Batial zona yotqiziqlar kontinental yotqiziqlar



Yüklə 70,43 Kb.
səhifə3/3
tarix01.02.2023
ölçüsü70,43 Kb.
#82097
1   2   3
8.MUSTAQIL ISH

TERRIGEN YOTQIZIQLAR (lot. terra — yer,…gen) — quruqlikdagi chaqiq jinslar va mineral donachalarining dengiz, laguna va koʻl tublariga shamol, dare va b. ositalar orqali keltirilib, toʻplanishidan hosil boʻlgan qatlam (q. Dengiz yotqiziklari).




Allyuviy (lotincha: alluvio – oqiziq), shuningdek, allyuvial yotqiziqlar, oqar suvlar (daryoirmoq va boshqalar) bilan oqib kelib toʻplangan yotqiziqlar. Allyuviy daryolarning oʻzani, qayir qismi va vodiydagi terrasalarni hosil qiladi. Koʻpgina kontinental choʻqindi formatsiyalarning shakllanishida muhim rol oʻynaydi. Allyuvial yotqiziqlar qalinligi suv oqimining katta-kichikligiga bogʻliq. Katta tekisliklardagi allyuviyning qalinligi 10–20 metrga, kengligi esa bir necha oʻn km gacha boradi. Bu yotqiziqlar yuqori unumdor har xil tuproqlar (oʻtloqlar, oʻtloq-botqoq va botqoq) uchun ona jins boʻlib xizmat qiladi. Allyuvial yotqiziqlardan tashkil topgan hududlardan qishloq xoʻjaligi da keng foydalaniladi. Qumqumoqli va shagʻalli allyuviydagi tuproqlarda oʻrmon daraxtlari oʻstirish va bogʻdorchilikni rivojlantirish, qumoq choʻqindili qayir va allyuvial terrasalarda esa gʻoʻza, sabzavot hamda yem-xashak ekinlarini yetishtirish mumkin. Allyuvial yotqiziqlardagi tuproqlar unumdor boʻlishiga qaramay oʻgʻitlarga, ayniqsa, kaliyli oʻgʻitlarga juda talabchan.
Yotqiziqlar qoyalar turlarini va minerallar tuzilishini keng ko‘rinishini namoyon qiladi. Bu moddiy manbaning vazifasi hisoblanadi. Shuning uchun geologlar geologik landshaftlarni rekonstruksiya qilishadi. Yotqiziqlarning birmuna ko‘pchiligi zamon va makonda o‘zgarib turadi. So‘nggi vaqtlarda bir qancha minerallar boshqalarga qaraganda vayron bo‘lishda ko‘proq ta’sirchanroq hisoblanadi va shuning uchun qadimiy yotqiziqlarda ular kamroq davomiyroq bo‘lishadi. Natijada qisqacha yotqiziqlarning tarkibi ya’ni, tuzilishi ikkinchi jarayon tomonidan ta’sirlanadi (masalan tuproq shakllanishi, ob havoning o‘zgarishi), ya’ni kimyoviy minerallar sababli yotqiziqlarning tosh qotgan skeletlari yoki yotqizlarning massalari ichida ko‘plab ximikatlar (biroz ko‘tarilgan hududlar va qattiq jismlar) shakllanadi. Ikkinchi minerallar to‘plami karbonotni (kalsiy va aragonit), silikatlarni (mikrokristal kvars va opal ), sulfatlarni (gips, bariy ) va temir oksidini (limonit va gozit ) taqazo etishi mumkin. Tuzilishida individual toshlarning xossalarini nazarda tutadi va bular boshqa o‘ziga xos xususiyatlarga o‘xshaydi, bularning har ikkalasida tasvirlash va tushunish darajasi mavjud. Asosiy va mavjud xususiyatlardan biri bu toshning o‘lchami va bundan ham geologlar ham arxeologlar foydalanishadi va aniq tushunishadi. Bu qatlam tosh qotganda boshqasi qumga ko‘miladi. Aniqki, biz bu misolga qaraganda aniqroq bo‘lishimiz kerak va arxeolog va geologlar bilishlari kerak. Har bir narsaning rasmiy nomi va aniq o‘lchamini ya’ni, chang zarrasining mikro o‘lchamidan (1m=0.001mm) tortib bir necha metrli xarsangtoshlarning o‘lchamigacha bilishlari kerak. Aqshda geologlar foydalanadigan umumiy tosh o‘lchami ½ ning doimiy nisbatlari mavjud bo‘lgan guruhlar o‘rtasidagi me’yorlar bilan geometrik o‘lcham masshtabi belgilangan. Botqoqlik bilan gil o‘rtasidagi o‘lcham 3,9 mm ni tashkil etadi va qum bilan botqoqlik o‘rtasida esa 62,5 mm ni tashkil qiladi. Natijada tuproqshunos olimlar ( Amerika va Buyuk Britaniyada ) qum/balchiq va balchiq/gil o‘rtasidagi turli o‘lchovlardan foydalanishadi. Amerika tuproqlari uchun 50 va 2 mm o‘rtasidagi materiallarni botqoqlik o‘z ichiga olsa, Buyuk Britaniyada bu 63- 2 mm ni tashkil qiladi. Bu farqlar hisobot va xaritalardagi hisoblangan sanalar uchun eng asosiy qism hisoblanadi. Garchi tosh o‘lchami analizlari uchun metodlar belgilangan bo‘lsada biz yotqiziqlarda turli xil o‘lchamdagi zarralarning aralashib yotganini ko‘rishimiz mumkin. Tarkiblarning turli aralashmalarida turli xil nomlar bor, jumladan “qumli gil” yoki “balchiqli qum” lar o‘zgarib turadi. Qo‘shimcha ma’lumot sifatida, tuproqshunos olimlar qo‘shimcha unumdor tuproq atamasidan foydalanishadi, qaysiki, 52% qum, 28-50% balchiq va 7-27% gildan iborat. Ko‘pchilik qumli balchiqli va gilli unumli tuproqlar unumdor kategoriyasiga kiritiladi. Geologik qatlam uchun balchiqli unumdor tuproq ekvivalenti yotqiziq klassifikatsiyasi sxemasida foydalanishga bog‘liq bo‘lgan “qumli balchiq” yoki “balchiqli gilli qum” kategoriyasiga kiritiladi. Turlash bu atama bir guruhni o‘z ichiga olgan turli o‘lchovdagi sinflarning soni foiziga tegishli bo‘lgan atama. Ayniqsa, u taxminan o‘rtacha o‘lchamning statistikal buzilishga aloqador hisoblanadi. Bir zarracha o‘lchamining ko‘pligi eng yaxshi yotqiziqni ifodalaydi. Eng yaxshi xarakterli tur hisoblanadigan Sohil va qum-tepalik qumlar shamolli chang qatlamdir va kulrang tuproqdek mashhurdir. Past navli yotqiziqlar turli xil zarrachalar o‘chamlarining bir necha sonidan tashkil topgan. Qiyalik va qiroldi qatlamlarga ko‘chadigan yotqiziqlarning massasi bo‘lgan yonbag‘irlik qatlamlar eng past navli qatlamlar hisoblanadi. Zarracha shakli silliq toshlar va qum o‘lchamli toshlar uchun xos deb hisonlanadi. U boshqacha tasvirlovchi parametr va tosh indikatori va yotqiziq tarixidir. Shaklning 3 ta aloqador bo‘lagi umumiy ko‘rib chiqiladi. Shakl toshning umumiy ko‘rinishini Tarelka yoki disksimon toshlar nazarda tutiladi ya’ni, speraning shakliga yaqin o‘lchamlar: tosh uzunligi, kengligi, qalinligi e’tiborga olinadi ya’ni, qalinligi uzunligi yoki kengligiga nisbatan kamroq bo‘ladi. Boshqa bir tomondan dumaloqlik toshning beso‘naqayligi bilan bog‘liq bo‘lib, burchaklari qirralariga aloqador hisoblanadi. Nihoyat, tuzilishning tashqi ko‘rinishi toshning, chuqurligi ya’ni, notekisligi, mikro siniqlariga o‘xshagan mikrotopografik ko‘rinishlarni taqozo etib, toshlar g‘adir-budurlikdan silliqlikka o‘zgarib borishi mumkin.
Batial (yun. bathys — chuqur), batial zona — Dunyo okeaninin g sublitoral va abissal (chuqur) qismlari oraligidagi zona (chuq. 200 m dan 3000 m gacha). Geomorfologik jihatdan materik yon bagʻri zonasiga toʻgʻri keladi. Okean maydonining 1/5 qismini B. egʻallaydi. B.da okean tubi relyefi juda notekis; suv temperaturasi va shoʻrligi yil davomida deyarli oʻzgarmaydi. Chuqur suv ostida yashashga moslashgan baliqlar, mollyuskalar va boshqa jonivorlar uchraydi. Organizmlar orasida hayvonlar koʻproq. Yorugʻlik kam boʻlganidan oʻsimlik juda oz (qarang Batial yotqiziqlar).

ADABIYOTLAR
1.VIKEPIDEYA.UZ
2.FAYLLAR.UZ


Yüklə 70,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin