Baxtiyor. Uz o'quvchi va o'qituvchilar uchun eng yaxshi portal!



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/27
tarix16.01.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#79384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Maktab-amaliyotchi-psixologi-uchun-sorovnomalar-toplami

4. Lyusherning testi
Lyusherning testi sinalayotgan odamning ma'lum bir faoliyati, kayfiyatiga,
funksional holat va shaxsning eng barqaror tomonlariga yo'nalishi rang tanlashda
ifodalanadi degan taxminda asoslangan.
CHet el psixologlari Lyusher testini kasbga yo'naltirishda, hodimlarni
tanlashda, ishlab chiqaruvchi jamoani yig'ganida, etnik va gerontologik
tadqiqotlarda, kelin-kuyovlar bir-birlarini tanlashdagi tavsiyalarida va boshqa
hollarda ko'p ishlatiladi. 
Ranglarning ma'nosi ularning psixologik interpretasiyasida har xil
sinalayotganlarning ko'p sonli kontingentini har tomonlama o'rganish davomida
tadqiq qilinadi.
Lyusher bo'yicha ranglarni ta'riflash 4 asosiy va 4 qo'shimcha ranglarni o'z
ichiga oladi.
Asosiy ranglar
Ko'k-tinchlik, qoniqarli holatni ifodalaydi.
Ko'k-yashil-dadillik, qat'iylik gohida qaysarlik hissini ifodalaydi.
Sariq-qizil-irodali kuch, agressivlik, jangovarlik, va qo'zg'atuvchanlikni


ifodalaydi.
Och-sariq-aktivlik,muloqotga intiluvchanlik, ekspansivlik, xushchaqchaqlik
hissi.
Asosiy ranglar konfliktning yo'qligida optimal holatda ko'proq birinchi 5
pozisiyani egallashi zarur.
Qo'shimcha ranglar: 
siyohrang
jigarrang
qora rang
nolga barobor bo'lgan.
Ular salbiy yo'nalishlarni: xavotir, stress, qo'rquv, xafagarchilik hislarini
bildiradi. SHu ranglarning (asosiy ranglar kabi) yuqori darajada pastda
ko'rsatilganidek ularning o'zaro joylashishi, pozisiyalariga bo'lib tashlashi
aniqlanadi.
Psixolog uchun ko'rsatma:
Rangli kartochkalarni aralashtiring va rangli tomonini tepaga qaratib
qo'ying.sinaluvchiga 8 rangdan eng yoqqanini tanlashni taklif qiling. Unga
tushuntrish kerakki, u rangni shundayligicha, o'zining kiyimidagi yoqtirgan rangga,
ko'zlarining rangiga va boshqalariga o'xshatmasligi kerak. Sinalayotgan 8 rangdan
eng yoqimlisini tanlash zarur. 
Tanlangan kartochkani rangli tomonini pastga qaratilib bir chekkaga olib
qo'yishi zarur. Prasedurani qaytaring. Kartochkalarning nomerlarini qo'yilgan
tartibda yozib oling. 2-3 daqiqadan so'ng kartochkalarni rangli tmonini tepaga
ko'tarib qo'yib chiqing prasedurani xuddi shunday qaytaring. 
SHundan tushunavering: sinalayotgan odam birinchi tanlashdagi tartibni
eslamay, o'ngli ravishda oldingi tartibni o'zgartirmasligi kerak. U ranglarni xuddi
birinchi martda ranglanganidek tanlashi kerak. 
Birinchi tanlashni xoxlayotgan xolatni, ikkinchi haqiqiy xolatni ta'riflaydi.
Tadqiqotning maqsadiga qarab sinovning natijalarini izohlash mumkin. Sinovning
natijasida sakkiz pozisiyani xosil qilamiz: birinchi va ikkinchi yaqqol afzal ko'rish
(+ + deb belgilanadi).
Uchinchi va to'rtinchi afzal ko'rish (XX belgilanadi).
Beshinchi va oltinchi rangga befarqlik (= = belgilanadi).
Ettinchi va sakkizinchi rangga antipatiya ( - = belgilanadi).
Tadqiqotlarning 36,000 ziyod natijalarning tahlili asosida M.Lyusher
tanlangan pozisiyalarni taxminiy ta'rifini berdi. 
Beshinchi pozisiya maqsadiga yetish vositasilarini aks etadi. (masalan, ko'k
rangni tanlash xotirjam ortiqcha zo'r berishsiz harakat qilish niyatini bildiradi)
Ikkinchi pozisiya sinaluvchining intitlayotgan maqsadini ko'rsatadi. 


Uchinchi va to'rtinchi pozisiyalar rangni afzal qilish sinalayotgan bo'lgan
haqiqiy situasiyani xis etish yoki situasiyaga qarab harakat qilish tarzini ta'riflaydi. 
Beshinchi oltinchi pozisiyalar rangga bo'lgan befarqlikni unga bo'lgan betaraf
munosabatini bildiradi. Ular sinalayotgan o'zining holatini, kayfiyatini va
motivlarini bu rangla bilan bog'lamasligini bildirmasligini bildiradi. 
Biroq bu pozisiya ma'lum bir vaziyatda rangning rezerv izohlashiga ega
bo'lishi mumkin, masalan, ko'k rang (xotirjamlik rangi) shu vaziyatga mos
kelmaydigan vaqtinchalik chekkaga olib qo'yiladi.
Ettinchi va sakkizinchi pozisiya rangga bo'lgan salbiy munosabatni, bu rang
aks etadigan ehtiyoji, motivi, kayfiyatini bildirmaydi.
+ + x x = = --
3 4 1 0 2 5 6 7
Tanlangan ranglarning yozilishi nomerlarning ro'yhati afzal ko'rish tartibida
pozisiyalarni ko'rsatish orqali amalga oshadi. 
Masalan, qizil, sariq, ko'k, kulrang, yashil, siyohrang. Jigarrang va qora
ranglar tartibda tanlanganda quyidagicha yoziladi:
+ + x x = = - - 
3 4 1 0 2 5 6 7 
(+ +; x x; = =; - -; ) zonalar 4 funksional guruhni tashkil etadi.
Testdan o'tkazish natijalarini izohlash.
Belgilaganimizdek, tanlanish natijalarini izohlash usullaridan biri asosiy
ranglarga baho berishdir. Agar ular beshinchi pozisiyadan keyingilarni egallasa,
demak, ular ta'riflaydigan xossalari, ehtiyojlari qoniqtirilmagan, shunday ekan,
xavotir, salbiy holat o'ringa ega.
Asosiy ranglarning o'zaro bo'lgan holati ko'rib chiqiladi. Masalan, NI va 2
(ko'k va sariq) yonma-yon joylashsa ( funksional guruhni tashkil qilib), ularning
asosiy xislati “ichkariga” sub'ektiv yo'nalishi ta'kidlanadi.
2 va 3 ranglari yonma-yon (yashil va qizil) joylashsa muhtorlik, masalani
yechishda mustaqillik va tashabbuskorlikni ko'rsatadi. 3 va 4 (qizil va sariq)
ranglarning birgaligi, boshqa yo'nalishlari ta'kidlanadi. 1 va 4 (ko'k va yashil)
ranglarning birikmasi sinalayotganlarning muhitga qaramligining tasavvurlarini
kuchaytiradi. 
1 va 3 ( ko'k va qizil) ranglarning bitta funksional guruhda birgaligi muhitga
qaramlik va sub'ektiv yo'nalishining (ko'k rang) va muxtorlik, “ichiga” yo'nalish
(qizil rang)ning g'animat balansi ta'kidlanadi. YAshil va sariq (2va4) ranglarning
birikmasi “ichkariga” sub'ektiv yo'nalishi, muxtorlik va qaysarlik “tashqarisiga”
yo'nalishiga, muhitga qaramlikka qarama-qarshiligi sifatida ko'riladi.
Lyusherning fikricha, asosiy ranglar quyidagi psixologik ehtiyojlarni
ifodalaydi:


(Ko'k) qoniqishga, xotirjamlikka, barqaror ijobiy mehribonlikka bo'lgan
ehtiyoj.
(YAshil) o'zini ta'kitlashga bo'lgan ehtiyoj
(Qizil) faolli harakatga va niyatga erishish ehtiyoji.
(Sariq) istiqbolga.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin