Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “yakuniy nazorat” savollari variantlari


Xavflarni o‘rganish tartibi uch xil bo‘ladi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə8/59
tarix06.12.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#72528
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   59
Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan

Xavflarni o‘rganish tartibi uch xil bo‘ladi:
I bosqich - xavflarni oldindan tahlil etish.
II bosqich - xavfli holatlarning ketma-ketligini aniqlash, hodisa va xavflar "daraxtini"(shajarasini) tuzish.
III bosqich - oqibatlarni tahlil qilish.
Bu usulda "Xavflar daraxti" yuqoridan pastga qarab quriladi hamda sabablarni hisobga olgan taqdirda tamom bo‘ladi.
Xavflarning taksonomiyasi.
Taksonomiya - murakkab hodisalarni, jarayonlarni, tushunchalarni yoki obektlarni bir sistemaga solish haqidagi fandir. Xavflar taksonomiyasi - xavflarni tartib bo‘yicha joylashtish degan ma’noni anglatadi. Xavflar taksonomiyasini tuzish aynan inson faoliyati xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Xavflarning taksomaniyasini tuzishni, xavflarning tabiatini chuqur o‘rganish orqaligina amalga oshirish mumkin.
Tabiiy ofat xavfining taksonomiyasini tuzish:
geologik o‘zgarishlar oqibatida yuzaga keladigan xavflar: yer silkinishi, yer ko‘chkisi, vulqon otilishi, tog‘larning yemirilishi va h.k.;
gidrometerologik: o‘zgarish oqibatida yuzaga keladigan xavflar: shamollar, yog‘ingarchiliklar, tabiiy yong‘in, qurg‘oqchik, momaqaldiroq, chaqmoq chaqishi, do‘l yog‘ishi va h.k.;
epidemiologik, epizootik va epifitotik xavflar: (insonlar zaharlanishi, ommaviy o‘lim, cho‘chqa, parranda gripplari, qutirish, oqsil kasalligi, h.k.)
Xavflarning nomenklaturasi
Nomenklatura - muayyan belgi, xususiyatiga ko‘ra sistemaga solingan nom va so‘zlar ro‘yxatidir. Masalan, tibbiyotda qo‘llaniladigan dori-darmonlar nomenklaturasi birmuncha aniq tuzilgan. Jumladan, antibiotiklarga: tetratsiklin, ampitsilin, oksotsilin, biotsilin, sefozolin va boshqalar kiradi.
Xavflar nomenklaturasini tuzishda ham aynan xavfning biror belgisi, xususiyati, keltiradigan oqibati yoki boshqa ko‘rsatkichlariga ko‘ra tuzilishi lozim.
Hozirgi kunda xavflar nomenklaturasi umumiy holda alfavit bo‘yicha tuzilgan. Masalan: avariya, ajal, alanga, alkagol, aziyat, vakuum, vahima, vulqon, gaz, gerbitsid, dinamik zo‘riqish, yemirilish, yomg‘ir, yong‘in, zahar, zilzila, zo‘riqish, iztirob, ifloslanish, ichimlik, kasallik, kuyish, lat yeyish, loyqalanish, magnit maydoni, momaqaldiroq, meteoritlar, mikroorganizmlar, radiatsiya, reanimatsiya, rezonans, tebranish, tok urish, toyib ketish, uzilish, urmoq, ultratovush, hujum, shamol, shovqin, elektr toki, elektr maydoni, ekzema, yadro zaryadi, yashur kasalligi va boshqalar.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin