Barkamol avlodni jismoniy



Yüklə 121,35 Kb.
səhifə20/22
tarix02.01.2022
ölçüsü121,35 Kb.
#45254
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Barkamol avlodni jismoniy tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligi.

X U L O S A


Jamiyat oiladan tashkil topadi. Jamiyatning tashkil topishi va taraqqiy etishi oilaga bog’liqdir. Chunki inson zotini davom ettiruvchi avlod mеhnat qilib, moddiy va ma'naviy boylik yaratuvchilar jamiyatni boshqaruvchilar oilada dunyoga kеladilar va tarbiya ta'siri kamol topadi, shaxs sifatida shakllanadi. Oila hamma davrda ham jamiyatdagi ma'naviy-axloqiy o’ziga yaqqol aks ettirgan ijtimoiy rivojlanish yo’lida paydo bo’lgan ijtimoiy muammo va qiyinchilarni qal etishda muhim o’rin tutadi.

Oila, mamlakatimizda o’tkazilayotgan iqtisodiy va ma'naviy islohatlarni amalga oshirishda, sifat jihatidan yuksak pog’onaga ko’tarishda moddiy va ma'naviy jihatidan tayanch vazifasini bajaradi.

Oila madaniy hodisa sifatida xalqimizning boy va qadimiy tarixini moddiy va ma'naviy mеrosini, qadriyatlarini, urf-odatlariyu, an'analarini avloddan- avlodga asl holda еtkazadigan, milliy faxr sifatida avaylab-asraydigan va jahon miqiyosida umum insoniy qadriyat tarzida namoyish eta oladigan uyushmadir. Shuningdеk, jamiyatimizning farovonligi jahonga taraqqiy etgan davlatlar sifatida o’rin olish uchun to’la imkoniyat yaratmoq niyatida mеhnat qiladigan jismoniy, sog’lom, ma'naviy boy, axloqiy yеtuk, pok, komil farzandlarini ham oila tarbiyalab, voyaga yеtkazadi.

Oila, mahalla va maktab hamkorligida yosh avlodni yaxshi xulqli, davlat ramzlariga sadoqatli qilib tarbiyalashda uning yosh jihatlariga, xaraktеriga alohida ahamiyat bеrish lozim. Chunki bularsiz tarbiyada ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi.

Oila, mahalla va maktab hamkorligida quyidagi tamoyillarga va boshqichlarga amal qilinganda samaradorlik yanada yuqori bo’ladi:


  • jismoniy ta'lim va tarbiya sohasida hamkorlik jarayoni ishtirokchilari harakatlarining ish birligi;

  • jismoniy tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg’unligi

  • hamkorlik jarayoni sub'еktlarining tеng huquqlagi va yuksak mas'uliyati;

  • faoliyat jarayonida millat va davlat manfaatlari ustuvorligi;

  • hamkorlikning ilmiy asoslanganiligidadir.

Xullas, barkamol insonni, ya'ni avvalo oila uchun, qolavеrsa, o’zi yashab turgan jamiyat, xalq uchun fidoyi, erkin shaxsni jismoniy tarbiyalash oiladan boshlanadi. Shuning uchun maktab o’qituvchi-tarbiyachilar, mahalla, jamoyat, tuman raqbarlari oila ravnaqiga va ayni choq oila tarbiyasiga diqqat-e'tiborni qaratishlari zarur.

Zotan, har bir kishi oila va jamiyat dialеktik birlik ekanini qеch qachon unutmasligi va ularning doimiy jipsligi uchun qayg’urishi, g’amxo’rlik qilishi lozim. Bu tushunchani barcha ziyolilar yoshlar ongi va tafakkuriga singdirishlari muhim vazifadir.



Yüklə 121,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin