I bob. Yashashdan maqsad – munosib hayot
8
@edurtm_uz
ULUG‘LARNI, SHOHLARNI YIG‘LATGAN – VATAN SOG‘INCHI
Imom
Termiziy rivoyat qilishicha, Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) Makka-
ni tark etishga majbur bo‘lganlarida, shahar chegarasida orqalariga qarab
shunday degan ekanlar: «Qandayam
yaxshi shaharsan, qandayam menga
suyuklisan! Agar meni sendan chiqarib yuborishmaganida,
sendan boshqa
-
da yashamasdim».
(Sunnani Termiziy)
Mulohaza uchun
* * *
– «O‘zbekistonni yaxshi ko‘raman».
– «Qanchalik yaxshi ko‘rasan?»
– «Ko‘p, juda ko‘p».
– «Vatanni yaxshi ko‘rish nimaligini bilasanmi?»
– «Ya’ni?..»
Vatanga muhabbatni qanday namoyon qilasiz? Misol uchun, ona
farzandini jonidan aziz ko‘rgani uchun unga mehr beradi, bag‘riga
bosadi, avaylaydi. Bizning qaysi xatti-harakatlarimiz Vatanimizga bo‘lgan
muhabbatimizni ifodalaydi?
* * *
Buyuk shoir va hukmdor Zahiriddin Muhammad Bobur Vatandan
ketishga majbur bo‘lgan. U Hindistonda yirik
saltanat bunyod qilgan
bo‘lsa ham, bir umr bobokalonlaridan meros Vatanni qo‘msab o‘tgan.
U Vatanga murojaat qilib, «Behad vafo-u mehr sanga ko‘rsatib edim, Sen
ham sog‘ing‘aysen mehr-u vafo bila», deb yozadi.