Oldingi tahrirga qarang. zarur bo‘lgan hollarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektorining xulosasi.
(7-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son) Oldingi tahrirga qarang. o‘rtacha oylik ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma — yetkazilgan zararni qoplash summasini hisoblab chiqish uchun;
boquvchisini yo‘qotganligi munosabati bilan yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi buyruq nusxasi — o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisa yuz berganda.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyuldagi 134-son qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 26-27-son, 213-modda) Oldingi tahrirga qarang. 8. Maxsus tekshirish tugagandan so‘ng o‘n besh kun mobaynida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat mehnat texnik inspektori, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi organi yoki “O‘zenergoinspeksiya” organi nazoratchisi tekshirish materiallarini:
guruhli, oqibati o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir va o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi hududiy ichki ishlar organiga yuboradi;
maxsus tekshirish bo‘yicha barcha materiallarning nusxalarini hududiy mehnat organiga, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, shuningdek, tegishli boshqaruv organi, tashkilotga va jabrlangan xodimni yuborgan tashkilotga yuboradi;
Agar baxtsiz hodisa nazorati ostidagi tashkilot (obyekt)da yuz bergan bo‘lsa, maxsus tekshirish materiallari nusxalari O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi yoki “O‘zenergoinspeksiya” organiga yuboriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son) 9. Baxtsiz hodisa yuz bergan korxona ish beruvchisi (yuqori turuvchi xo‘jalik organi rahbari) maxsus tekshirish materiallarini zudlik bilan ko‘rib chiqishga, baxtsiz hodisa kelib chiqishi sabablarini bartaraf etish to‘g‘risida komissiya taklif qilgan chora-tadbirlarni bajarish haqida, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha lavozimi va kasbiga oid vazifalarning bajarilmasligi (buzilishi)ga yo‘l qo‘ygan shaxslarni javobgarlikka tortish haqida buyruq chiqarishga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang. Ish beruvchi maxsus tekshirish komissiyasi taklif qilgan chora-tadbirlarning bajarilganligi haqida maxsus tekshirish o‘tkazishni boshqargan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektoriga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi yoki O‘zenergoinspeksiyasining obyektlar nazorati ostida bo‘lgan mahalliy organlariga yozma ravishda axborot beradi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son) Oldingi tahrirga qarang. 10. Agar jabrlanuvchi baxtsiz hodisa oqibatida vaqtincha ish qobiliyatini yo‘qotgan davrda shu baxtsiz hodisa sababli o‘lib qolsa, ish beruvchi bu haqda darhol mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat texnik inspektoriga va ushbu Nizomning III bo‘limi 2-bandida ko‘rsatilgan tashkilotlarga xabar berishga majburdir.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son) Oldingi tahrirga qarang. Ushbu baxtsiz hodisa o‘lim sodir bo‘lgan vaqtdan boshlab o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisa sifatida hisobga olinishi kerak.
1. N-1 shaklidagi dalolatnoma bo‘yicha rasmiylashtirilgan barcha baxtsiz hodisalar hisobotga hamda uch ish kuni ichida “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritiladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son) 2. N-1 shaklidagi dalolatnomalar asosida ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar chog‘ida jabrlanuvchilar to‘g‘risida statistika organi tasdiqlagan shakllarda hisobot tayyorlaydi va uni tegishli tashkilotlarga belgilangan tartibda taqdim etadi.