Barkamol avlod – Vatanning baxti



Yüklə 37,5 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü37,5 Kb.
#38224
fayl Barkamol avlodbaxti


Barkamol avlod – Vatanning baxti.
1.Komil inson tushunchasi

2. Komil inson tushunchasi Amir Temur o’gitlarida

3. Ma`naviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalashda milliy qadriyatlarimizning ahamiyati.
Ulug` davlatlarning, ulug` kashfiyotlarning ijodkori komil insondir. Komillikka esa inson tarbiya orqali erishadi.

Xalqimiz qadim-qadimdan tarbiyaga, ilmu hunarga alohida e`tibor berib keladi. Ota-onalik va farzandlik rutbalari hamisha aziz deb belgilangan. Ota-ona farzand uchun bir umrlik ibrat va bir umrlik muallimdir. Shuning uchun ham xalqimiz yosh avlod tarbiyasi va taqdiriga mas`ul zotlar – tarbiyachilar, muallimlar, tibbiyot xodimlarini g`oyat qadrlaydi. Ular farzandlarimiz ruhiga ona xalqimizga xos asl fazilatlarni, sog`lom turmush va sog`lom fikrlash tarzini singdiradilar. Bunday ko`p qirrali tarbiya millatimiz irsiyatiga xos yuksak xususiyatlarning yuzaga chiqishi uchun asosiy omildir. Azaldan, o`g`lini uylantirayotgan yoki qizini chiqarayotgan ota-ona quda-qudag`ayining etti pushtini so`rab-surishtiradi. Amir Temur hazratlari o`g`illari, nabiralari va yaqinlarini uylantirmoq tashvishida kelin izlamoqqa shaxsan o’zi e’tibor berganini va ayni shu yumushni davlat ishlari bilan teng ko`rganini e`tirof etadi. Bu katta hayotiy falsafaning, barqaror ahloqiy e`tiqodning, donolikning belgisidir. Ta`lim va tarbiya soliqni saqlash tizimi ana shunday hayotiy falsafa negizida rivojlanishi ayni muddaodir. Har bir xalq, har bir avlodning barkamollik darajasi pirovard natijada shu xalq istiqbolini, taraqqiyotini va taqdirini hal etadi.

Ma`naviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalash – faqat milliy ehtiyojgina emas, balki umumdavlat ahamiyatiga molik masala – ko`pmillatli Vatanimizda tug`ilib o`sgan, tomir yoygan barcha qardosh xalqlar uchun birday ezgu murod-maqsaddir. Bu nuqtada milliy va umuminsoniy qadryatlar, boy ma`naviy me`rosimizning eng yaxshi an`analari hamda shakllanib kelayotgan yangi udumlar birlashadi, tarbiyaning qudratli omiliga aylanadi. Xalqimiz irsiyatini boyitish, ma`naviy va jismoniy sog`lom avlodni tarbiyalash jarayonida oila, davlat va jamiyatning mushtarak muddaosi bo`lmish komil inson shaxsi – XXI asr odami shakllanadi.

Ishonchimiz komilki, Vatanning baxti bo`lmish barkamol avlod ilm, tarbiya, mehnat orqali shakllanadi. O`zbekistonning buyuk kelajagi ilm, tarbiya, mehnat orqali ro`yobga chiqadi.

Albatta, mustaqillik yillarida barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazish yo`lida tengsiz ezgu ishlar amalga oshirildi.

Komil inson – sog`lom odam me`zonidir, fazilatidir. Fazilat esa, Aristotel iborasi bilan aytsak, ayni paytda ham kamchilikning, ham haddan tashqarilikning ziddidir. Ya`ni kamolot mujassamidir. Sog`lom odam tushunchasi ham tarixiy bo`lib, o`z davrining sifat belgilarini aks ettiradi.

Sog`lom odam qanchalik qayg`uga botgan yoki sevinchidan olamga sig`may turgan bo`lsa ham, dunyoni to`g`ri idrok eta biladi, yonginasida ochilib turgan gulni ko`ra oladi, uning tanasiga o`raglan zarpechakni yulib tashlashga fahmi yetadi. Demak, haq gapni aytishga, haq ishni qilishga qodir hisoblanadi. Binobarin tug`ma axloqiy asoslar bilan mustahkamlangan aqlu zakovatning – intellektning, odamiy va demokratik mafkuraning, teran insoniy va haqqoniy dunyoqarashning maqomi bilinib turadi.

Bugun biz o`zimizni buyuk Sohibqiron avlodlari deb g`ururlanar ekanmiz, bobomiz me`ros qoldirgan saboqlarga amal qilib uzoq yillik asoratdan keyin mustaqillik yo`liga chiqqan davlatimizni saqlash va uning ravnaqi uchun mashaqqat chekish har birimizning farzandlik burchimizdir. Bobomiz vasiyat qilganlaridek, millatning dardlariga darmon bo`lmoq vazifamizdir.

Hazrat Sohibqirondan me`ros qolgan saboqlardan biri sog`lom nasl va komil inson bilan bog`liq o`gitlardir. Zero, bobokalonimizning o`zi tarixchilardan biri ta`kidlaganidek, “Yoshligidayoq aqlining tiniqligi va jasurligi bilan ajralib turardi.” Aqliy tiniqlik va jasurlik – sog`lomlik me`zoni emasmi?!

Oila qurish inson hayotidagi eng mas`uliyatli ish. Amir Temurning bu sohadagi siyosati tadbirlarini Klavixo quyidagicha izhlaydi: “Temur atrofidagi yolg`iz kishilarni o`zi bosh bo`lib uylantirib qo`yar va ularning turmushi izga tushib ketishi uchun sharoit hozirlar edi. Nikoh, oila masalalariga bosh qo`shish mas`uliyatini his etib, o`z aqlu farosati, didiga ishongan holda Amir Temur bu nozik ishga aralashardi.”

Yurtimizda qadim-qadimdan oilalar serfarzand bo`lishgan. Shu sababli Amir Temur hazratlari Chig`atoyliklarni soliq to`lashdan ozod qilgan va chorvalarini istagan yerlarida boqishga ruxsat bergan. Dehqonlarga yer bergan va uch yilgacha soliqdan ozod qilishga farmon bergan.

Amir Temur o`z davrining ma`rifatli kishisi, o`tmishning ma`naviy saboqlaridan yaxshi xabardor inson sifatida sog`lomlik faqat jismoniy kuch-quvvat emas, balki olijanob insoniy fazilatlar uyg`unligiga erishmoq ekanligini ham yaxshi anglagan. Muhammad Tarag`ay o`z farzandini mardlik va farosatlik, qattiq qo`llik va mehr-oqibat ruhida voyaga etkazdi. Agar Amir Temur buyuk saltanatga asos solgan bo`lsa, bu sharafga mana shu yuksak tarbiya oqibatida erishgan.

Sohibqiron farzandlarida uch xislar mujassam bo`lishni istardi. Eng avvalo, insonparvarlik, so`ng mushohadalik va nihoyat, oqibatlik – bosiqlik. Insonparvar odamgina saxiy bo`lishi mumkin. Mushohazali, bosiq odamgina jangu jadalda xatoga yo`l qo`ymaslikka, ulkan saltanatni boshqarishga qodir. Kimki jasur bo`lsa-yu, insonparvar bo`lmasa, jismonan baquvvat bo`lsa-yu mushohadalik bo`lmasa, dono bo`lsa-yu bosiqlik qilmasa, unday odam komil inson bo`lolmaydi, unday odam boshqalarni ham, o`ziniyam halok etadi. Kimki raqibi bilan olishgandayam insonparvarlikni unutmasa, u albatta yengadi. “Siyosatda maslahat, mulohazakorlik, o`ylab ish qilish qilich kuchudan o`n karra foydaliroqdir”, deb takidlaydi ulug` Sohibqiron.

“Mening farzandlarim tantiq bo`lmasliklari kerak! – derdi Amir Temur. – Tantiqlik irodasiklikni poydo qilgay. Farzanlarimni erkalaydigan yer kurash maydoni bo`lsin. Arg`umoq ila qilich ularning jonajon do`sti, mardlik ularga ustoz bo`lsin.”



Sohibqiron “qat`iylik, sabr-chidamlilik, sog`lig`u sergaklik, ehtiyotkorlik va shijoat” sohibi bo`lgan inson har qanday mashaqqatli ishni amalga oshirishga qodir, deb ta`kidlaydi.
Yüklə 37,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin