Barobarida mustaqillikning huquqiy tamal toshi oʻrnatildi. Ushbu maqolada davlatimiz ramzlaridan biri bo’lgan Konstitutsiya haqida ma’lumotlar beriladi



Yüklə 411,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix21.12.2023
ölçüsü411,46 Kb.
#188740
1   2   3   4   5
o-zbekiston-respublikasi-konstitutsiyasining-yaratilish-tarixi-va-ahamiyati

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 11 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
542 
w
www.oriens.uz
November
2022
 
“O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston 
Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-
odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun 
sharoit yaratadi”. 
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi ikkinchi huquqiy qadam – Prezidentlik 
instituti ta’sis etilishi va yangi davlat ramzlarini tayyorlash bo‘yicha komissiya 
tuzilishi bilan bog‘liq.Yurtimiz hayotidagi bu g‘oyat muhim va hayajonli voqealar 
1990 yilning mart oyida bo‘lib o‘tganini eslash joiz. O‘sha davr, ya’ni 
Mustaqilligimiz e’lon qilinishidan bir muncha vaqt oldin, Oliy Kengashning o‘n 
ikkinchi chaqiriq, birinchi sessiyasida sobiq ittifoq tarkibidagi respublikamizda 
Prezidentlik lavozimi joriy etildi, davlat ramzlari haqidagi masala muhokama qilinib, 
bu borada maxsus komissiya tuzildi. Mustaqil O‘zbekistonning birinchi 
Konstitutsiyasini yaratish g‘oyasi ilk bor ana shu sessiyada ilgari surildi. 
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi uchinchi huquqiy qadam –“Mustaqillik 
deklaratsiyasi”ning e’lon qilinishidir. O‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1990 yil 
20 iyunda e’lon qilingan “Mustaqillik deklaratsiyasi”ning 8-bandida O‘zbekiston 
“o‘zining taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini belgilaydi va davlat belgilarini (gerb, bayroq, 
madhiya) o‘zi ta’sis etadi” degan qoida mustahkamlangan. 
Deklaratsiyaning 12-bandida esa ushbu hujjat respublikaning “yangi 
Konstitutsiyasini ishlab chiqish uchun asos” bo‘lishi qayd etilgan. 
O‘shanda bunday mazmundagi hujjat sobiq ittifoq hududida birinchi bo‘lib 
O‘zbekistonda qabul qilingan edi. 
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi to‘rtinchi huquqiy qadam –Konstitutsiyaviy 
komissiyaning tashkil etilishiga borib taqaladi. 
Oliy Kengash qarori bilan 1990 yil 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining 
Birinchi Prezidenti Islom Karimov raisligida davlat arboblari, deputatlar
mutaxassislardan iborat 64 nafar a’zoni o‘zida jamlagan Konstitutsiyaviy komissiya 
tuzildi va Konstitutsiya loyihasi ana shu komissiya tomonidan 2 yildan ortiq vaqt 
mobaynida tayyorlandi. 
Birinchi Prezidentimiz Konstitutsiyaviy komissiya ish boshlashi bilan 
mamlakatimizning o‘ziga xos jihatlarini va xususiyatini munosib ravishda aks 
ettiradigan, xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan, jahon tajribasini, 
demokratiya va eng rivojlangan mamlakatlar konstitutsiyaviy qonunchiligi erishgan 
yutuqlarni inobatga oladigan Asosiy Qonun loyihasini tayyorlashga bevosita 
rahbarlik qildi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda Birinchi Prezidentimiz buyuk 
davlat va jamoat arbobi, iste’dodli siyosiy yetakchi sifatida namoyon bo‘ldi. Shu 



Yüklə 411,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin