1.O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Toshkent, 2001y. 2.Banklar va bank faoliyati to`g`risidagi qonun , Toshkent,1996y. 3.Markaziy bank to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2002y. 4.Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2007y. 5.Bank siri to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2003y. 6.Valyutani tartibga solish to`g`risidagi qonun, Toshkent, 2003y. 7.Davlat budjetining g`azna ijrosi to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2007y. 8.Fuqarolarni jamg`arib boriladigan pensiya ta`minoti to`g`risidagi qonun, Toshkent, 2004y. 9.Kredit uyushmalari to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2006y. 10. Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2003-y. 11. Budjet tizimi to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2007y. 12. O`zbekiston Respublikasining Mexnat Kodeksi, Toshkent, 1995y. 13. Fermer xo`jaligi to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2004y. 14. www.ziyonet.uz Xulosa
Bank so`zi italyancha «banka» so`zidan olingan bo`lib, «stol», «pullik stol» degan ma`noni anglatadi, chunki o`rta asrlarda italiyalik puldorlar hamyonlaridagi, idishlaridagi tangalarni stol ustiga qo`yib xisob-kitob qilganlar.
XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni «bancherii» deb atalib, agar puldorlarning qaysi biri ishonchni oqlamasa va ishiga ma`suliyatsizlik qilsa, u o`tirgan stol sindirib tashlangan va uni «Banco rotto», ya`ni bankrot deb atashgan. Banklar paydo bo`lishining boshlang`ich nuqtasi bo`lib XVI asrda Florensiya va Venetsiyada tashkil qilingan kichik jiro-banklar xisoblanadi.
Xozigi kunda tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarning ta`minoti sifatida kuchmas mulk, qimmatli qog`ozlar, uchinchi shaxs va sugurta tashkilotining kafolati qabul qilingan.
Tijorat banklarining kreditlash jarayoni quyidagi boskichlarni o`z ichiga oladi:
- Kredit olish uchun mijoz arizasini ko`rib chiqish
- Qarz oluvchining tulovga va kreditga layoqatligini bank tomonidan o`rganish
- Kredit qo`mitasini qarori
- Kredit shartnomasini rasmiylashtirish
- Kredit berish
- Kreditni foizi bilan qaytarilishini bank tomonidan nazorat qilish
Tijorat banklari resurslarining 2002 yilda 66,83 foizi, 2003 yilda 68,08 foizi, 2004 yilda 70 foizi kreditlashga yo`naltirilgan.