E’LON “Maktabgacha ta’lim” fakulteti “Musiqa ta’limi” kafedrasi stajor-o‘qituvchisi S.Urinovaning 2023-yil 04-oktabr kuni “Musiqa ta’limi” 2-bosqichida Musiqa nazariyasi fanidan “Turkumli shakllar: syuita, sonata, simfoniya. Opera” mavzusida ochiq darsi bo‘lib o‘tadi.
Barcha professor-o‘qituvchilarni ochiq darsga taklif etamiz.
Dars 2023-yil 04-oktabr kuni soat 11:30 da 201-auditoriyada bo‘lib o‘tadi
KAFEDRA
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti “Maktabgacha ta’lim” fakulteti “Musiqa ta’limi” kafedrasining yigi’ilish bayonnomasidan ko’chirma
Jizzax shahar Qatnashdilar: 04.10.2023y. Kafedra barcha o’qituvchilari.
Kun tartibi:
Har xil masalalar.
O’qituvchi S.Sh.Urinovaning 2023-yil 4-oktabr kuni “Musiqa ta’limi” yo’nalishi 2-kurs 1011-22-guruhi Musiqa nazariyasi fanidan “Turkumli shakllar: syuita, sonata, simfoniya. Opera” mavzusida ochiq seminar dars mashg’ulotining muhokamasi.
Yig’ilish kotibasi G.Almuratova ushbu masala yuzasidan quyidagilarni bildirdi: o’qituvchi S.Sh.Urinovaning 2023-yil 4-oktabrda bo’lgan ochiq amaliy darsida o’qituvchilar – M.Muminova va M.Axrorovalar qatnashdilar.
So’zga chiqdilar: “Musiqa ta’limi” kafedrasi katta o’qituvchisi – M.Muminova o’z fikrlarini bildirdilar: o’qituvchi S.Sh.Urinovaning “Musiqa ta’limi” yo’nalishi 2-kurslarda 2023-yil 4-oktabr soat 10:00 da “Musiqa nazariyasi” fanidan o’tgan ochiq darsini kuzatdim. Dars amaliy mashg’uloti bo’lib, unda barcha tayyorgarlik ishlari risoladagidek bo’lgan. Dars mavzusi “Turkumli shakllar: syuita, sonata, simfoniya. Opera” bo’lib, mavzuni bayon qilish, taqdimot holida namoyish qilish, o’rganilayotgan mavzu yuzasidan “Sibelius” nota muharriri vositasida tushuntirish, audio, video yozuvlar, guruhli o’yinlar orqali o’tkazilib, qiziqarli va mazmunli bo’ldi. O’qituvchi va talabalar auditoriyani his qilgan holda, nutqi ravon, yetarlicha dalillar bilan izohlangani uchun diqqatini jalb qila oldi. Darsda talabalar faolligini oshirish uchun mavzuga oid ayrim savollar va javoblar, krossvordlar, tarqatma materiallar, testlar talabalarga darsni samarali o’tilishi ta’minlandi. Dars yakunida chiqarilgan umumiy xulosa va mustaqil o’qish uchun tavsiya etilgan manbalar haqidagi ma’lumotlar o’qituvchining mahorati natijasidir.
M.Axrorova: Men ham S.Urinovaning ochiq darsida qatnashdim. Bildirilgan fikrlar ochiq, ilmiy, asosli bo’ldi. Ayrim kamchiliklar bu dars sifati va mazmunini yaxshi baholashga ta’sir etmaydi deb o’ylayman. Darsda turli ta’lim texnologiyalari, didaktik o’yinlardan, klaster BBB texnologiyalardan o’z o’rnida foydalanildi. O’qituvchi talabalarda yaxshi kayfiyat paydo qilishi va ularning diqqatini qarata olishi menga ma’qul bo’ldi.
Yig’ilish qaror qiladi:
O’qituvchi S.Urinovaning “ochiq darsi” yuzasidan o’qituvchilardan M.Muminova va M.Axrorovalarning bildirgan fikrlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O’qituvchi S. Urinovaning 2023-yil 4-oktabr kuni “Turkumli shakllar: syuita, sonata, simfoniya. Opera” mavzusida “Musiqiy ta’lim” yo’nalishi 2-kurs talabalariga bo’lib o’tgan “ochiq darsi” ijobiy baholansin.