IV bob. Tadbirkorlik, g‘oya va boylikdan foydalanish mezonlari
104
@edurtm_uz
Quyidagi hikoyani diqqat bilan o‘qing va savollarga javob bering.
9-sinf o‘quvchilariga «Iqtisodiy bilim asoslari» fanidan dars berayotgan
o‘qi tuvchi o‘quvchilariga 50 ming so‘mdan pul berdi.
«Bir haftada bu pulni kim qanchaga ko‘paytira
olgani va pul miqdoriga
qarab, shu yerda 5 daqiqadan 10 daqiqagacha taqdimot qilishingiz uchun
vaqt ajrataman», – debdi o‘qituvchi.
Dam olish kunlari
kimdir sayilgohga chopdi, kimdir do‘konga.
Oradan bir hafta o‘tdi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘quvchilardan uchtasi
o‘qituvchi bergan pulni 100 ming so‘mdan oshira olgan. 100 ming so‘m
topgan o‘quvchi tajribasini o‘rtoqlashdi. U o‘qituvchi
bergan pulga dam-
urgich va shar
sotib olib, parkda savdo qilibdi.
«Men esa besh kilogramm o‘rik sotib olib, dam olish kuni sharbat
sotdim», – javob berdi 150 ming so‘m topgan ikkinchi o‘quvchi.
Uchinchi o‘quvchi – Nigoraning muvaffaqiyat siri hammani qiziqtirdi.
Sababi, u 200 ming so‘m mablag‘ ishlab topgan edi. Ma’lum bo‘lishicha,
u o‘qituvchi
bergan pulga munchoq, zar ip va gazlama olib,
tengdoshlari
uchun bejirim taqinchoqlar yasab sotibdi.
«Xalqimiz har kishi hunar o‘rganishi kerakligini bekorga aytmagan.
Qunt bilan o‘rgan hunar, hunardan rizqing unar», xulosa qildi o‘qituvchi.
Hikoyaga sarlavha qo‘ying.
3-o‘quvchida qaysi o‘ziga xos fazilatni payqadingiz?
Qaysi qadimiy hunarlar hozirga qadar o‘rnini yo‘qotmagan?
Hikoyadan qanday xulosaga keldingiz?
Quyidagi hikoyani o‘qing va savollarga javob bering.
Dostları ilə paylaş: