Bashirov sanjarning shaharlar geografiyasi fanidan mustaqil ishi


O‘zbekiston shaharlari urbanizasiyalashish darajasi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə14/18
tarix24.09.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#147917
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
1-Mustaqil ta’lim 1.1- javob

15.O‘zbekiston shaharlari urbanizasiyalashish darajasi.
Respublika mustaqillikka erishganidan so‘ng, mamlakatimiz hududiy tuzilmasining o‘zagini tashkil qiluvchi shaharlar tizimini takomillashtirish, ulaming mavjud tabiiy, ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy salohiyatidan to‘g‘ri hamda samarali foydalanish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Binobarin, milliy va mintaqaviy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi shaharlar to‘ri va tizimi bilan chambarchas bogiangan. Shu bois, yangi iqtisodiy munosabatlar sharoitida respublika urbanistik tarkibidagi o‘zgarishlari va shu bilan birga, jahon urbanizatsiyasining mamlakatga xos jihatlari hamda ta’sirini tadqiq etish katta ahamiyatga ega. Respublika mintaqalari urbanistik tarkibi, o‘zining genetik xususiyati, funksional tiplari va katta-kichikligiga ko‘ra farqlanadi. Jumladan, mustaqillik arafasida mamlakatda jami 123 ta shahar va 104 ta shaharchalar mavjud edi (urbanizatsiya darajasi 40,8 foiz). 1992-yilga kelib, respublika geourbanistikasida o‘ziga xos vaziyat yuz berdi. Mazkur yilda turli mintaqalarda 17 ta shaharchalar vujudga keldi. Ular, Jizzaxda - Zarbdor va Zafarobod, Samarqandda - Mirbozor, Sirdaryoda - Do‘stlik, Toshkentda - Yangi Chinoz, Qashqadaryoda - Nuriston, Qoraqalpog‘iston Respublikasida - Akshaloq va Qozonketken (AtaMirzayev O., Gentshke V., Murtazayeva R., Saliyev A., 2002). Shu yili sust urbanizatsiyalashgan Surxondaryoda shaharlar to‘ri birdaniga 5 ta (Angor, Do‘stlik, Sariq, Hurriyat va Elbayon)ga kengaydi va bu mintaqada zamonaviy transport va boshqa infratuzilmalaming rivojlanishi bilan izohlanadi. Aksincha, Xorazm viloyatidagi Gurlan, Xonqa, Shovot va Xazorasp kabi shaharlar, shaharchalar qatoriga tushib qoldi. 1994-yilga kelib Samarqand viloyatidagi Payariq, 1995-yilda esa Buxoro viloyatidagi Shofirkon tuman markazlari sifatida shahar maqomiga ega bo‘ldi (Mavlonov A., 2015). Aytish joizki, 2000-yildan yangi urbanistik islohotlar davrigacha atigi 2 ta shaharcha vujudga keldi, xolos. 2004-yilda qadimiy Karmana Navoiy shahridan ajratilib, shaharcha sifatida ro‘yxatga olindi. Qo‘ng‘irot tumanida Elobod shaharchasi tashkil topganidan so‘ng, 0 ‘zbekiston shaharlar geografiyasida o‘zgarish qayd etilmadi (2005 y.). Qoraqalpog‘istonning shaharlar to‘ri esa shu yilda ikkita shaharchaga kamaydi. Nukusning yo‘ldosh shaharchalari (Qizketkan va Pristanskiy) uning poytaxti tarkibiga birlashtirildi.
Hozirda respublikadagi eng urbanizatsiyalashgan mintaqa Namangan viloyati hisoblanadi. Shuningdek, Farg‘ona (57,0 %) va Andijon (52,4 %) viloyatlarida ham shahar aholisining salmog‘i respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan ancha baland.
Urbanizatsiya darajasi mamlakat ko‘rsatkichidan past mintaqalarga - Xorazm, Surxondaryo, Samarqand va Buxoro viloyatlari mansub. Shu nuqtayi nazardan yondashganda, ayrim mintaqalaming yangi urbanistik salohiyati (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy) real vaziyatni o‘zida aks ettirmaydi. Respublikada yangi urbanistik islohotlardan so‘ng, 1199 ta shahar manzilgohlari qayd etilgan. Ulaming 966 tasi yangi tashkil etilgan shaharchalarga mos keladi. Ta’kidlash joizki, ularning aksariyat qismining ishlab chiqarish salohiyati agrar xususiyatga ega ekanligi bilan ko‘zga tashlanadi. Agroshaharchalaming hududiy tarkibida Farg‘ona (196 ta), Qashqadaryo (119 ta), Surxondaryo (107 ta) va Namangan (109 ta) viloyatlari yuqori pog‘onalami egallaydi. Yangi tashkil etilgan qishloq shaharlarining 40 foizga yaqini Farg‘ona mintaqasida tarkib topgan.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin