ARASTU
Hayot mudom harakatda bo‘lmog‘i uchun xohish o‘lmasligi kerak.
S.JONSON
Har kimning ko‘z o‘ngida, harqalay, o‘ziga buyuk ko‘rinuvchi va agar uni eng chuqur e’tiqod, chinakam qalb ovozi buyuk deb e’tirof etsa, chindan ham buyuk bo‘lgan muayyan maqsadi bor...
K.MARKS
Qalbni orzudan mahrum qilish yerni havodan ayrib qo‘yish bilan barobar.
E. BULVER-LITTON
Insonning mohiyati uning xohishlarida aks etadi.
B. SPINOZA
Istak ado bo‘lgan yerda odam ham ado bo‘ladi.
L. FEYERBAX
Odamlarni o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga qarab baholash kerak.
N. N. MIKLUXO-MAKLAY
Odamning o‘z jonini tikishga ham tayyor turgan biron maqsadi bo‘lmasa yomon.
L. N. TOLSTOY
Bir jihatdan, mohiyat-e’tibori bilan o‘z oldiga mazmundor maqsad qo‘yib, ikkinchi bir tomondan, shu maqsadga qattiq amal qilgan odam chinakam xarakterli insondir, chunki u shu maqsadlardan voz kechsa, uning o‘ziga xosligi yo‘qolgan bo‘lur edi.
G. GEGEL
Uzoqni ko‘radigan odam o‘zining har bir istagi uchun alohida o‘rin topa bilishi va keyin ularni navbatma-navbat amalga oshirishi kerak. Ochko‘zligimiz ko‘pincha bu tartibni buzib yuboradi va bir vaqtning o‘zida bizni shunchalar ko‘p maqsadlar ketidan chopishga majbur etadiki, natijada mayda-chuydalarga o‘ralashib, eng muhim narsani esa esdan chiqarib qo‘yamiz.
F. LAROSHFUKO
Sira shoshilmaydigan odam ham mabodo u o‘z maqsadidan chalg‘ib ketmagan bo‘lsa, maqsadsiz tentirab yurgan odamga qaraganda jadalroq yuradi.
G. LESSING
To‘g‘ri yo‘lda sudralib borayotgan odam ham yo‘ldan adashgan shoshqaloqdan o‘zib ketadi.
F. BEKON
O’z intilishing marrasiga yetmoqchi bo‘lsang — muloyimlik bilan adashgan yo‘lingni so‘ra.
Dostları ilə paylaş: |