Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanidan O‘quv-uslubiy majmua


-jadval 2016-18 yilda qishloq joylarda qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joylarning o’rtacha narxi (ming so’m)



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə20/95
tarix21.07.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#62860
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   95
Fakulteti

2-jadval


2016-18 yilda qishloq joylarda qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joylarning o’rtacha narxi (ming so’m) 5

1.

Uylarning turi

3 xonali

4 xonali

5 xonali

2.

Uylarning narxi

178,0

188,0

220,0

Shu jumladan,

3.

Bank tomonidan beriladigan kredit summasi

130,24

130,24

130,24

4.

Qarz oluvchining boshlang’ich badali

44,5

47,0

55,0

5.

Qarz oluvchining yakuniy to’lovi

3,26

10,76

34,76

6.

Aholining qatnashish ulushi,%

26,8

30,7

40,8

Uy-joylarni namunaviy loyihalar asosida tayyor holda topshirish sharti bilan qurish bo’yicha barcha ishlarni amalga oshiruvchi «Qishloqqurilishinvest» ixtisoslashtirilgan injiniring kompaniyasi uchun qator imtiyozlar va preferentsiyalar belgilangan bo’lib, bu qurilishlar narxining arzon bo’lishini ta’minlaydi. Qishloqda istiqomat qiluvchi fuqaro namunaviy loyihalar orasidan o’ziga yoqqanini tanlagach, dastlabki badal sifatida uy qiymatining 25 foizi miqdorida mablag’ to’laydi. Unga qulay shartlar asosida uzoq muddatga – 15 yilga birinchi yil belgilangan foizni to’lamaslik sharti bilan ustamasi 7 foiz bo’lgan ipoteka krediti beriladi. Bu odatdagi kredit foizi stavkalaridan eng kamida teng baravar ozdir. Qishloq aholisining ipoteka kreditlarini qaytarish va ularning ustama foizlarini qoplashga yo’naltiriladigan mablag’lari daromad solig’idan ozod qilingan.


Iste’mol krediti o’zining maqsadi bilan kreditning boshqa shakllaridan farq qiladi. Uning farqli belgisi jismoniy shaxslarni kreditlash hisoblanadi. Kreditning bu shaklida kredit beruvchi sifatida maxsus kredit muassasalari bilan birga tovar va xizmatlarni sotishni amalga oshiradigan jismoniy shaxslar ham bo’lishi mumkin.
Iste’mol krediti ikki shaklda: pul shaklida yoki tovar shaklida berilishi mumkin. Jismoniy shaxslarga ko’chmas mulkka egalik qilish uchun, qimmat bo’lgan davolanishni to’lash, har xil tovarlar va uy jihozlari sotib olish va boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun iste’mol kreditlari berilishi mumkin. Pul shaklida iste’mol krediti banklar tomonidan, tovar shaklida esa tovarlar chakana savdosi jarayonida to’lov muddatini cho’zish orqali amalga oshiriladi.
O’zbekistonda hozirgi kunlarda uy-joy sotib olish, uyjoy qurish uchun pul shaklidagi, uzoq muddatli iste’mol krediti va tovar shaklida avtomobil kredit berilmoqda.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin