O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI “barkamol avlod” RESPUBLIKAbolalar makTABI
Yosh ekskursovod to‘garagining o‘quv qo‘llanmasi
2021 yil
Мuallif
L.To‘xtayeva-“Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi “Ekologiya va o‘lkashunoslik” yo‘nalishi uslubchisi
Taqrizchi:
1.Kirish. To‘garakning maqsad va vazifalari
Hаr tоmоnlama rivojlangan avlod tarbiyasining muhim vositalaridan biri bo‘lgan turizmni rivojlantirish masalalari kundan-kunga katta ahamiyat kasb etmoqda. Turizm o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishi hamda o‘lkani o‘rganishga qaratilgan muhim tadbirdir.
“Yosh ekskursavod” to‘garagining asosiy maqsadi yosh avlod ongida Vatanimizning moddiy va madaniy boyliklariga hurmatni shakllantirish va ularni asrab-avaylashga o‘rgatishdir. Suningdek, respublikamizda joylashgan me’moray obyektlar haqida mukammal ma’lumotlarni yig, ularni yoshlar orasida ommalashtirib, milliy-tarixiy qadriyatlarimizga nisbatan iftixor ruhini shakllantirish mazkur to‘garakning asosiy vazifasi sanaladi.To‘garak a’zolari yurtimizdagi me’moriy–tarixiy, zamonaviy yodgorliklarni o‘rganish bilan birga, sayohatni to‘g‘ri tashkil qilish, unda zarur bo‘ladigan asbob-anjomlarni o‘rganadilar. Eng muhimi, boshqalar bilan muloqotga kirishib, Vatanimiz boyliklariga nisbatan ehtirom tuyg‘ularini shakllantiradilar.
Turizm (fransuzcha-sayr, sayohat), sayyohlik, sayohat (safar) qilish; faol dam olish turlaridan biri. Turizm-jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog‘lomlashtirish, maʼrifiy, kasbiy amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda uzog‘i bilan 1 yil muddatga jo‘nab ketishi tushuniladi.