Baxtga intilish bo‘lmagan joyda umuman intilish ham yo‘q



Yüklə 170 Kb.
səhifə6/18
tarix14.12.2023
ölçüsü170 Kb.
#178326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
2010 4- noyabr

O. BALZAK
Sir


Beodoblik faqat qilmishda emas, so‘zda ham bo‘ladi.
ABUL FAROJ


Tajriba bizga qayta-qayta shuni isbotlaydiki, odamlar o‘z tillariga boshqa hamma narsadan ko‘ra ham kamroq hukmrondirlar.
B. SPIPOZA


Odamlar oz so‘zlay turib, ko‘p narsani ifodalay olganlari holda, farosatsizlar esa, aksincha, to‘xtovsiz gapirib, bari bir hech narsa bermaslik xususiyatiga egadirlar.
F. LAROSHFUKO


So‘z ham misoli yaproqqa o‘xshaydi: daraxtning bargi ko‘p bo‘lsa, mevasi oz.
A. POP


Qotma odam qalin chopon kiyishni yoqtiradi, ma’nisi kam odam esa — o‘zini so‘z bilan shishiradi.
M. MONTEN


Aytar so‘zi bo‘lmagan odam — gapdan tinmaydi.
G. SHOU


To‘xtovsiz vaysash — qobiliyatsizlik belgilaridan biri.
J. LABRUYER


Aytar so‘zi yo‘q odam ko‘p gapiradi.
L. N. TOLSTOY


Ezmalik aqli pastlik belgisidir.
A. N. SUMAROKOV


Aqli kaltaning — tili uzun.
ARISTOFAN


O’ylay bilmaydiganlar ezmalik qiladilar.
R. SHERIDAN


Nog‘ora ta’limini berma: u ichi bo‘shligi uchun shovqin soladi.
O. N. BETLING


Umuman olganda, kam biladiganlar ko‘p gapiradi, ko‘p biladiganlar esa kamgap bo‘ladilar.
J. J. RUSSO


Dononing tili qalbida, tentakning qalbi esa tilida.
N. V. SHELGUNOV


Dono odamlar fikr aytishdan oldin o‘ylab ko‘radilar, tentaklar shartta gapirib yuboraveradilar.
G. GEYNE


Kim qanchalik nodon bo‘lsa, shuncha tez xulosa chiqaradi.
E. KONDILYaK



Yüklə 170 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin