Basketbolchilarga to'pni boshqarish texnikasini o'rgatish metodikasini takomillashtirish Reja



Yüklə 46,97 Kb.
səhifə13/17
tarix24.10.2022
ölçüsü46,97 Kb.
#66022
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
BASKETBOL kurs

1.7. Himoya texnikasi
Himoya – bor kuch bilan g’alaba qilishga harakat qilayotgan jamoaning tirishlari, agar uning o’yinchilari himoya harakatlari paytida qo’pol xatolarga yo’l qo’ysa, bekor bo’lib qoladi.
Himoyachiga qaraganda hujumchining texnik arsenali bayroq tajriba ko’rsatadiki, himoya malakalarini to’g’ri va diqqat bilan bajarilsa, ular ko’proq universal va samaralidir.
Himoya texnikasi ikkita asosiy guruhlarga:
- maydonga harakat qilish texnikasi;
- to’pni egallash va qarshi harakat qilish texnikasiga bo’linadi.
Maydonda harakat qilish texnikasi
Himoyaning maydonda harakat qilish texnikasi usullarining xarakter va xususiyatlari, o’yinchining faol, mustaqil mudofaa harakatlari va sheriklari bilan o’zaro harakatlarining aniq holati va maqsadiga bogliqdir.


1.8. Himoyacha turish
Himoyachi biroz bukilgan oyoqlarda mustahkam holatda turish va hujumchining savatga hujum qilishi va to’pni olishi uchun qulay vaziyatga chiqishini qiyinlashtirishga doim tayyor bo’lishi kerak. O’zi ta’qib qilayotgan o’yinchini diqqat bilan kuzatishi, himoya qiluvchi o’yinchi to’pni va raqibning boshqa o’yinchilarini maydonida ushlashi kerak.
Oyoqni oldinga bir oz chiqarilgan holatda qo’yib turish.
To’pli o’yinchini ta’qib qilinganda unga savatga otish yoki shchit ostiga o’tishga halaqit berish kerak bo’lganda qo’llaniladi. O’yinchi odatda hujumchi va shchit o’rtasida joylashadi. Bir oyog’ini oldinga chiqarib qo’yadi, kutilayotgan savatga otishi to’sish yuqoriga oldinga, boshqa qo’li esa savat uchun xavfliroq yo’nalishda olib borishda halaqit berish uchun yoniga-pastga tushiradi.
Bir chiziqda turish (parallel turish).
Himoyachi hujumchini to’p bilan o’rtacha oraliqdan sakrashda otishga tayyorlanayotganda ta’qib qilayotganda u xavfli raqib bilan shunday nomlanuvchi parallel turishga yaqinlashadi va nishonga olish uchun yuqoriga chiqishni qiyinlashtirishga harakat qilib, qo’lini to’g’ri tutib to’p tomonga chiqaradi.
Shuni ko’zda tutish kerakki, oyoqni oldinga chiqarib turishga nisbatan parallel turish chidamsizroq va muvafaqiyatsizroq bo’lishiga qaramay, shu vaqtning o’zida tezroq kirishga, tashlanishga faol harakat qilishni boshlashga va ma’lum darajada raqibning o’ng va chap tomonga o’tish yo’lini berkitishga imkon beradi.
Shuningdek himoya o’yinchining hujumchiga yaqin, unga yuzi bilan turganda, uning to’pni olishga imkon bermay, unga shchit oldiga bo’lgan yo’lni kesishga harakat qilib faol himoya qilganda, shunday nomlanuvchi, “yopiq turishdan” ham foydalaniladi.
Himoyachining maydonda harakat qilishi xarakteri va yo’nalishi odatda, hujumchining xarakteriga bog’liq. Shuning uchun himoyachi har doim muvozanat holatini saqlashi va har qanday yo’nalishda harakat qilishga tayyor bo’lishi, har vaqt yugurish yo’nalishini yonga, oldinga, orqaga (ko’p hollarda orqa bilan oldinga) o’zgartirib, oraliqning qisqa bo’lishida tezlikni oshirib, qisqartirilgan to’xtalish yo’lini va qo’qqis to’xtalishni ta’minlab, raqiblarning qarshi harakat hujumi paytida o’zining siljish tezligini boshqarish kerak.
Himoyachi foydalanadigan yugurish, keskin yugurish, to’xtasdan, sakrash usullari hujumda foydalanadigan tavsiflangan usullarga o’xshash.
Biroq hujumchidan farqlanib, bir qator hollarda himoyachi yonga qadamlab bir oz bukilgan oyoqlarda harakat qilishi kerak, buning mohiyati shundaki, birinchi qadamni harakat yo’nalishiga yaqinroq oyoq bilan qilinadi, ikkinchi (qo’yilgan) qo’shimcha qadam sirpanchiq bo’lishi kerak. Bu paytda tezlik va chaqqonlik pasaymasligi uchun oyoqni chalishtirish va depsinuvchi oyoqni tayanch oyoq orqasiga qo’yish mumkin emas.

Yüklə 46,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin