Fan bo‘yicha kurs ishlari o‘quv rejada ko‘zda tutilmagan.
Fanning “Bank va kasbiy faoliyat asoslari” moduli bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish me’zonlari
Fandan talabaning bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
Fandan nazorat turlari.Fandan talaba(lar)ning bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Fandan nazorat turlari bo‘yicha topshiriqlarning mazmuni talabaning bilimini xolis, ob’ektiv va aniq baholash imkoniyatini ta’minlaydi.
Oraliq nazorat (ON) semestr davomida o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq o‘quv mashg‘ulotlari davomida 2 martagacha o‘tkaziladi. (O‘quv semestri davomida haftasiga 2 akademik soatdan kam bo‘lgan fanlar bo‘yicha ON o‘tkazilmaydi).
ON bo‘yicha talabaning bilimini baholash fandan o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Talaba fandan yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar ONni topshirgan bo‘lishi shart. ONni topshirmagan, shuningdek undan “2”(qoniqarsiz) baholangan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Yakuniy nazorat (YaN) talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Fandan o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy nazoratni o‘tkazishda ishtirok etmaydi.
YaN shakli kafedra tomonidan belgilanadi hamda u semestr yakunida o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq quyidagi mezonlarga asoslanib o‘tkaziladi:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda;