Banklarda moddiy va nomoddiy aktivlar hisobi



Yüklə 116,59 Kb.
səhifə9/10
tarix26.12.2023
ölçüsü116,59 Kb.
#198412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Banklarda moddiy va nomoddiy aktivlar hisobi-fayllar.org

KBTEB qiymati to’langanda:

Debet 29802 "Tovar-moddiy qimmatliklar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lanadigan mablag’lar"


Kredit - "Bank vakillik hisobvarag’i yoki mijozning talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’i" (agar mol etkazib beruvchining talab qilib olinguncha bo’lgan depozit hisobvarag’iga shu bankda xizmat ko’rsatilsa)
KBTEB Bosh bank/filialdan filiallar/bosh bankka berilganda shu kungi bank hujjatlariga moddiy javobgar shaxsga tegishli filial/bosh bank tomonidan (belgilangan tartibda) berilgan talabnoma va ishonchnoma tikib qo’yiladi va quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 16104 "Bosh bank/filiallardan olinadigan mablag’lar - Tovar moddiy qimmatliklar"
Kredit 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"
KBTEB Bosh bankdan filialga qabul qilinganda boshlanјich hujjatlar (yuk xatlari) asosida quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"
Kredit 22205 "Bosh bank /filiallarga to’lanadigan mablag’lar - Tovar moddiy qimmatliklar"
Omborga qabul qilingan KBTEB da biror bir nomuvofiqlik yoki nuqson topilganda, yukni etkazib bergan tashkilot vakillari ishtirokida dalolatnoma tuziladi va da’vo bildiriladi. Dalolatnomaning uchinchi nusxasi bildirilgan da’vo bilan mol etkazib beruvchiga yuboriladi.


  1. Bank da’vosi mol etkazib beruvchi tomonidan qabul qilinganda yoki sud tomonidan tegishli qaror chiqarilganda omborga kirim qilingan KBTEB ni mol


etkazib beruvchiga qaytarish quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi bilan amalga oshiriladi:
Debet 19909 "Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to’langan mablag’lar"
Kredit 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"


  1. Qaytarilgan mablag’larni qayta yozuv bilan vakillik hisobvarag’iga o’tkazish:

Debet Bankning vakillik hisobvarag’i


Kredit 19909 "Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to’langan mablag’lar"
Bankka kelayotgan moddiy boyliklar ularning saqlanishiga javobgar bo’lgan omborxona mudiri (omborchi) yoki bank boshliјining buyruјiga asosan tayinlangan boshqa xodim tomonidan qabul qilinadi. Javobgar shaxs - omborchi yoki boshqa xodim tomonidan bankka qabul qilinayotgan barcha KBTEB bo’yicha raqamlangan, tikilgan va boshqaruvchi hamda bosh buxgalterning imzosi va bankning dumaloq muxr izi bilan tasdiqlangan jurnalda alohida maxsus tizimdan tashqari hisob yuritiladi.
Ombordan KBTEB quyidagi hollarda hisobdan chiqariladi:
  1. foydalanishga berilganda;


  2. sotilganda;


  3. bepul (tekinga) berilganda;


  4. kamomad aniqlanganda va foydalanish uchun yaroqsiz bo’lganda;


  5. fors-major holatlarda.




KBTEB ni foydalanishga berish quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 56406 "Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari"
Kredit 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"
Bank ortiqcha KBTEB ni sotganda (KBTEB shartnomada kelishilgan narxlarda sotiladi) quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari amalga oshiriladi:


  1. KBTEB ni sotish summasiga:

Debet Bankning vakillik hisobvarag’i yoki sotib oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’i, agar sotib oluvchiga shu bankda xizmat ko’rsatilsa.


Kredit 29802 "Tovar-moddiy qimmatliklar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lanadigan mablag’lar"


  1. KBTEB bank uchun foyda yoki zararsiz sotilganda:

Debet 29802 "Tovar-moddiy qimmatliklar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lanadigan mablag’lar" sof tushum summasiga


Kredit 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"


  1. KBTEB foyda bilan sotilganda:

Debet 29802 "Ko’rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun to’lanadigan mablag’lar" - sof tushum summasiga


Kredit 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"
Kredit 45913 "Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda" - "sof tushum" va balans qiymati o’rtasidagi farq summasiga


  1. KBTEB zarar bilan sotilganda:

Debet 29802 "Ko’rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun to’lanadigan mablag’lar" - sof tushum summasiga


Debet 55906 "Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko’rilgan zararlar" - "sof tushum" va balans qiymati o’rtasidagi farq summasiga
Kredit 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"
Kamomad chiqqan, yaroqsiz holga kelgan (aybdor shaxslar aniqlanmagan holda), tekinga berilgan, shuningdek, fors-major holatlarda KBTEB ning qiymati, bank tomonidan belgilangan tartibda, zararga chiqariladi va quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 56795 "Boshqa operatsion xarajatlari"
Kredit 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"
KBTEB ning kamomadi, shuningdek, aybdor shaxs aybi bilan yaroqsiz holga kelgan (aybdor shaxs aniqlanganda) KBTEB ning qiymati invetarizatsiya komissiyasining boshliјi va a’zolari, moddiy javobgar shaxs (ombor mudiri) tomonidan imzolangan akt bilan rasmiylashtiriladi va moddiy-javobgar shaxslardan belgilangan tartibda undirib olinadi hamda quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali rasmiylashtiriladi:
Debet 19908 "Bank xodimlari bilan bo’ladigan hisob-kitoblarda undirib olinishi lozim bo’lgan mablag’lar"
Kredit 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"
Aybdor xodimlarning ish haqidan undirib olinganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 29803 "Bank xodimlari bilan hisob-kitoblardagi to’lanishi lozim bo’lgan mablag’lar"
Kredit 19908 "Bank xodimlari bilan bo’ladigan hisob-kitoblarda undirib olinishi lozim bo’lgan mablag’lar"
Belgilangan tartibda bank xodimidan kassa orqali undirib olinganda: Debet 10101 "Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar"
Kredit 19908 "Bank xodimlari bilan bo’ladigan hisob-kitoblarda undirib olinishi lozim bo’lgan mablag’lar"
Agar inventarizatsiya paytida omborda hisobda bo’lmagan buyumlar aniqlansa, ular inventarizatsiya komissiyasi tomonidan bozor narxida baholanib, belgi langan tartibda omborga kirim qilinadi. Bunda qo’yidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"
Kredit 45994 "Boshqa foizsiz daromadlar"
Ombor mudiri (omborchi) ishdan bo’shashi, boshqa ishga o’tkazilishi, mehnat ta’tiliga ketishi yoki bemorligi tufayli almashtirilgan taqdirda, bank rahbarining buyruјi bilan xodimlar tarkibidagi hay’at tomonidan topshiruvchi va qabul qiluvchi xodimlar ishtirokida omborda to’liq inventarizatsiya o’tkaziladi hamda majburiy ravishda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi. Buni quyidagi misolda ko’rib chiqamiz
ATB “Kapitalbank” mart oyida quyidagi kam baholi tez eskiruvchi buyumlarni xarid qilib, foydalanishga bergan:
  1. 3-martda 20 pochka qog’oz- har biri 30 ming so’mdan, va “delo” papkasi 100 ta 1200 so’mdan xarid qilindi.


  2. 7-martda 10 ta pochka qog’oz 34 ming so’mdan 50 dona “delo” papkasi 1500 so’mdan


  3. 10-martda 40 pochka qog’oz 29 ming so’mdan, 200 dona “delo” papka 1100 somdan omborga kirim qilindi.


  4. 11-martda 25 pochka qog’oz, 150 dona “delo” papka foydalanishga berildi.


  5. 24-martda 30 pochka qog’oz, 200 dona “delo” foydalanishga berildi.


Oyning oxirida inventarizatsiya qilinishi natijasida 3 pochka qog’oz kamligi aniqlandi. 1 pochka qog’oz tabiiy sabab bilan yo’qolgan (fors-major).


Qolganlariga ombor mudiri javobgarligi belgilandi.
Kam baholi tez eskiruvchi buyumlarni FIFO usulida hisobini keltiring va ombordagi qoldiqni aniqlang. Kamomadga buxgalteriya provodkasini bering.
    1. jadval.




Yüklə 116,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin