Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/101
tarix24.10.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#160746
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   101
tarbiya 9 www.sadikov.uz

Mulohaza uchun
Jamoaviy mashg‘ulot
Amaliy faoliyat
Ma’naviyat xazinasidan


75
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
Yaxshi fazilatli insonni hech kim omaddan ayira olmaydi. Yomon 
xulqli kishiga yer yuzidagi hech kim yordam berolmaydi.
Hikmat
Quyidagi hikoyani o‘qing va uning asosida «Do‘stim – mening kuchli
tomonim» mavzusida kichik hikoya tuzib keling.
BO‘RINING XULOSASI
O‘rmonda ahil bo‘rilar to‘dasi umrguzaronlik qilar ekan. Kun kelib kek-
saygan to‘daboshi batamom kuch-quvvatdan qolibdi. Navbatdagi ov arafasida
yo‘lboshchi bundan buyon to‘daga boshchilik qilolmasligini ma’lum qilib-
di. To‘da orasidan yosh va baquvvat, quyuq kulrang mo‘ynali bo‘ri chiqib
to‘daboshining oldiga boribdi va bo‘rilar jamoasiga boshchilik qilishga izn
so‘rabdi. Keksa bo‘ri rozilik bildirib, buni e’lon qilgach, bo‘rilar yangi
yo‘lboshchi rahbarligida ov qilish uchun jo‘nab ketishibdi.
Oradan bir kun o‘tib yangi sardor boshchiligidagi to‘da mo‘l-ko‘l o‘lja 
bilan qaytibdi. Yosh yo‘lboshchi keksa bo‘riga 7 nafar ovchiga hujum qilib,
hech bir qiyinchiliksiz ularning bor-budini talon-toroj qilganliklari bilan
maqtanibdi. Keyingi ovda, undan keyingisida ham ov baroridan kelib, yosh
yetakchi jamoada o‘z mavqeyini mustahkamlab olibdi.
Izg‘irin kunlarning birida yangi sardor
boshchiligida ovga ketgan to‘da oradan ko‘p
vaqt o‘tsa hamki, ovdan qaytmabdi.
Nihoyat, uzoqdan bo‘rilarning qorasi
ko‘rinibdi. Yakkam-dukkam qaytayotgan
bo‘rilar mayib-majruh, hammayog‘i tir-
nalgan va qonga belangan holda edilar.
Yosh yo‘lboshchi keksa rahbar
bo‘riga yo‘lda uch nafar yo‘lovchi-
ga duch kelgani, ularga hujum qilib,
jangda o‘zi va sanoqli hamrohlari
zo‘rg‘a omon qolishganini aytibdi.
«Ilk boshqargan ovingda 7 nafar
qu rollangan ovchini xonavayron qilib
qayt gan eding. Bu gal bor-yo‘g‘i uch yo‘lovchining sizlarni bunday achinarli
ahvolga solganini qanday tushunmoq kerak?» – deb so‘rabdi keksa bo‘ri
hayrat bilan.
Sobiq to‘daboshining savoliga yosh sardor shunday javob qaytaribdi:
«O‘shanda biz hujum qilganlar 7 nafar ovchilar to‘dasi edi. Biroq, kechagilar
3 nafar do‘stlar ekan».

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin