Bastakor va kompozitor atamasini bir-biridan farqlashdagi kamchiliklar



Yüklə 55,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix27.12.2023
ölçüsü55,52 Kb.
#200035
  1   2   3   4
Ruxshona Atkiyoyeva



BASTAKOR VA KOMPOZITOR ATAMASINI BIR-BIRIDAN 
FARQLASHDAGI KAMCHILIKLAR 
 
Ruxshona Atkiyoyeva 
Farg‘ona davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti “Musiqa ta’limi” yo‘nalishi 2-
bosqich talabasi 
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri 
bo‘lgan “kompozitor” va “bastakor” atamasini ajratish to‘g‘risidagi ayrim 
kamchiliklar haqida fikr va mulohazalar keltiriladi. Qolaversa, ushbu kasb 
egalarining bir-biridan farqli jihatlari, bu maqomga aynan kimlar tegishli ekanligi va 
bugungi kunda ushbu kasb egalari uchun qilinayotgan qulayliklar atroflicha ko‘rib 
chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
kompozitor, bastakor, musannif, mulahhin, ohangsoz, polifonik, 
monodik
Nafaqat bugungi kunda, balki, asrlar osha turli qarama-qarshi qarashlarga ega 
bo‘lgan “kompozitor” va “bastakor” atamasining izohli lug‘ati turli tortishuvlarga 
sabab bo‘lgan. Ularning farqi nimada? degan savolning tug‘ilishi tabiiy hol albatta. 
Daslab XIV asrda yevropa musiqa san’ati keskin inqiroz (yangilanish)ga yuz tutdi. 
Buning ta’siri natijasida musiqa yaratuvchi insonlarni “kompozitlar” deb atay 
boshlashdi. Kompozitor (lot. Compositor- tuzuvchi, ijod etuvchi) - ko‘p ovozli asarlar 
muallifidir. Ushbu atama XIV asrga kelib Italiyada keng tarqalgan. Kompozitorlik 
kasbi ijodkordan musiqiy-ijodiy qobiliyat bilan birga maxsus (kompozitsiya fani 
sohasidagi) puxta bilmni ham talab etadi. Kompozitor nota yozuvi yordamida musiqiy 
asarlarni yaratadi, ular orqali ijod etadi. Yangi, individual badiiy mazmunni 
ifodalashga harakat qiladi.
1
Bir fikr o‘rtaga tashlanadi - “Ahir bastakorlar ham musiqa yaratadiku?”. 
Bastakor bu - (fors. bog‘lovchi, bastalovchi) an’anaviy, mumtoz musiqa 
muallifidir. Sharqda u musannif, mulahhin, ohangsoz kabi atamalar bilan tanilgan.
Odatda bunday san’atkorlar o‘z faoliyatida ijrochi (xonanda, ko‘proq sozanda)lik va 
ijodkorlikni uzviy bog‘lagan. Ko‘proq bir ovozli asarlar yozishga molik ijodkordir. 
Kompozitor va bastakorning bir-biridan farqi nima? 
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, kompozitor bu - ko‘p ovozli asarlar muallifi
bastakor esa bir ovozli (monodik) asarlarni yozishga molik bo‘lgan shaxsdir. Shu 
jihatdan kompozitor, an’anaviy mezonga tayanib, monodiya tizmida ijod etuvchi 
bastakorlardan farq qiladi. 
Dastlab kompozitorlar paydo bo‘lganmi,yoki bastakorlar? 
Ilmiy manbalarga tayangan holda shuni aytish mumkinki, Italiyada 
kompozitorlik ildiz otishidan 200-300 yil avval aynan shu davrda Farobiy va Borbad 
1
B.R.Yakubov. Xorijiy mamlakatlar musiqa adabiyoti. Ma’ruzalar to‘plami.


Morvaziylar bastalorlikni keng targ‘ib qila boshlashgan. Bundan ko‘rinib turibdiki,
bastakorlik ijodiyoti kompozitorlik maqomidan avval shakllanib ulgurgan. 
Afsus va nadomatlar bo‘lsinki, bugungi kunda ayrim bolalar musiqa va san’at 
maktablarida bastakor bu kompozitor atamasining o‘zbekcha ma’nosi deya 
singdirilmoqda. Bu esa o‘zbek musiqiy-ijodiy lug‘atiga putur yettirishdir. Pedagoglar 
o‘zi bilmagan holatda ushbu xatoga qo‘l urishi bevosita ko‘zga tashlanmoqda. Hattoki, 
bola kompozitor va bastakorlarga kimlar kirishini ham farqlay olmasligi achinarli hol 
albatta… 
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek bastakorlik ijodiyoti O‘rta Sharqda XIV asr 
boshlarida chuqur ildiz ota boshlagan. Ushbu ildizlar esa Abu Nasr Farobiy va Borbad 
Marvaziylardir. Oradan vaqt o‘tib XX asrda bastakorlik ijodiyoti tubdan yangilana 
boshladi. Bularga: Ota Jalol Nosirov, To‘xtasin Jalilov, Yunus Rajabiy, Tolibjon 
Sodiqov, I.Ikromov, Nabijon Hasanov, Abduhoshim Ismoilov, Mansur Toshmatov, 
Komiljon Jabborov, Muhammadjon Mirzayev, Muxtorjon Murtazoyev va boshqa shu 
kabi bastakorlarni misol qilib olish mumkin. 
Kompozitorlarga esa: Muxtor Ashrafiy, Mutal Burxonov, Tolibjon Sodiqov (ham 
bastakor ham kompozitor), Suleyman Yudakov, Sobir Boboyev, Ikrom Akbarov (ham 
musiqashunos ham bastakor), Manas Leviyev, Doni Zokirov, Abduhoshim Ismoilov 
(ham bastakor ham kompozitor), Dilorom Omonulayevalarni aytish mumkin. 
Kompozitorlar ko‘proq simfonik orkestr, orkestr va konsert uchun asarlar yozadi. Ular 
orasida esa ko‘p ovozli (polifonik) asarlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bastakorlar esa 
o‘z asarlarini bevosita xalq kuylari bilan bog‘laydi. Bastakorlarning asosiy vazifasi 
ham aynan xalq kuylarini notalashtirishdan iboratdir.
I.Ikromovning “So‘lim” asari bastakorlik ijodining yorqin namunalaridan biridir. 
Ko‘rish mumkinki, asar bir ovozli (monodik) shaklada yozilgan bo‘lib, eshitilishi 
va ijro yo‘li bilan an’anaviy uslubga xosdir. Bunda ijro jarayonida ijrochi istalgan 
mumtoz musiqiy soz orqali asarni yanada boyitishi, unga qo‘shimcha nola va 
melizmlar berishi ham mumkin. 
Kompozitorlik ijodiga esa XXI asrning yosh kompozitorlaridan biri bo‘lgan, 
O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining yosh a’zolaridan biri, 


hozirda Farg‘ona davlat universitetida o‘z faoliyatini olib borayotgan kompozitor 
Abdujalil Abdusattorovning “Onajon” asarini misol tariqasida olish mumkin. 
Yuqorida ko‘rish mumkinki, asar ko‘p ovozli (polifonik) shaklda yozilgan bo‘lib, 
orkestr ijrosi uchun mo‘ljallangan. Asar nafaqat ijro tomonlama, balki qo‘shiq 
tomonlama ham polifonik shaklni tasdiqlash hususiyatiga ega. Qo‘shiq partiyasining 3 
ovozga bo‘linishi asarni polifoniklik xususiyatini yana boyitib unga rang bergan. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bastakor va kompozitorning bir-biridan 
osmonu-yer qadar farqi bor. Afsuski, hali beri ko‘plab san’atkorlar buning asl, tub 
mohiyatini anglab ulgurgan emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
Konstitutsiyaga “Mualliflik huquqi” kodeksining kiritilishi ham aynan ushbu maqom 
egalari uchun eng katta yutug‘lardan biridir. Xalqning ma’naviy saviyasini oshirish, 
yosh avlodni yuksak insoniy g‘oyalar, ona vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash, 
milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida kamol toptirishda musiqa san’atining o‘rni 
va ahamiyati beqiyosdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyevning 2021-yil 3-avgustda O‘zbekiston ijodkor ziyolilari bilan bo‘lgan 
uchrashuvda so‘zlagan ma’ruzasida madaniyat, adabiyot va san’at sohasidagi boshqa 
masalalar qatori ana shu kamchiliklarga ham alohida e’tibor qaratilib, ularni bartaraf 
etish bo‘yicha muhim taklif va tashabbuslar ilgari surilgan edi. Davlat rahbari 
tomonidan ana shu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston 
kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror 
imzolandi. Bir so‘z bilan aytganda, mazkur qaror O‘zbekiston kompozitorlari va 
bastakorlari uyushmasi faoliyatini har tomonlama takomillashtirish, mamlakatda 
ushbu kasb egalariga nisbatan bo‘lgan e’tibor va qulayliklarni yanada oshirish bilan 
uzviy bog‘liqdir. 

Yüklə 55,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin