Banklarda lizing operatsiyalarining buxgalteriya hisobi


Banklarning faktoring operatsiyalarini hisobi



Yüklə 22,16 Kb.
səhifə2/3
tarix26.09.2022
ölçüsü22,16 Kb.
#64136
1   2   3
Banklarda lizing operatsiyalarining buxgalteriya hisobi

Banklarning faktoring operatsiyalarini hisobi.
Tovar sotuvchi yoki xizmat ko’rsatuvchilarning debitor qarzlarini sotib olish bilan bog’liq operatsiyalar faktoring operatsiyalar hisoblanadi. Faktoring operatsiyalari banklar tomonidan va maxsus tashkil etilgan faktoring kompaniyalari tomonidan o’zaro tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Faktoring operatsiyalarning maqsadi sotilgan tovarlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlarni faktoring kompaniyalari yoki bank mablag’lari hisobidan to’lash asosida muddati o’tgan to’lovlar va umidsiz qarzdorliklar miqdorini kamaytirishdan iboratdir.
Faktoring operatsiyalari bank tomonidan amalga oshirilganda banklarda maxsus bo’lim tashkil etiladi. Bankda faktoring operatsiyalari moliyaviy manbasi bo’lib bankning o’z mablag’lari, jalb etilgan va kredit mablag’lar hisoblanadi.
Bank sotilgan tovar yoki ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lov summasini zudlik bilan to’lab berish maqsadida sotuvchidan to’lov talabnoma yoki schetfakturada ko’rsatilgan summani diskont asosida sotib oladi va debitorga nisbatan barcha huquqni o’ziga o’tkazadi. Bank to’lov hujjatlarni sotib olishda asosiy e’tiborni sotib oluvchining moliyaviy barqarorligi, uning tovar yoki xizmatlarining sifati va bozordagi jozibadorligiga e’tibor qaratadi.
Banklarda faktoring operatsiyalari ko’zda tutilmagan 90966-“Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring” hamda balansli 11101-“Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring” va 11103-“Muddati o’tgan sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring” hisobvaraqlarida hisobga olib boriladi.
Masalan, bank faktoring shartnomasiga asosan sotuvchining 100,0 mln so’mlik to’lov talabnomasini 3,0 mln so’m diskont komission to’lov va 30 kundan keyin sotib oluvchidan to’lov sumasi tushishini nazarda tutib, sotib oldi va quyidagi buxgalteriya yozuvlarini amalga oshirdi (sotuvchi va sotib oluvchi shu bankning mijozi hisoblanadi).
a). Balansli hisobvaraq bo’yicha:

Debet 11101– “Sotib olingan debitorlik qarzlari –
Faktoring” 97000000,0


Kredit 202XX– “Sotuvchining depozit hisobraqami”
b). Ko’zda tutilmagan hisobvaraq bo’yicha:




Debet

90966–“Sotib olingan debitorlik qarzlari –




Kredit

Faktoring”



97000000,0
96331–“Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring bo’yicha kontr hisobvarag’i”



Sotib oluvchi to’lovni amalga oshirdi. a). Balansli hisob varaq bo’yicha:



Debet 202XX – “Sotib oluvchiningdepozit

100000000,0 hisobraqami”

Kredit 11101 –“Sotib olingan debitorlik qarzlari – 97000000,0 Faktoring”

Kredit 45217 – “Sotib olingan debitorlik qarzlari 3000000,0 bo’yicha daromadlar – Faktoring”
v). Ko’zda tutilmagan hisobvaraq bo’yicha:




Debet

96331 – “Sotib olingan debitorlik qarzlari –




Kredit

Faktoring bo’yicha kontr hisobvarag’i”



97000000,0
90966 – “Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring”


Sotib oluvchi faktoring shartnomasida ko’zda tutilgan muddatda to’lovni to’lay olmadi.


a). Faktoring sumasi muddati o’tgan faktoring hisobvarag’iga o’tkaziladi:

Debet 11103–“Muddati o’tgan sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring”

97000000,0 Kredit 11101 –“Sotib olingan debitorlik qarzlari –
Faktoring”
b). Bank faktoring operatsiyasi hisobidan yo’qotishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash bo’yicha zaxira shakllantirdi. Zaxira Markaziy bankning aktivlarni tasniflash bo’yicha joriy etilgan tegishli yo’riqnomasi asosida shakllantiriladi:

Debet 56814–“Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring bo’yicha ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni baholash”

Kredit 11199–“Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring bo’yicha ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash zaxirasi”
b). Bank faktoring summasini zararlarni qoplash bo’yicha shakllantirilgan
zaxira hisobidan qopladi:

Debet 11199 – “Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring bo’yicha ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash zaxirasi”

Kredit 11103 – “Muddati o’tgan sotib olingan debitorlik qarzlari –
Faktoring”


Banklarda muddati o’tgan yoki to’lovchining moliyaviy beqarorlik holatiga tushib qolishi natijasida vujudga kelgan zararlar bank boshqaruv kengashining qarori asosida zararlarni qoplash hisobidan yopiladi va ushbu summa kelgusida undirib olish maqsadida bankning tegishli ko’zda tutilmagan hisobvaraqlarida hisobga olib boriladi.

Yüklə 22,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin