Barcha tashkilotlarda pedagoglarning ish hujjatlari mazkur roʻyxat va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/76
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206711
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   76
99 Buyruq 28.08.2023 (4)

2.
 
Kadastr hujjati. Moddiy-texnik bazasi aks ettirilgan tashkilot 
pasporti: 
MTTning qonuniy asosda joylashuvi boʻyicha oʻrnatilgan tartibda 
tasdiqlangan kadastr hujjati, moddiy-texnik bazasining holatini aks ettiruvchi 
tashkilot pasporti saqlanadi. Mazkur pasport maktabgacha taʼlim sohasiga tegishli 
boʻlgan vakolatli tashkilotlar tomonidan sanasi va muhri aniq koʻrsatilgan holda 
tasdiqlanadi. MTTning pasportida tashkilot haqida umumiy maʼlumot, yer maydoni, 
bino va inshootlari, asbob-uskunalar, qattiq va yumshoq jihozlar, oʻyinoʻyinchoqlar, 
sport inventarlari va musiqa asbob-uskunalari hamda ularning foydalanishga 
yaroqlilik holatlari kabi maʼlumotlar kiritiladi.
3.
 
Attestatsiya-akkreditatsiya natijalariga doir hujjatlar 
(maʼlumotnoma, dalolatnomalar, sertifikatlari).
Attestatsiya va davlat akkreditatsiyasi natijalari boʻyicha maʼlumotnoma va 
dalolatnomalar, sertifikatlar saqlanadi.
01-05. Moliyaviy hujjatlari 
 



1.
 
Yillik sarf-xarajatlar smetasiga berilgan takliflar hamda 
tasdiqlangan smeta nusxasi 
(yillik, chorak)
Ushbu indeksda MTTning yillik sarf-xarajatlar smetasiga berilgan takliflari 
hamda tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining Iqtisodiyot va 
moliya vazirligining tuman (shahar) boʻlimi bilan kelishilgan holdagi oʻrnatilgan 
tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasining yillik, chorak nusxalari saqlanadi.
2.
 
Shtatlar jadvali, xodimlarning tarifikatsiyasi va ularning ish vaqti 
hisobini yuritish tabeli;
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining Iqtisodiyot va 
moliya vazirligining tuman (shahar) boʻlimi bilan kelishilgan holda oʻrnatilgan 
tartibda tasdiqlangan MTTning shtatlar jadvali va tarifikatsiya roʻyxatlari hamda 
unga kiritilgan toʻldirish va oʻzgartirishlar saqlanadi.
MTT xodimlarining ish vaqti hisobini yuritish tabeli tashkilot direktori 
tomonidan har oyda belgilangan shaklda yuritiladi. Oyning oxirida tabel boʻyicha 
ishlangan kunlarning umumiy miqdori, shuningdek, ortiqcha ishlangan soatlar 
aniqlanadi. Toʻldirilgan va tegishli imzolar bilan rasmiylashtirilgan tabel va boshqa 
hujjatlar belgilangan muddatda ish haqini hisoblash uchun markazlashgan 
buxgalteriyaga topshiriladi. Ushbu ish vaqtini hisobga olish elektron tarzda amalga 
oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin