So`zlarni tanlab olish juda oson. Amaliyotdagi suhbatlarda tanlab
olish – juda qiyin, vaqtni ko`p oladi. Mental cards uslubi bor, lekin u ham
juda qiyin. Eng zo`ri – bu matn bilan ishlash. Hamma o`z sohasi bo`yicha
kitob tanlaydi, o`sha kitobni qo`liga oladi. Matnni o`qimaydiyu, faqat
ko`rib chiqadi, bilmaydigan so`zlari bo`lsa, ularni o`chiradi, shundoq
o`chirib chiqadi. Avvalo, sizlar bilan ro`yxat yordamida boshlang`ich
so`zlarni yodlaymiz. Lug`atni kengaytirish bo`lsa,
matnlar bilan davom
etadi. Matnlardan oldin, men sizga maxsus patternlarni beraman. Sizlar
o`sha patternlardan so`zlarni tanlab olasiz.
Esda qoldirish stadiyasiga o`tamiz – bu juda qiyin jarayon. Ammo
yengillashtirishga muvaffaq bo`ldik.
Chet tilidagi so`zlarni yodlash texnikasi bir necha qadamdan iborat,
agar siz ushbu texnikani to`liq egallasangiz,
sizda hech qachon chet
tilidagi so`zlarni yodlash bilan muammo bo`lmaydi. Agar ushbu texnikani
ko`nikmaga aylantirib oladigan bo`lsangiz, soatiga 150 – 320ta so`z
yodlab olish imkoniyatiga ega bo`lasiz.
Demak, so`zlarni eslab qolish bilan shug`ullanamiz.
Ushbu texnika bir necha qadamlardan iborat:
3.
So`zlarni mustahkamlash
2
. So`zlarni eslab qolish
1.
So`zlarni tanlab olish
1) Avvalo, biz chet tilidagi so`zni o`zbek tilidagi biron so`zga o`xshatib
olishimiz lozim. Misol uchun, Cat (ket) so`zi, bu Ingliz tilidan tarjimada
mushuk degani. Endi “ket” so`zi qaysi o`zbekcha so`zga o`xshaydi, misol
“kit” so`ziga o`xshatishimiz mumkin. Bu nima uchun kerak? Bizning
miyamiz
shunday tuzilganki, biron yangi ma`lumotni eslab qolish uchun,
avvalo u eski ma`lumot bilan birikishi lozim. Agar sizda u haqidagi eski
ma`lumot mavjud bo`lmasa, miyamiz buni tushunmaydi. Misol uchun,
limon so`zini aytsam, siz tasavvur qila olasiz, shunday emasmi? Sababi,
siz limonni ko`rgansiz, hatto-ki yeb ko`rgansiz, u haqida miyada ma`lum
bir ma`lumotlar qolib ketgan. Ana endi Bengal yong`og`i desamchi?
Sizda biron fantaziya paydo bo`ldimi? Siz oddiy yong`oqni tasavvur
qilasiz yoki umuman tasavvur paydo bo`lmaydi. Sabab? Chunki, siz oldin
bu so`zga duch kelmagansiz, sizda eski ma`lumot yo`q, shu sabab yangi
ma`lumot qo`shila olmadi. Chet tilidagi so`zlar bilan ham xuddi shu holat.
Ya`ni chet tilidagi so`zlar bizning miyamiz uchun yangilik va uni eslab
qolishi uchun u eski ma`lumotga tayanishi kerak. Yaxshilab e`tibor
bersangiz, standard uslubda yodlagan vaqtingizda,
faqatgina oldin
eshitgan, biron filmda ko`rib qolgan yoki ko`p takrorlangan so`zlaringiz
yodingizda qoladi. Shunday ekan, bu miyamizning tabiiy jarayoni
hisoblanadi. Biz esa bunga yordam berib yuboramiz. Demak, bizdagi eski
ma`lumot – bu biz biladigan o`zbek yoki boshqa tildagi so`z hisoblanadi,
shu bois biz chet tilidagi so`zni o`zimiz bilgan biron so`zga o`xshatib
olamiz. Buni biz assosiasiya deb ataymiz;
2) Tayyor bo`lgan assosiasiyani tarjima bilan birlashtiramiz. Misol uchun,
Catni “kit”ga o`xshatgandik. Endi tarjima ya`ni
mushukni olamiz,
mushuk kitga minib olgan va birgalikda okeanlarni suzib yurishganini
tasavvur qilasiz;
3) Assosiasiya tayyor bo`lgan bo`lsa, 3 marta inglizchadan o`zbekchaga, 3
marta o`zbekchadan inglizchaga tarjima qilib qaytarasiz;
4) Yana bir muhim qoida, bittada beshtadan ortiq so`z yodlamang. Ya`ni 10
– 20talab so`z yodlamang. Bizning miyamiz bittada 5tadan ortiq
ma`lumotni ushlab tura olmaydi. Avval, beshta so`zni
assosiasiya qilib
olamiz, so`ng ularni 3 martadan tarjima qilamiz, so`ng keyingi beshta
so`zga o`tamiz, ana shunda zo`riqish ham, charchash ham bo`lmaydi;
5)
96 soat qoidasi. Har bir yodlagan so`zingizni 4 kundan so`ng bir marta
qaytarib chiqing. Bu nega kerak? Bizning miyamiz yangi olingan
ma`lumotni 4 kun davomida o`zida ushlab turadi,
agar u qayta
ishlatilmasa, uni chetga chiqarib yuboradi. Shu bois, 4chi kuni so`zlarni
bir marta qaytarib chiqing, ana shunda so`zlar bir umrga yordingizda
qoladi. Misol, bugun 200ta so`z yodladingiz va bugun dushanba,
payshanba kuni shu 200tani qaytarib chiqasiz;
6)
Shahar metodi. O`zingiz yaxshi bilgan bitta shaharni tanlab olasiz. U
shaharni butunlay bo`shatib tashlaysiz, ya`ni
odamlarni shahardan olib
tashlaysiz,
albatta
tasavvuringizda!
So`ng,
har
bir
yasagan
assosiasiyangizni shahar bo`ylab joylashtirib chiqasiz. Misol uchun, kitda
suzib ketayotgan mushukni oshxonangizga qo`yib qo`yasiz. Avvalo o`z
uyingizdan boshlang, so`ng sekin boshqa joylarga qo`yib chiqishni
boshlang. Bu nega kerak? Bu uslub yordamida, siz yasagan assosiasiyalar
havoda uchib yurmaydi, ularning aniq bir makoni bo`ladi, makon
bo`lgach, siz hatto-ki turgan joyigacha aytib bera olishingiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: