II.Bob. Barg og’izchalari, ularning tuzilishi va ishlash mexanizmi
2.1. Barg og’izchalari
2.2. Barg og’zichalari tuzilishi va ishlash mexanizmi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Barg vegetativ a`zo sifatida yuksak o`simlilkar uchun xosdir. Barg vositasida o`simliklarning tashqi muhit bilan munosabati amalga oshadi.
Barg poyada joylashgan bo`lib, uning o`sish konusidagi merestema hujayralarining rivojlanishidan hosil bo`ladi. Ular poyada o`ziga xos navbat bilan joylashgan bo`lib, uning eniga va bo`yiga o`sishi bargning asosini va barg yaprog`ini hosil qiladi.
Barg quyidagi funksiyalarni bajaradi.
1. Fotosintez
2. Gazlar almashinuvi
3. Suv bug`latish
4. Zahira oziq moddalarni saqlash (karam, piyoz)
5. Himoya vazifasi (tikanaklar)
6.Vegetativ ko`payishga, xizmat qiladi.
(yapon binafshasi, begoniya)
Fotosintez jarayonini К. A. Temiryazov har tomonlama o`rganib, ko`p yillik mehnati asosida “quyosh, hayot va xlorofill” nomli asarini yozadi. Bu asarda fotosintez jarayoni tabiatda energiyaning saqlanish va bir turdan ikkinchi turga o`tish qonuniga amal qilshi bayon qilingan.
Bu jarayonni 1840-yilda J. B. Busenko tomonidan taklif qilingan quyidagi formula bilan ifodalash mumkin.
YORUG`LIК
6 CO2 + 6 H2O ¾¾¾¾® C6 H12 O6 + 602 + 674 kkal
xlorofill
Fotosintez jarayoni natijasida barcha tirik organizmlar uchun zarur bo`lgan organik moddalar hosil bo`ladi.
Olimlarning hisoblashlaricha Yer sharidagi barcha yashil o`simliklar har yili 2 mlrd. t azot, 6 mlrd. t fosforni o`zlashtirib 170 mlrd. t uglerod hosil qiladi. Bunda 500 mlrd. t suvni parlatib, 400 mlrd. t organik moddalar hosil qiladi va 460 mlrd. t kislorod ajratib chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: |