02-02. MTT va ota-onalar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar, bolalalarga DXM (Davlat xizmatlari markazi)dan berilgan yoʻllanmalar yoki KTIDMTT va QTDMTTga berilgan Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosalari yigʻma jildi va qayd etish kitobi yuritiladi. Ota-onalar bilan tuzilgan shartnomalar — bolani MTTga qabul qilingan
va shartnoma imzolangan kundan boshlab, oʻz kuchiga ega hisoblanadi.
Tarbiyalanuvchi MTTdan chiqarilgandan soʻng, ushbu shartnoma bekor qilinib, oʻz
kuchini yoʻqotgan hisoblanadi.
Shartnoma tarbiyalanuvchi MTTdan ketgunga qadar tuziladi va MTT
direktorining imzosi, muhri hamda ota-ona (yoki ularningoʻrnini bosuvchi
shaxs)ning imzosi bilan tasdiqlanadi. MTTga yilning sentyabr oyidan qabul qilingan
bolalar roʻyxati 1 raqamidan boshlanadi. Shartnomaga oʻzgartirishlar qoʻshimcha
kelishuv shaklida kiritiladi va oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.
DXM tomonidan berilgan yoʻllanmalar yoki TPPK xulosalar hamda otaonalar
oʻrtasida tuzilgan shartnomalarni qayd etish kitobi yuritiladi.
MTTga bolalar tuman DXM tomonidan berilgan yoʻllanma yoki TPPK xulosa
asosida oʻrnatilgan tartibda (15 kun muddat ichida) MTT kelgan kundan boshlab
qabul qilinadi hamda ularning ota-onalari oʻrtasida ikki tomonlama shartnoma
tuzilib, shartnomalarni roʻyxatga olish kitobiga rasmiylashtiriladi.
Yoʻllanma yoki TPPK xulosalar va shartnomalarni qayd etish kitobi tikilgan,
sahifalangan, MTT direktori tomonidan imzolangan va muhrlangan boʻlishi lozim.
31-avgustda MTTdagi mavjud yoʻllanmalar yoki TPPK xulosalar va qabul
boʻyicha tahliliy hisobot yoziladi. Unda MTTda oʻquv yili yakuniga kelib, mavjud
yoʻllanmalar yoki TPPK xulosalar soni (MTTdagi roʻyxat boʻyicha jami bolalar
soniga teng boʻlishi lozim), oʻtgan yili 2-sentyabrdan joriy yilning 31-avgustiga
qadar qancha yoʻllanma yoki TPPK xulosalar qabul qilingan, necha nafar bola
MTTdan ketgan, ulardan necha nafari maktab taʼlimiga yuborilganligi, KTIDMTT
va QTMTTlar uchun qoʻshimcha necha nafari sogʻlomlashtirilganligi tahlil qilinadi.
Ushbu tahlil MTT direktorining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.