Basketbol o’yinida hujum texnikasi va taktikasi. Reja: 1.Basketbol o’yin texnikasi.
2.Basketbol to’pini ushlash.
3.Basketbol to’pini ushlashlab olish.
Basketbol texnikasi unsurlari Basketbolda asosiy maqsad —. natijali to'p tashlashdir. O'yinning aynan mohiyati va maqsadi ham shunda, ya'ni raqiblar savatiga qanchalik ko'p miqdorda to'p tashlagan jamoa o'yinchilari g'olib bo'ladilar. Qolgan barcha texnik unsurlar natijali to'p tashlash uchun eng yaxshi sharoit yaratishga qaratiladi. Agar siz turli-tuman texnik unsurlarni, o'yin taktikasi variantlarini qanchalik yaxshi egallasangiz, halqaga shunchalik to'pni ko'proq tushirasiz, shunchalik tez-tez g'alaba qilasiz.
Basketbol texnikasining asosiy usullarini ko'rib chiqamiz.
To'pni ushlash.Bu harakat ikki qo'llab barmoqlarni keng joylashtirish bilan bajariladi va to'p hamma tomondan ishonch bilan mahkam ushlanadi. Buning uchun siz, quyidagi mashqlarni bajarib ko'ring: to'pni olib uni yuqoriga ko'taring, tez tizzagacha .tushiring, so'ngra to'g'ri qo'llarda to'pni o'ngga ko'taring, tez harakat bilan chapga olib o'ting, to'pni awal chap, so'ngra o'ng tomonlarga aylantiring. Bu harakatlar ishonchli bajarilsa, demak, to'pni ushlash to'g'ri bajarilgan. Siz quyidagilarni esda saqlang: to'p barmoqlar bilan ushlanadi, kaftning yuzasi tegmaydi (98-rasm). Mana bu mashqni bajarib ko'ring: to'pni oling, uni sheriigingiz olishiga ruxsat bering, so'ngra sherikning qarshiligini yengib, shiddatli harakatlar bilan yuqoriga, pastga, o'zidan aylantirib, itarib va siltab, to'pni tortib oling.
To'pni ushlab olish.O'yinchi to'pga qarshi chiqib, yengil uchib kelayotgan to'pni iyagi darajasida ushlab olish oson kechadi. Buning uchun to'pga tomon xohlagan oyoq bilan oldinga bir qadam qo'yish lozim, qo'llarni to'pga to'g'ri va zo'riqtirmay, barmoqlar keng yozilgan holda uzatiladi. Bu paytda katta barmoqlar bir-biriga 3—5 sm gacha yaqinlashtirilib yo'naltiriladi va cho'ziladi. To'p qo'l barmoqlariga tegishi bilanoq, yengil bukiladi va amortizatsiya harakati bilan to'p ko'krakka olib kelinadi. Yuqoridan uchib kelayotgan to'pni ushlab olish ham shunga o'xshash bajariladi. Bunda ham amortizatsiya harakati bilan to'pning uchish tezligi pasaytiriladi, yuqori ushlangan to'p, asta ko'krakka olib tushiladi. To'p past uchib kelayotganda qo'llar oldinga-pastga cho'ziladi, barmoqlar yoyiladi, kaftlar esa biroz oldinga-ichkariga qaratiladi To'p bilan trayektoriya bo'yicha amortizatsiya harakatlari: tizzaga-qoringa-ko'krakda amalga oshiriladi. O'ng yoki chapdan uchib kelayotgan to'pni ushlash bir oyoqni qo'yib bajariladi. Buning uchun qo'l barmoqlari keng yoyilib, to'p tomonga cho'ziladi. Unga tegishi bilanoq, barmoqlar amortizatsiya (yumshatish)harakatini boshlaydi va shu vaqtda to'pni ushlab olib, uni tortadi. Bundan so'ng to'p uzatish va tashlash uchun qulay bo'lgan holatga olinadi.
Yugurib ketayotgan o'yinchining izidan uchib kelayotgan to'pni ushlab olish ancha qiyin. Bu himoyani tez yorib o'tib hujum qilish paytida qo'llanadi. Biroq bu ishni yugurish tezligini pasay-tirmay turib, to'p kelayotgan tomonga yelka va boshni biroz burib bajarsa bo'ladi Bunda qo'lga to'p tegishi bilan hovuch-lash harakati bilan to'p o'ziga tortiladi va ushlab olinadi. Bu unsurni muvaffaqiyatli o'rganish ko'pincha izidan to'p uzatuvchi sherikka bog'liq. Bu holatda oldinda yugurib ketayotgan o'yinchining tezligi hisobga olinib, to'p yonidan unga 0,5 m yaqin qilib, 1—2 m oldinga
uzatiladi. To'pni qabul qiluvchi o'yinchi boshini burib, to'pni ko'rgan zahoti uni ushlab olishi lozim. Qabul qiluvchining qo'l kafti yoki uning to'p bilan uchra-shishining eng ishonchli nuqtasi uzatuvchi uchun nishon bo'lib xizmat qiladi. Ushbu harakatni tez-tez takrorlash, uzatuvchida ham, qabul qiluvchi o'yinchida ham to'pni his etish malakasini hosil qilish imkonini beradi.