Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanidan O‘quv-uslubiy majmua


Evropada uch pog’onali bank tizimining yuzaga kelishi



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə30/95
tarix21.07.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#62860
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   95
Fakulteti

2.Evropada uch pog’onali bank tizimining yuzaga kelishi.

Evropa qit’asida yagona valyutani joriy qilish bo’yichaa g’oyalar uzoq zamonlarda paydo bo’lgan bo’lsada, ushbu g’oyaga erishish maqsadida bosilgan ilk qadamlar ikkinchi jahon urushidan keyingi davrlarga to’g’ri keladi.

  • 1958 yilda tuzilgan va keyinchalik Evropa Hamjamiyatiga kirgan 15 mamlakatni birlashtirgan Evropa Iqtisodiy Hamjamiyati;

  • Kumir va po’lat bo’yicha Evropa birlashmasi;

  • Atom energetikasi bo’yichaa Evropa Hamjamiyati.

Evropa Hamjamiyatiga a’zo davlatlarda jahon aholisining 7 foizi yashab, jahon savdosining deyarli 41 foizi, valyuta zahiralarining 36 foizidan ortig’iga to’g’ri keladi.
Evropa iqtisodiy ittifoqi olti davlat - Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Italiya, Frantsiya va Germaniya tomonidan tuzilgan bo’lsada, xozirgi kunga kelib uning tarkibida 15 davlat, ya’ni yuqoridagilardan tashqari Buyuk Britaniya, Gretsiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Portugaliya, Avstriya, Shvetsiya, Sloveniya va Finlandiya mavjud.
Evropa valyuta tizimi quyidagi tarkibiy tamoyillari bilan tavsiflangan edi:

  • Evropa valyuta tizimi valyuta birligi- EKYuga asoslanadi;

  • oltinning amaldagi zahira aktivlar sifatida ishlatilishi;

  • valyuta ko’rslarining tartibi belgilangan o’zaro tebranishlar doirasidagi valyutalarning «evropa valyuta iloni» shaklidagi so’zishga asoslanishi;

  • Evropa valyuta tizimida valyutaning davlatlararo xududiy tartibga solinishi markaziy banklarga valyuta interventsiyasi bilan bog’liq bo’lgan to’lov balanslarining vaqtinchalik taqchilligini qoplashga kreditlar ajratish yo’li bilan amalga oshiriladi.

Keyinchalik Evropa Ittifoqiga Avstriya, Finlandiya, Shvetsiya qo’shildi. Maastrixt shartnomasiga asosan iqtisodiy va valyuta ittifoqi uchta bosqichda amalga oshiriladi:

  • Birinchi bosqich (1 iyul 1990-31 dekabr 1993 yil)- EI iqtisodiy va valyuta ittifoqining tashqil topishi. Evropa Ittifoqi doirasida kapital harakatini to’liq leberallashtirish, yagona ichki bozorni shakllantirishni nihoyasiga etkazish, asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni yaqinlashlashtirish bo’yichaa, shuningdek, inflyatsiyaga qarshi va davlat byudjeti siyosatini muvofiqlashtirish bo’yichaa bir qator chora-tadbirlarni ishlab chiqildi;

  • Ikkinchi bosqich (1 yanvar 1994yil-31 dekabr 1998 yil) Evropa valyuta institutini ta’sis qilish, valyuta ittifoqi uchun institutsional, yuridik va ma’muriy bazani tayerlash, EVT a’zolarini tanlash, Evropa Markaziy banki faoliyatini yo’lga qqyish, Evropa yagona valyutasini zarb qilishni yo’lga qo’yish va kerakli qonunlar qabul qilish;

Shuningdek mazkur bosqichda:

    • a’zo mamlakatlarning markaziy banklari tomonidan davlat sektori korxonalariga yordam ko’rsatish xamda davlat qarzlarini sotib olishni taqiqlovchi qonunlar qabull qilindi;

    • davlat sektori korxonalarining moliya institutlarini mablag’laridan foydalanishdagi imtiyozlari bekor qilindi;

    • a’zo mamlakat davlat sektorining majburiyatlarini boshqa mamlakat yoki Evropa Ittifoqi tomonidan olinishi ta’qiqlandi;

    • ishtirokchi mamlakat davlat byudjetidagi taqchillikning me’yoridan oshirmasligi talabi qqyildi;

    • zarur bo’lganda Markaziy banklarga Evropa Markaziy Banki kabi maqom va mustaqillik berish qabull qilindi.

  • Uchinchi bosqich (1 yanvar 1999 yil-30 iyun 2002 yil) 1999 yilning 1 yanvaridan boshlab, evro hududiga kiruvchi ishtirokchi mamlakatlarning milliy valyutalari evro kursiga nisbatan belgilandi, Evropa yagona valyutasini muomalaga kiritildi: birinchi navbatda naqd pulsiz ko’rinishda, keyinrok esa, 2002 yil 1 yanvardan naqd pul ko’rinishda, 6 oygacha milliy valyutalar bilan parallel ravishda muomalaga kiritildi. U EKYuni xam 1:1 nisbatda almashtirdi. Ishtirokchi mamlakatlar uchun yagona pul-kredit siyosatini yurituvchi Evropa Markaziy banki o’z faoliyatini boshladi.




Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin