Banklar mustaqil ravishda binolarni qurganda yoki rekonstruksiya qilish uchun qilingan xarajatlarni 16505- «Tugallanmagan qurilishlar» hisobvarag'ida hisobga olib boradi. Qurilishi tugagan yoki rekonstruksiya qilingan bino qabul qilish va topshirish komissiyasining qaroriga asosan bankning tegishli hisobvarag'iga olinadi.
a) Qurilishi davom etayotgan bank binosi va rekonstruksiyasi boʻyicha qilingan xarajatlar kirim qilindi.
16505 - Tugallanmagan qurilishlar
DEBET
19909 - Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to'langan mablag'lar
KREDIT
b) Qurilishi tugagan bank binosi qabul qilish va topshirish dalolatnomasi asosida bankning tegishli hisobvarag'iga kirim qilindi
16509 - Bankning imoratlari
DEBET
16505 – Tugallanmagan qurilishlar
KREDIT
Banklarning asosiy vositalari ma'lum muddatlarda qayta baholanib turiladi. Asosiy vositalarni qayta baholash indeks va bevosita qayta baholash usullarida amalga oshiriladi. Banklarning asosiy vositalari qayta baholash tartibi va ularning hisobiga amaliy misollar 27-ilovada keltirilgan.

Indeks usuli bilan qayta baholashda qayta baholash sanasidagi asosiy vositalarning balans qiymati va ushbu aktivlarning jamlangan eskirishi muayyan indeksdan foydalangan holda qayta baholanadi. So'ngra aktivlarning qayta baholangan qiymati ularning balans qiymati va jamlangan eskirishi bilan taqqoslanadi va vujudga kelgan farqiga tegishli buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.