; iqtisodiyotni bank sektori tomonidan tartibga solish jarayonlarini o’rganishga, tijorat banklari tizimining faoliyatini samarali olib borish, ularni liberallashtirish hamda modernizatsiyalash mexanizmlarini hamda informatsion texnologiyalarning rivojlanishi, moliya-bank ssuda kapitali bozorini kengayishi.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin