Bankda balansdan tashqari operatsiyalar



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə2/3
tarix22.09.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#146693
1   2   3
Bankda balansdan tashqari operatsiyalar Begtzod Oripov

Bank tarkibiy tuzilmasi

  • Bank tarkibiy tuzilmasining mas’uliyatini belgilash uchun, ular bajaradigan operatsiyalari tavsifidan kelib chiqqan holda, bo‘limlar bo‘yicha vazifalar taqsimlashning taxminiy doirasini aniqlash zarur. Shuni qayd etish zarurki, bo‘linmaga yuklatiladigan vazifalar doirasi qat’iy bo‘lishi shart emas. Bank bo‘linmalarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi va bank operatsiyalarining avtomatlashtirilgan darajasiga bog‘liq ravishda Bek-ofis yoki Front-ofis tarkibida ayrim bo‘lim yoki sektor bo‘lmasligi mumkin. Bunday hollarda, bir bo‘lim yoki sektor vazifalarini boshqa bo‘lim, sektorning bajarishi ko‘zda tutilishi lozim. Vazifalar bank tarkibiy tuzilmasining har bir bo‘limi uchun alohida taqsimlanadi. Mijozlarga bankning barcha xizmatlar majmuasi faqat Front-ofis bo‘limida ko‘rsatilganligi bois, mazkur bo‘lim bank xizmatlarining barcha turlarini yaxshi biladigan malakali mutaxassislardan tashkil etilishi shart.

Hozirgi kunda xalqaro andozalar asosida faoliyat yuritishga harakat qilayotgan qator banklarda buxgalteriya apparatini Front-ofis va Bek-ofisga ajratish amalga oshirilmoqda. Tijorat banklari nuqtayi nazaridan buxgalteriya apparatining Bek-ofis va Front-ofisga bo‘linishining ahamiyati shundaki, Front-ofis mutaxassislari mijozlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat ko‘rsatadi, Bek-ofis mutaxassislari esa dastlab Front-ofis xodimlari tomonidan boshlangan, mijoz bevosita qatnashishi va mazkur bosqichning tugatilishini kutishi talab etilmaydigan bosqichda operatsiyalarni qayta ishlab, uni nihoyasiga yetkazadi. Natijada, har bir bank operatsiyasi birbiriga bog‘liq bo‘lmagan ikkita bo‘limda amalga oshiriladi va bank xodimlarini o‘zaro nazorat qilish tizimini yaratadi. Mijoz uchun ham bunday tarkibiy bo‘linish ahamiyatli bo‘lib, bankning bitta bo‘limi yoki binosida, ammo lavozimi turlicha bo‘lgan xodimlardan o‘zining barcha masalalarini yechish imkoniyatini yaratadi. Mijoz operatsiyalar boshlanishidan to uning tugaguniga qadar faqat Front-ofis xodimlari bilan aloqada bo‘lib, Bek-ofis mavjudligi mijoz uchun ahamiyatsiz hisoblanadi.

  • Hozirgi kunda xalqaro andozalar asosida faoliyat yuritishga harakat qilayotgan qator banklarda buxgalteriya apparatini Front-ofis va Bek-ofisga ajratish amalga oshirilmoqda. Tijorat banklari nuqtayi nazaridan buxgalteriya apparatining Bek-ofis va Front-ofisga bo‘linishining ahamiyati shundaki, Front-ofis mutaxassislari mijozlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat ko‘rsatadi, Bek-ofis mutaxassislari esa dastlab Front-ofis xodimlari tomonidan boshlangan, mijoz bevosita qatnashishi va mazkur bosqichning tugatilishini kutishi talab etilmaydigan bosqichda operatsiyalarni qayta ishlab, uni nihoyasiga yetkazadi. Natijada, har bir bank operatsiyasi birbiriga bog‘liq bo‘lmagan ikkita bo‘limda amalga oshiriladi va bank xodimlarini o‘zaro nazorat qilish tizimini yaratadi. Mijoz uchun ham bunday tarkibiy bo‘linish ahamiyatli bo‘lib, bankning bitta bo‘limi yoki binosida, ammo lavozimi turlicha bo‘lgan xodimlardan o‘zining barcha masalalarini yechish imkoniyatini yaratadi. Mijoz operatsiyalar boshlanishidan to uning tugaguniga qadar faqat Front-ofis xodimlari bilan aloqada bo‘lib, Bek-ofis mavjudligi mijoz uchun ahamiyatsiz hisoblanadi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin