BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
3- Talabalar Turar joyida
“1 dekabr – OITS ga qarshi kurashish kuni”ga bag’ishlab soha mutaxassislari ishtirokida talabalar bilan birga o’tkazilgan davra suhbati
Bayoni
Kun tartibi: “1-dekabr -OITS ga qarshi kurashish kuni”ga bag’ishlab soha mutaxassislari bilan birga davra suhbati o’tkazish
Eshitildi: Davra suhbatini 3-TTJ tarbiyachi pedagogi N.Qudratova ochib OITS kasalligi hozirgi kunda davosi topilmagan xavfli kasalliklardan biri sanalishi haqida gapirdi. Bu kasallikning yakuni juda ayanchli xolatlarga olib kelishi, va bu kasallik odamlarga turli yo’llar bilan yuqishi mumkinligi haqida aytib, birinchi navbatda sog’lom turmush tarzini intizomli yo’lga qo’yish muhimligini uqtirib o’tdi.
Talabalar turar joyi shifokori Karimova Mavluda so’z olib, quyidagilarni gapirdi: OITS (Orttirilgan immun tanqisligi sindromi) — retrovirus guruhiga mansub virus qoʻzgʻatadigan kasallik; ikki davrga boʻlinadi: OITV infeksiyasi va bevosita OITS (SPID) davri. OITV infeksiyasi davri odam organizmida virus bor, lekin kasallik alomatlari hali na-moyon boʻlmagan davr. Virus deyarli bir vaqtda Parijda professor Lyuk Montanye hamda AQShda professor Gallo boshchiliYo-gidagi olimlar tomonidan kashf etilgan (1983-yil).
Bu virus odamning immunitet tizimiga tanlab taʼsir koʻrsata-di, ayniqsa, SD4+ immun hujayralariga qirgʻin keltiradi. Virus odam organizmiga tushgach, 2—3 kundan soʻng, 25—30% hollarda birlamchi infeksiya davriga xos alomatlar kuzatilishi mumkin. Bu "oʻtkir serokonversiya sin-dromi" deb ataladi, bunda harorat koʻtariladi, tunda terlash, boʻgʻimlar va bosh ogʻrigʻi, loxaslik, qayt qilish, ich ketishi, badanda, ayniqsa, uning yuqori qismida toshmalar paydo boʻlishi mumkin. Bu alomatlar odam organizmiga tushgan virus taʼsiriga immunitet tizimi maʼlum darajada javob qaytarish reaksiyasi bilan bogʻliq. Lekin bu davrda antitelolarni aniqlash natija bermaydi, chunki immunitet tizimining javobi hali toʻliq shakllanmagan boʻladi. Kasallikning bu davri 8—10 yilgacha, baʼzan undan ham uzoq davom etishi mumkin. Hozirgi kunda amaliyotda OITV infeksiyasi tashhisini qoʻyish qonda kasallik virusiga qarshi paydo boʻlgan antitelolarni aniqlash — immun ferment taxlili (IFT) reaksiyasiga asoslangan. Dastlabki antitelolar virus organizmga tushgach, 3 haftadan soʻng shakllana boshlasa ham, qoʻllanadigan diagnostikumlar ularni ilgʻay olmaydi. Shu bois, odamga ushbu infeksiya ilashgani toʻgʻrisida virus organizmga tushganidan soʻng 90 kun oʻtkazib olingan tek-shirish natijasiga qarab xulosa chiqarish mumkin. So;zining oxirida M.Karimova bu kasallikdan odoh bo’lish inson salomatligi uchun juda muhimligini aytib o’tdi.